I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
111 
library.ziyonet.uz/ 
 
senlarni misol qilib aytib, tergab turardim. Akang senga vaqtida otalik ham qildi, endi 
qanotiga kirib, toʻylarini oʻtkazishib bersang, baraka topaverasan. Akaning duosi otaning 
duosi kabi boʻladi. Eski kitoblarda yozilgan: uka qoʻy soʻyib xudoyi qilmoqchi ekan
shunda gʻoyibdan bir sado kelibdi: “ey yigit, esingdami, bitta arzimas gap bilan 
akangning koʻnglini ogʻritgan eding. Sen avval akangdan uzr soʻrab, uning roziligini 
olgin, keyin qoʻyni soʻy. Akangning rizoligi boʻlmasa, xudoyiga soʻyadigankoʻyingqabul 
emas”. 
 
-Ha... endi akalar ham har hil boʻlishadi, - dedi Sattor. 
 
-Gaping toʻgʻri. Men hayotda har hilini koʻrdim. Ota-onasidan keyin hovlini boʻlib 
olganlarini ham, ukalarini qiyratib haydaganlarini ham uchratdim. Bular Alloh oldida 
nima deb javob berishlarini bilmaydilar hali. Hovlini boʻlib tashlaydigan gʻisht devorni 
odam qoʻli bilan tiklaydi. Uni vaqti kelib buzib tashlasa boʻladi. Gʻishtlarni boshqa xayrli 
joyga ishlatish mumkin. Lekin aka-ukalarning qalbidagi devor ham bor. Uni iblis 
tiklaydi. Iblis tiklagan devorni buzib boʻlmaydi. Hovlida gʻisht devor terish boshlanmay 
turib iblis qalblarga devor urishni jadallashtiradi. Qalbdagi devor puxta ravishda 
tiklanganidan keyin hovlidagi gʻisht devorga navbat keladi. Usta gʻisht teradi, mardikor 
unga qarashadi. Iblis qalblarga devor urayotganida unga aka-ukalar bilan ovsinlar 
mardikorlik qilib turishadi. Shu mardikorliklari uchun qiyomatda jazo olishadi. Biroviga 
kam, biroviga koʻp jazo berilmaydi, jazo bab-baravar boʻladi. Xudoga shukur, senlar bu 
toifadan emassanlar. 
 
-Amaki, zoʻr-zoʻr gaplarni topib gapirasizu lekin, dunyoda shunaqa akalar, shunaqa 
ovsinlar borki... 
 
-Choyinggaqara! 
 
Erining zarda ohangidagi buyrugʻi Obodxonni gapdan toʻxtatdi. Ibrohim xotinning 
maqsadini anglab, tomogʻini qirib qoʻydi. Obodxon qovoq uyib oʻtirgan eriga bir qarab 
olib: “Shunaqa, toʻgʻri gap tuqqaningga ham yoqmaydi”, deb mingʻirlaganicha oshxona 
tomon yurdi. Choy damlayotganida toʻrtta non koʻtargan Robiya kirib keldi. Obodxon 
ovsiniga “koʻzim uchib turuvdi!” degan ma’noda chimirilib qaradi. 
 
Robiya chimirilishga javoban bu yerga chiqishi sababini aytishi lozimligini angladi: 
 
-Amakim kelibdilar... - deb nonni uzatdi. 
 
-Ha, amakingiz kelib qoldilar, - Obodxon ovsini uzatgan nonni olmadi:- kiring, oʻzingiz 
olib kiravering. 
 
Robiya kirib salomlashdi. Sattor u uzatgan nonlarni olib, bittasini sindirdi. Ibrohim 
Robiyadan hol-ahvol soʻrayotganida Obodxon choynak koʻtarib kirdi. Suhbat qovushmay 
qoldi. Ibrohim u yoq-bu yoqdan gapiraverib toliqdi. Roʻparama-roʻpara oʻtirgan ikki 
ovsin bir-biriga tashlanishga shay gʻanimday koʻrindi koʻziga. Ahvol Salohiddin 
aytganidan ham batarroq ekanini fahmladi. Robiya uzoq oʻtirmadi, hovlidagi oshxonaga 
chiqib ovqatga unnay ketdi. Ibrohim xonasiga kirib ketgan Oftobxonni chaqirdi: 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling