I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 107 library.ziyonet.uz/ -Shaxsan menga yomonligingiz yoʻq. Men ham sizga yomonlik qilmoqchi emasman. Agar vaqtida boshqa kasb qilsangiz oʻzingizga yaxshi. -Ishimning nimasi sizga yoqmayapti? -Qizni kim zoʻrlagan deb gumon qilyapsiz? Gʻayrat Sanaqulovmi? Kimni qamoqqa oldingiz? Shuhrat Sanaqulovnimi? Nega? -Bular aka-uka. -Bilaman. Lekin voqea sodir boʻlgan kuni Shuhrat Sanaqulov Koreyada boʻlgan. -Buni menam bilaman. Men aybni unga agʻdarmoqchi emasman. Akasini uch-toʻrt kun qamab qoʻysam, ukasini topib berishadi. Bu sinovdan oʻtgan uslub-ku, nega menga yopishib oldingiz? -Bu sinalgan, lekin sinovdan oʻtmagan ahmaqona uslub. Jinoyatlar bir-biriga oʻxshamaydi, uni ochish uslubi ham oʻzgacha boʻladi. Agar shunga aqlingiz yetmayotgan boʻlsa... -Bu gapingizni koʻp eshitdim, - dedi Qoʻrqmas endi dagʻalroq ohangda. - Xoʻp, meni ishdan chetlatishlarini talab qilibsiz. Men shu sohadan ketsam sizning baxtingiz ochiladimi? Yoʻlingizni men toʻsib turuvdimmi? -Mening baxtimni oʻzimga qoʻyib bering. Oʻzingizni oʻylang. -Unda siz ham oʻzingizni oʻylayvering. Meni siz ishga olmagansiz, boʻshatish ham qoʻlingizdan kelmaydi. Bilib koʻying, bu adolatingiz bilan uzoqqa borolmaysiz. -Qayergacha borishimni oʻzim yaxshi bilaman. -Yaxshisi bildirgingizni qaytarib oling. -Katta ketishingizga qaraganda yelka tirab turgan togʻingiz baquvvatga oʻxshaydi. Mayli, suyanavering. Telefon jiringlab ularning suhbati uzildi. Toʻlqin goʻshakni ola turib qat’i tarzda: -Qaytarib oladigan bildirgini yozmay qoʻya qolaman, - dedi. Keyin goʻshakni qulogʻiga tutdi: -Mayor Ilyosov. -Adasi, bu menman... -Hozir... - Robiyaning ovozini eshitib Qoʻrqmasga qaradi:-Boshqa gapingiz boʻlmasa meni holi qoldiring. Bu xonaga boshqa kirmasangiz yana ham yaxshi. Qoʻrqmas unga gʻazab bilan tikilganicha: “hali koʻramiz, oldimga oʻzing emaklab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling