I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 109 library.ziyonet.uz/ yoʻlini qidirib topa oladimi? Ibrohim darvoza oldida uyulib turgan gʻishtlarni koʻrdi-yu, ruhlarning havotiri bejiz emasligini angladi. Oʻzicha “kech qolibman shekilli”, deb oʻylab koʻngli gʻashlandi. Salohiddin bilan boʻlgan suhbatdan soʻng aka-ukaga aytish uchun oʻylab qoʻygan gaplari endi foydasiz ekanini fahmladi. Endi bu xonadon ostonasini bosib oʻtguniga qadar yangicha yoʻl oʻylab topishi kerak edi. Qisqa muddatda oʻylab topgani - bu safar odatni kanda qilib, ukaning uyiga qadam ranjida qilish boʻldi. Bu holatdan bexabar Robiya ham ajablanib, ham xavotiranib, eriga koʻngʻiroq qilgan edi. Sattor ham Obodxon ham Ibrohim amakilarini suyukli mehmon kabi qarshiladilar. Ogʻzi chaqqon Obodxonning qoʻl-oyogʻi ham chaqqon boʻlib qoldi. Ichkari uyda yotgan Oftobxonni turgʻizdi, ona-bola dasturxon tuzashga kirishdi. Ibrohim salom-alikdan soʻng “ozgina gina qilib qoʻyish foydadan holi boʻlmas”, degan qarorga keldi: -Bormisan, jiyan, akang-u yilda bir boʻlsa ham xabar olib turadi, sen anqoning urugʻiday boʻlib ketding-ku, a? Sattor “ha, endi...” deb gapirishga arzigulik bahona izlayatuvdi, mushkulini xotini oson qilib qoʻya qoldi: -Amaki, tirikchilikdan ortmay qoldik. Oʻzingiz koʻrib turibsiz-ku, roʻzgʻor deganlari yutvoray deyapti. -Roʻzgʻorning ogʻzi karnayday ochib tashlansa - yutaman, deydi. Nafsga qarab emas, qoringa qarab ochilsa - yutmaydi, - dedi Ibrohim keliniga qarab. -Voy. qiziqsiz-a, amaki, hozir shaharda qorin toʻygʻazish ham oson emas. -Noshukur boʻlmang, qizim. Sizga bir rivoyat aytib beraymi? -Rivoyat bilan qorin toʻyadimi, amaki? -Ehtimol toʻyib qolar, siz eshiting, qizingiz ham eshitsin, oʻtir qizim, - Oftobxon itoat bilan oʻtirgach, Ibrohim Obodxonga qaraganicha rivoyatni boshladi:-Bir odam xufton namozini oʻqish uchun jala quyayotganiga qaramay masjidga ketayotgan ekan. Bir mahal toyib, koʻlmakka yiqilibdi-da: “Ey Allohim, oʻzingga shukur, yiqitding-u, qoʻlimni sindirmading”, debdi. Bir oz yurgach, bu safar ariqqa yiqilibdi-da: “Ey Allohim, oʻzingga shukur, yiqitding-u, oyogʻimni sindirmading”, debdi. Shunda bir yigit qoʻlida chiroq bilan paydo boʻlib:”Otaxon, men sizni masjidga kuzatib qoʻyaman”, debdi. Manzilga yetgach, u odam yigitdan: “Sen kimsan, kimning haqqiga duo qilay?” deb soʻrabdi. “Men shaytonman, yigit qiyofasiga kirganman”. Bu gapdan otaxon ajablanib: “Bu qanaqasi, shayton birovga yaxshilik qilmas edi-ku?”- debdi. “Ha, yaxshilik qilmayman, - debdi shayton, - Sen birinchi marta yiqilib Allohga shukur qilganingda Alloh “Bandam azoblansa ham menga shukur qildi, guvoh boʻlinglar, shu shukrona hurmati men uning gunohlaridan kechdim”, dedi. Ikkinchi marta yiqilib, shukur qilganingda Alloh shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling