I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 112 library.ziyonet.uz/ -Qizim, soʻrini bir supurib yuborib, toʻshak solib ber, tashqarida oʻtiray, qishloqda ham uyda oʻtirolmaydigan boʻlib qolganman, - dedi. Soʻrida joy tayyor boʻlganda dasturxon yozdirmadi. Bu orada Nuriddin maktabdan kelib, unga ovunchoq topildi. Nuriddin Ibrohim opoqdadasini juda yaxshi koʻrardi. Otasi yoki onasi bilan qishloqqa borganida yayrardi. Xoʻrozni ham shu opoqdadasi bergan edi. Ibrohim bolaning oʻqishlarini soʻrab-surishtirgach, oʻzining peshonasiga yengil shapati urib qoʻydi. -Esim qursin, senga yana ikkita xoʻroz va’da qiluvdim-a? Mayli keyingi safar olib kelaman. -Olib kelmang, opoqdada, - dedi Nuriddin. -Nega? Nuriddin Obodxon tomon qarab qoʻyib, ovozini pastlatdi: -Kennayim urishyaptilar.Buni ham soʻyvorib, gumdon qilarmishlar. -Yoʻgʻ-e, kennaying hazillashgan. Soʻymaydi. Maktabdagi oʻqishing tamom boʻlsa, seni qishloqqa olib ketaman. Uch oy biznikida turasan. Xoʻrozvoyingni ham olib ketamiz. Dalada bi-ir yayrasin. Bu katalakda yuraklari siqilib ketgandir. U yerda kuchga kirib qaytib, shahardagi eng zoʻr xoʻrozga aylanadi. Uni urishtirib koʻrdingmi? -Bir marta urishtiruvdim, oyim qulogʻimdan choʻzdilar. Bemehr odamlar xoʻroz urishtirarkan. Men mehribon boʻlishim kerak ekan. Bu gap Ibrohimga ma’qul tushib, bolani quchoqlab oldi. -Oying toʻgʻri aytibdi. Odam degani mehribon boʻlmasa hayvondan farqi qolmaydi. Bu dunyoni hademay tashlab ketadigan qariya bilan dunyo mashmashalaridan ajablana boshlagan bolakay shu tarzda huddi qalin birodarlar kabi suhbatlashib oʻtirishdi. Amakisining yonidan joy olgan Sattor bu suhbatga qoʻshilmadi. Ikki kelin ikki oshxonada ovqat tadorigi bilan band boʻldilar. Robiyaning ovqati avvalroq pishib, uyga taklif qildi. Lekin Ibrohim unamadi. Taomni shu soʻrida yeydigan boʻldilar. Hammalari oʻrtada turgan soʻridan joy oldilar. -Bir kelganimda adang rahmatli orzu qilgan edi, - dedi Ibrohim Sattorga qarab. - Chol- kampir oʻrtada oʻtiramiz. Bir tomondan katta kelinim, bir tomondan kichigi choy uzatib xizmatimizni qilishadi, devdi. Ozgina boʻlsa ham orzusiga yetdi. Mana endi kelinlarimning xizmatidan men bahramand boʻlib oʻtiribman, Allohimga beadad shukur. Bu gapdan keyin ovsinlar bir-birlariga ma’noli qarab qoʻyishdi. Toʻlqin va’dasiga vafo qilmadi: kunduzi kelolmadi. Boshqarmaga borib, kechgacha qolib ketdi. Uyga kelganida kechki taomni ham yeb boʻlishgan edi. Soʻridagi dasturxon yigʻib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling