I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 108 library.ziyonet.uz/ borasan!” deb chiqib ketdi. -Tinchlikmi, nima gap? - deb soʻradi Toʻlqin noxush ohangda. -Adasi... Sattorjon bir moshina gʻisht olib keldilar, - dedi Robiya aybdor odam ohangida. -Olib kelsa nima boʻpti? - dedi Toʻlqin qoʻrslik bilan. -Bilmadim... rostdanam hovlini boʻladilar shekilli... -Boʻlsa men nima qilay!-Toʻlqin shunday deb baqirib stolni mushtladi. - Menga qara, gʻisht olib keladimi, balo olib keladimi, hozir menga telpon qilishing shartmidi! Men ishdaman. Tushunasanmi yo yoʻqmi?! -Adasi... -Nima, adasi! -Amakimham keluvdilar... -Qaysi amaking? -Ibrohim amakim... Bu xabardan keyin Toʻlqin shashtidan bir oz tushdi. Oʻgʻlining Sherbuloqqa borib kelganini eslab, amakisining qanday maqsadda kelganini angladi-yu, koʻngliga yorugʻlik oralaganday boʻldi. -Kelgan boʻlsalar darrov ovqatga unnamaysanmi? - dedi Toʻlqin yumshoqroq ohangda. -Peshinga kelib-ketarmikinsiz, devdim... juda gʻalati boʻlyapti-da? -Nimasi gʻalati? -Oldinlari toʻgʻri biznikiga kirib kelardilar. Bu safar... u yoqqa kirib ketdilar. Kirishni ham kirmaslikni ham bilmay turibman. -Bu nima deganing? -Obodxonning fe’lini bilasiz-ku? -Fe’liga oʻt tushsin uning. Aftiga qarama, kirib soʻrashib chiq. -Shunday deb gapni kalta qildi-da, goʻshakni oʻrniga qoʻydi. Endi nima qilishini bilmay garangsib oʻtirdi. Amakisining maqsadini biladi. Hovlini boʻlish uchun gʻisht tushirilgani ham unga ma’lum. Amakisi murosaga keltirish yoʻlini qidiradi. Ukasi ayb axlatini u tomon agʻdarishi shubhasiz. Amakisi bu ayblovlarga ishonadimi? Oʻrtada Toʻlqin moxovdek boʻlib qolaveradimi? Amakisi murosaga keltirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling