I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 102 library.ziyonet.uz/ tikilib qarab qoldi. Iblis “shu gapi uchun sochlarini bittalab yulib tashlamaysanmi!” deb vasvasa qildi. Iblisning amriga jon deb itoat etgisi kelsa-da, oʻzini tutdi. -Nima dedingiz, singiljon! Voy, koʻnglimning koʻchasi! Siz menga shart qoʻymang, opovsi! -Boshqa ilojim yoʻq, uch kundan keyin kelaman, pullarimni tayyorlab qoʻying. -Shunaqami, keling, keling, poyandoz solib kutib olaman. Bilib qoʻying: agar siz shunaqa yomonlikka yursangiz, mendan yaxshilik kutmang. Mendan bir tiyin ham ololmaysiz. Men sizga pulni emas, eringizga moydek yoqadigan ikki ogʻiz shirin xabarni tayyorlab qoʻyaman. -Qanaqa xabar yana? -U yoklarda kimlarning qoʻyniga kirib chiqqaningizni aytaman. Pul kerakmi, oila kerakmi, oʻzingiz tanlab oling. -Shunchalik pastmisiz? Yolgʻon gapirgani Xudodan qoʻrqmaysizmi? -Xudoni ishimizga aralashtirmang-u, shashtingizdan tushing. Opa-singilligimizcha qolaylik. Hali chetga billa-billa koʻp chiqamiz, rosa boyib ketasiz. -Siz bilan billa bir yoqqa borishdan Xudo asrasin. Agar siz doʻzaxga tushadigan boʻlsangiz, doʻzaxdagilar ham sizdan xazar qilishsa kerak kerak. -A?! Tilingiz chiqib qolibdimi, opovsi? -Nima, meni merov deb oʻylovdingizmi? Sizda bor til menda ham bor. Sizni odam deb izzatingizni qilib yuruvdim. Men hozir... Maxsuma Obodxonning bobillab berishini kutmay chaqqon oʻrnidan turdi. Uning harakatiga tushunmagan Obodxon: -Ha, qayoqqa, bir piyola choy ichib keting, singiljon, - deb piching qildi. -Choyingiz oʻzingizga siylov, - dedi Maxsuma jahl olovini pasaytirmay, - men erimni chaqiray, igʻvo gapingiz ichingizda irib ketmasin, hoziroq ayta qoling. Ishning bu tomonga ogʻib ketishini kutmagan Obodxon shoshib qolib, “voy, toʻxtang, singiljon, uydagi gap koʻchaga chiqmasin”, deganicha uning yoʻlini toʻsmoqchi boʻldi. Maxsuma uning hay-haylashiga parvo qilmay koʻchaga chiqdi-da, erini boshlab qaytdi. Ularning orqasidan kirgan Robiya noxush voqeadan chetda turish uchun tezgina uyiga kirib ketdi. -Opaginam, mana erim, ayting, aytadiganingizni, - dedi Maxsuma. Erning vajohati, ayniqsa uning chap iyagidagi chandiq Obodxonni sal choʻchitdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling