I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 110 library.ziyonet.uz/ shukronang hurmati qarindoshlaringning ham gunohlarini kechirib yubordi. Agar uchinchi marta yiqilib shukur qilganingda Alloh barcha musulmonlarning gunohlarini kechirib yubormoqchi edi. Men bunga yoʻl qoʻymaslik uchun seni bu yerga omon-eson yetaklab keldim”, degan ekan. Ana shunaqa, kelin, shukr qilishning savobi juda katta. -Bu rivoyatingiz gunohkorlar uchun ekan. Bizda gunoh yoʻq, oʻzimiz yigʻib-terib qornimizni toʻygʻazib yuribmiz. Kelinining gapidan Ibrohimning ensasi qotdi. Bu suhbatga yosh qizning guvoh boʻlishini ma’qul koʻrmay “Kizim, sen darslaringni qilaver”, deb unga ijozat berdi. -Kelin, siz unday fikr qilmang. Hammalarimizda ozmi-koʻpmi gunoh bor. Hammalarimiz bu gunohlar uchun javob beramiz, - Ibrohim shu gapni aytgach, Obodxon bilan suhbatlashish istagi yoʻqligini ham bildirgisi kelib, Sattorga yuzlandi:-Men sendan xafa emasman, jiyan, oʻzi ilm odamlari shunaqaroq boʻlishadi. Sen dadangga oʻxshading. Dadangni ham oʻzim kelib koʻrib turmasam, boray demasdi. Ilmni gullatib yuribsanmi, ba’zi nodonlarga oʻxshab tashlab yubormadingmi, ishqilib? - shunday deb sinov nazari bilan tikildi. Aslida uning ilmni tashlaganini Salohiddindan eshitgan boʻlsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri nasihat qilmay, oʻzini bexabarday tutmoqda edi. Sattor amakisining oʻtkir nigohiga dosh berolmay, pastga qaradi-da: -Ha, endi gʻimirlab turibmiz, - deb mijgʻovlandi. Erining bu holda fosh boʻlishini istamagan Obodxon gapni ilib ketdi: -Voy amaki-ey, ilm-ilm deysiz, hozir birov ilmga qaramayapti, choʻntakka qarayapti. -Kelin, sizga oʻxshaganlar balki choʻntakka qarayotgandir. Lekin odamlar ilmga qaraydi. Olim odamning martabasi Allohning oldida ham baland turadi, bilmasangiz bilib qoʻying. Menam qishloqda “Jiyanim olim”, deb kerilib yuraman. “Jiyanim milisa”, deb maqtanmayman. Chunki milisa qishlogʻimizda ham bor, olim esa yoʻq. Ilgarilari “Ibrohim Toshkanddagi olim Shavkatning ukasi”, deyishsa bir qop semirardim. Ana endi otasining nomini bu ulugʻlab yuribdi. Boʻsh kelma, jiyan. -Ha... endikoʻldan kelganicha... Obodxon eriga “muncha mijgʻovlanasiz!” degan ma’noda norozi qaradi. Sattor esa gapini yoʻqotib, amakisidan hol-ahvol soʻrashni ham unutdi. Oraga sukut choʻkdi. Ibrohim topgan usuli yaxshi samara berishiga ishonch hosil qilib, yana gap boshladi: -Gʻishtni akang tushirtirdimi? Pastga qurilish qilmoqchidirda, a? Toʻgʻri oʻylabdi. Oʻgʻlini uylantiradigan boʻlsa, yana bitta uy kerak. Asli pastdagi uylaring ancha nurab qolgan. Poydevorining mazasi yoʻgʻidi. Paxsasini oʻzim urib beruvdim. Eslaysanmi? Chillakdek oyogʻing bilan loy tepaman, deb xarxasha qilarding. Adang rahmatli “shamollab qolasan”, deb unamasdi. Aka-uka judayam ahil edilaring. Men bollarimga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling