I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 98 library.ziyonet.uz/ afzal emasi?” degan toʻxtamga ham keladi. Shunda qoʻrqib, yuragi orqasiga tortib ketadi. Bu kech Oynisa bilan yovlashib, onasidan qargʻish olgach, joyiga yotib oldi. Unsiz yigʻladi. Oynisa tinchigach, hovlida amakisi bilan otasining gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir ovozlarini eshitib, sergaklandi. Qancha diqqat qilmasin, gaplarini yaxshi eshita olmadi. Faqat zina yaqinida ovozlar balandlagach, eshitdi. Hammasini eshitdi. Eshitdi-yu, badani muzlab ketdi. “Bu dunyoda yashashning hech bir qizigʻi yoʻq...” Ahyon-ahyonda uygʻonayotgan bu fikr xayolini yana yoritdi. Bu safar nima uchundir qoʻrqmadi... Tunni ruh azobi bilan oʻtkazgan Oftobxon “boshim ogʻriyapti” degan bahona bilan maktabga bormadi. Qizlarining turli bahonalar bilan maktabdan qolishiga Obodxon monelik qilmasdi. “Ha, maktabing oʻla qolsin, tuzukroq oʻqitmaydiyam, damingni ol”, deb qoʻya qoladi. Bugun “oʻqishlaringning oxiri koʻrinib qoldi, endi bormasang ham boʻlaveradi”, deb qiziga uzoq muddatli ta’til berdi. Oftobxon bir piyola choyni chala yarim ichib, xonasiga kirib yotganicha tashqariga chiqmadi. Oynisa ham yaxshi uxlolmagan edi. U ham maktabga bormaslikni niyat qilib edi. Biroq, opasining niyatini bilib, fikridan qaytdi. Singlisini ergashtirib maktabiga joʻnadi. Erining koʻchaga otlanayotganini koʻrgan Obodxon goʻrkov amakivachchasinikiga borib toʻnlarni olib kelishni yana tayinladi. -Bugun vaqtim yoʻq, - dedi Sattor, - hozir qurilish bozoriga boraman. Arzonroq gʻisht uchrasa olib kelaman. Amakivachchangga telpon qil, toʻnlarni saqlab tursin. Erining shu bugunoq devor olish harakatiga tushishini kutmagan Obodxon quvonib ketdi: -Voy aklginangizdan aylanay, - shunday deb Sattorni yelkasidan quchdi. - Toʻn achib qoladigan narsa emas, tura turadi. Bu ishni tezlating. Koʻchani supurayotgan Robiya qaynisini koʻrib, salomlashish uchun qaddini rostladi. Biroq, Sattor qaynilik burchini bajarmadi - salom bermadi. Indamay oʻtib ketdi. Robiya avval ajablandi, keyin xoʻrligi keldi. Oʻzi aytgan birinchi bomba oʻz oyogʻi ostida portlab, ruhini majruh qildi. Koʻzlari yoshlandi. Supurgini chetga otib, uyga kirib xoʻngrab-xoʻngrab yigʻlagisi keldi. Robiya bu xonadonga kelin boʻlib qadam bosib kelganida ularning munosabati kennoyi-qayni emas, opa-uka martabasida edi. Sattorning oʻzi bir necha marta “Mening opam yoʻq edi, siz menga opasiz, uylansam keliningizga ovsin emas, unga ham opa boʻlasiz”, der edi. Robiya bu gapdan quvonardi. Singil-kelin kelishini orziqib kutardi. Qaynisining kiyim-boshlariga gard yuqtirmasdi. Biron sabab bilan akasi tergasa hamisha Sattorning yonini olib turardi. Qaynisi kech qolguday boʻlsa uxlamay kutardi. Avval qaynonasi bilan birga oʻtirib kutardi. Farida qaytish qilgach, yolgʻiz kutadigan boʻldi. Chunki endi u faqat opa emas, mehribon ona mas’uliyatini ham zimmasiga olgan edi. Robiyani opa, oʻzini uka degan inson salom bermay oʻtib ketdi... Kechqurungi aka-uka mashmashasining soʻngida aytilgan ahd Robiya yuragini qalqitib yubordi. Jahldan boʻzarib uyga kirgan eriga indamadi. Ovutish uchun aytilgan har bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling