I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 113 library.ziyonet.uz/ oligan, Ibrohim qoʻsh yostiqqa yonboshlab olgan edi. Qovusholmayotgan Sattorga: “olim odamning oʻqishi koʻp boʻladi, oʻqishingni qilaver, men oyoqni uzatib, ozgina dam olaman”, deb ijozat bergandi. Toʻlqin kelgach, Robiya qaytadan dasturxon yozdi. Televizor koʻrayotgan Nuriddin chiqib, adasining yoniga oʻtirib oldi. Toʻlqin hadeb qistayvergach, Ibrohim noiloj oshga qoʻl uzatdi. -Shaharning bitta yaxshi tomoni - pashsha kam, - dedi u, - qishloqda kunduzi pashsha, kechqurun chivin haydab osh yegandek boʻlmaysan. Amakisining pashsha haqidagi gapi behos bir voqeani yodiga tushirdi. Shu imorat qurilishi avjga chiqqan paytlar edi. Bu soʻrining oʻrnida omonat stol va taxta oʻrindiq turardi. Hovli etagidagi chayla oshxona vazifasini oʻtardi. Ovqat pishgan mahalda adasini ikki hamkasbi yoʻqlab keldi. Onasi dasturxonni yigʻishtirib chetga qoqdi-da, yana qaytarib soldi. Oʻsha kuni ovqat kechroq qolib, aka-ukaning qorni ochib ketgan edi. Mehmonlar taxta oʻrindiqdan joy olishgach, aka-uka kechagina somon suvoqdan chiqqan uyga kirib oʻtirishdi. Mehmonlar ovqalanishni boshlashganda Sattor piqillab yigʻlay boshladi. -Nega yigʻlayapsan? - deb soʻradi Toʻlqin uni pinjiga olib. -Qornim ochib ketdi. Qarang, ular ovqatning hammasini yeb qoʻyishyapti. -Jim tur. Yeb qoʻyishmaydi. Oyimga “ovqat suzmang, qornimiz toʻq”, deyishdi-ku, eshitmadingmi? - deb ukasini ovutmoqchi boʻldi Toʻlqin. -Aldashdi, ana qarang, yana qoshiqni olishdi. -Baribir hammasini yeyisholmaydi, kosada ovqat judayam koʻp. Jim tursang, hozir ketishadi. Sattor akasining gapiga uncha ishonmay, battar piqillay boshladi. Toʻlqin uni quchoqlab yana ovutdi. Bolalarining ahvolidan bexabar Shavkat mehmonlar bilan boshlagan bahsini davom ettirardi: -Yoʻq, men bunga baribir yoʻl qoʻya olmayman. Bu moddaning tarkibida zahar juda koʻp-, - dedi u, bosh chayqab. -Ha, koʻp, buni hech kim inkor etmaydi, - dedi tepakal mehmon, - Lekin zahar miqdori ozgina kamaytirilsa ham, hasharotga ta’sir qilmaydi. — Demak, ta’sir qilishning boshqa yoʻlini topish kerak, - dedi Shavkat oʻjarlik bilan -Aytishga oson-, - deb gapga qoʻshildi baqaloq mehmon. - Umuman, sizning bu oʻjarligingiz hozirgi paytda mutlaqo oʻrinsiz. Siz qarshi boʻlganingiz bilan bu dorilar baribir ishlab chiqarishga qoʻyiladi. Chunki bu ishga Moskva qarshi emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling