I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 103 library.ziyonet.uz/ Chandiqni bezorilik alomati, deb oʻyladi. Oʻtgan yili bu yigitning avtohalokatga uchraganini bilganida bunchalikqoʻrqmasdi. -Voy, opovsi, shunga shunchami, hazilni chinga aylantirmang, girgitton, - deb bir oz past tushishni ma’qul koʻrdi. Maxsuma javob bermadi, uning oʻrniga eri gap boshladi: -Nima dedi bu opachang? Ayt! Maxsuma Obodxonning gaplarini takrorlagisi kelmadi. -Qoʻying, turgan bitgani tuhmat, - dedi pastroq ovozda. -Oʻ, menga qara, alvasti!-dedi er Obodxon sari bir qadam bosib. -Avval oʻzingni epla. Sendaqalarning igʻvosini men yaxshi bilaman. Bilib qoʻy, mol ertaga shu yerda boʻlsin. Yo prasani bilan toʻlaysan. Men bilan hazillashmalaring. Obodxon bir qadam orqaga chekinmoqchi ham edi, lekin choʻchiganini fosh qilishni istamadi. Uning joyidan jilmay tik qarab turishini koʻrgan yigitning shashti pasaydi, yana bir qadam qoʻyishga jur’at qilmadi. Obodxon buni sezdi, shu bois ovozini bir parda koʻtardi: -Hoy, oʻgʻil bola, indamasa ja-a sapchimang, oʻzingizni tutib oling. -Sapchiganda nima kelardi qoʻlingdan. Sen milisa qarindoshingga ishonma. Milisa- pilisang bilan iningga kirgʻizvoraman. Ering qani oʻzi? Chiqsin, erkak bilan erkakcha gaplashib ketay! -Erkakcha gaplashasanmi? Voy savil, hali sen erkak boʻldingmi? Erkak odam xotinini bozorga solmaydi. -Nima deding,qaniqaytar-chi? Erning haligi gaplari yolgʻon poʻpisa deb hisoblansa, bunisi astoydil gʻazab edi. U vajohat bilan Obodxonga tashlanmoqchi boʻldi. Erining fe’lini bilgan Maxsuma uni yengidan ushlab, tortdi. Obodxon avvaliga orqasiga tisarildi, keyin dod solib uyiga qochib kirdi. Ahvol jiddiyligini koʻrgan Robiya uyidan shoshib chiqib, erning yoʻlini toʻsdi. “Ukajon, oʻzingizni bosing”, deb ovutishga harakat qildi. Er bisotidagi barcha haqoratlarni aytib boʻlgach, sal hovuri bosildi shekilli, xotinining soʻziga kirib iziga qaytdi. Robiya ularni koʻchaga qadar kuzatdi. Darvozaxonaga qaytganida ayvonning derazasini lang ochib olgan Obodxon ularning izidan qargʻashni boshlab yuborgan edi: -E, goʻlaymaygina koʻzlaring teshilsin! E, mollaring bilan qoʻshmozor boʻllaring! Qarzlaringdan qutulolmay lahadda chirilaring! Maxsuma javob bermadi, uning oʻrniga eri gap boshladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling