I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 69 library.ziyonet.uz/ amalga oshirib, yana qamoqqa qaytardi. Oʻgʻliga tez-tez yozadigan maktublarini ana shunday havotir siyohiga botirib yozardi. Ibrohim buni his qilib turardi, har javobida qasos olmaslikka va’da berardi. Suddagi hayqirigʻi ont emas, shunchaki alam soʻzlari ekanini tushuntirishga harakat qilardi. Aslida xoʻjayinini oʻldirmasa ham tuhmat soʻzlarini aytgan tillarini sugʻurib olishni juda- juda xohlardi. Ibrohim harbiydan qaytganidan keyin xoʻjaliklar aro qurilish idorasiga ishga kirgandi. Eski yuk mashinasini eplab tuzatib olib, xizmatni beminnat bajarib yurib edi. Xoʻjayini bir mashina taxtani koʻshni viloyatdagi qishloqqa olib borishni buyurdi. Ibrohim taxtalarning hujjatini soʻraganida “ikki qadam yerga ham hujjatmi!” degan tanbehni eshitdi. Boradigan yeri boshqa viloyat boʻlgani bilan orasi yaqin edi. Ammo ana shu yaqin masofaga borish uchun militsiya nazorati postidan oʻtilishi shart edi. U yerdagilar “ikki qadam yerga ham hujjatmi?” degan gapga koʻnishmadi. Xoʻjayin esa “taxtani men joʻnatmaganman, oʻzi oʻgʻirlab sotmoqchi boʻlgan”, deb turib oldi. Tergovchi “ozgina harajat bilan chiqib ketishi mumkin”ligini aytdi. Ibrohimda “ozgina harajat”ga loyiq pul yoʻqligini bilib nafsi orom ololmagan tergovchi qiynoqlarini ishga soldi, farzandni oʻgʻri qilib tarbiya qilgan onani ham qamoqda chiritishga va’da berdi-yu, oqibat oʻzi istagan qogʻozga imzo chektirib oldi. Bolaligida och qolgan kezlari bitta boshoqqa ham xiyonat qilmagan Ibrohim “oʻgʻri” degan tamgʻa bilan umrining salkam besh yilini koʻmir konlarida oʻtkazib, ozodlikka ham shu tamgʻa bilan chiqqan edi. Oʻshanda iblis bir iblisligini qildi-ya! Toshkentga yetib kelib, poyezddan tushgach, toʻgʻri qishlogʻiga ketaversa boʻlmasmidi!? “Ehtimol ayam akamnikidadirlar, qishloqda boʻlsalar akam bilan birga kirib borsam quvonadilar”, degan xayolda ichkuyov akasinikiga borib edi. Eshikni kelin ayasi ochdi. Avval tanimaganday qarab turdi. Keyin sovuqqina qilib “akangiz yoʻqlar”, dedi. Iblis yana iblisligini qildi-ya! Shundan soʻng indamaygina ketaversa boʻlmasmidi? Yoʻq, akasiga ikki ogʻiz nordon soʻz aytishni qasd qildi. Qorongʻu tushganida keldi. Eshikni emas, yotoqxona derazasini taqillatdi. Chiroq bir yondi-yu, yana oʻchdi. Akasi chiqmadi. Aslida chiqmoqchi edi. Deraza tiqillagach, chiroqni yoqdi. Xotini uygʻonib, qaddini koʻtardi: -Chiqmang, chiroqni oʻchiring, - dedi esnab. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling