I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 99 library.ziyonet.uz/ soʻz gʻazab otashiga moy kabi quyilishi mumkinligini bildi. Robiya tuni bilan oʻz yogʻiga oʻzi qovrilsa-da, “Sattorjon bu gapni jahl ustida aytib yubordilar, bunchalikka bormaslar”, deb umid qilgan edi. Qaynisining salom bermay oʻtishi umidini puchga chiqardi, ahdning qat’iy ekanidan dalolat berdi. Kechqurungi gapni onasi bilan birga ayvonda oʻtirgan Salohiddin ham eshitgan, otasining qaytayotganini koʻrib oʻz xonasiga kirib ketgan edi. Ertalab nonushta tayyor boʻlishiga qaramay, bir piyola choy ham ichmadi. Saf tekshiruviga kech qolishi mumkinligini bahona qilib shoshilib chiqib ketdi. Robiya oʻgʻlining bahona qilayotganini sezdi. Salohiddinning koʻnglidan nimalar kechayotganini his qilgani uchun ham “bugun kelasanmi?” deb soʻramadi. Toʻlqin bugun ishga kechroq bormoqchi edi, shu sababli shoshilmadi. Robiya koʻz yoshlari bilan kirsa, erining koʻnglini yanada vayron qilib yuborishi mumkinligini bilib, supurishda davom etdi. Oʻgʻli oʻqishga ketdi, oʻrtoklari bilan koʻrishib koʻngil chigillari bir oz boʻlsa-da, yechiladi. Eri ish bilan ovunadi. Bu gʻurbatxonada bir oʻzi qoladi... Gʻurbatxona?! Qaynonasi, qaynotasi oʻtgan uyni gʻurbatxona deyish? Xayoliga kelgan bu fikrdan oʻzi ham gʻashlandi. Bunday bema’ni xayollarni quvmoqchi boʻlganday tezroq supura boshladi. Oʻzi yashaydigan uy qarshisini supurib boʻlib qaddini rostladi-da, ovsini tomonini supurish yoki supurmaslikni oʻylab qoldi. Qizlari ishga yaraydigan yoshga yetganidan beri Obodxon qoʻliga supurgi ushlamaydi. Ba’zan qizlar “hadeb men supuraveramanmi” deb arazlashib qolishsa, xonadonning bosh kelini Robiya vazifasini beminnatgina ado etib qoʻyardi. Koʻchaga supurgi bilan chiqqan kezlari hech qachon ajratmagan. Hozir ham ajratish niyati yoʻq, faqat bu tomonni supurayotganimda ovsinim chiqib bir zaharli gap aytvormasmikin, degan havotirda edi. Toʻlqin chiqib, xotiniga qarab “nega sen supurasan, oʻzlari supurmaydimi?” degisi keldi- yu, oʻzini tutdi. Sovuqqina qilib “ketyapman”, dedi. Robiya siniq ovozda “yaxshi borib keling”, dedi... Toʻlqin ketishi bilan “hormang kennoyi, ovsiningiz uydamilar?” degan ovozni eshitib, orqasiga qaradi. Obodxonning mijozini koʻrib, istamaygina soʻrashdi. Robiya bu xotinni yaxshi tanimaydi, ismini ham bilmaydi. Ovsiniga mijoz ekanini biladi xalos. Lekin ostona hatlashi bilan atrofga olazarak qarayvergani uchun yoqtirmaydi. Hozir hushlamaygina soʻrashganining boisi ham shunda. -Uydalar shekilli, kiravering, - deb ishini davom ettirdi. Mijozga uning bu qiligʻi malol kelib, labini burib qoʻydi. Ostona hatlab ikki marta “Obodxon opa!” deb chaqirdi-da, javob boʻlishini kutmay ayvon sari yurdi. Obodxon soxta jilmayish bilan uni kutib oldi. Mijoz oʻtirib, duo qilgach, hol-ahvol soʻragan edi, yigʻlamsiraganicha boshiga tushgan kulfatni bayon qilib berdi. Mijoz azaga kelgan xotin ta’ziya bildirganiday unga tasalli berdi-da: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling