I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
72 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
-Esingni yeb qoʻyibsan. Qarindoshlaring orasida ming dollari bor odam topiladimi? 
Xoʻp, uyni sotding, oʻgʻlingni chiqarib olib kelding. Kimning ogʻilxonasida 
yashaysanlar? 
 
-Koʻchadaqolmasmiz? 
 
-Oʻzing ahmoqsan. Oʻgʻling kichkinaligida “shu bolani domlaga ber, oʻqitsin, ovozi 
shirali, zoʻr qori boʻladi”, deganimda unamovding. Ashulachi boʻladi, deb Xudo bergan 
ovozni xor qilding. Oqibat ashulachi ham boʻlmadi, boshingga bir baloni orttirib berdi. 
 
-Qoʻy, shu gaplaringni, oʻgʻlimga tuhmat qilishdi, nashani dushmanlari atayin tashlab 
qoʻyishgan. 
 
-Enang tirilib kelsa bu choʻpchagingni enangga aytarsan. Ikki gramm qoradorini tashlab 
qoʻyishibdi, desang ishonardim. Ikki qop nashani birov tashlabdi-yu, oʻgʻling ogʻzini 
ochib lallayib oʻtiribdi-da, a? Bilib qoʻy, million dollar bersang ham chiqara olmaysan. 
Bahonada tergovchi seni shilib olmoqchi. 
 
-Sovuq nafas qilma, hech boʻlmasa yarmiga qisqartirib beradi. Sen eng qadrdon 
oshnamsan. Qarz soʻrashni sendan boshlayapman: qancha bera olasan? 
 
Ibrohim bu savolni kutgan edi. Javobi ham tayin edi. Lekin aytilajak soʻzlarning havoga 
singib ketishini bilgani uchun shoshilmadi. Umid bilan tikilib turgan koʻzlarga qaramadi. 
Qumgʻonga oʻt qalayotgan kampiriga tikilganicha oʻtiraverdi. Bu sukutni Mardiqul 
oʻzicha anglab: 
 
-Ikki marta qarz olib qaytarmaganman, esimda turibdi. Shuni minnat qilma. Hammasini 
qoʻshib qaytaraman. Qarzlarni uzolmay oʻlib ketsam, oʻgʻlim beradi, - dedi. 
 
Bu gapdan keyin Ibrohim uning koʻzlariga qaradi. Doʻstining gʻamli boqishi yuragini 
oʻrtadi. Lekin haqiqatdan chekinishni ham istamadi. 
 
-Qarzdan qutulolmay oʻlib ketishing aniq, - dedi bosiq ohangda. - Sen oldingi 
qarzlaringdan havotir olma. Allohning roziligi uchun kechib yuborganman. Lekin hozir 
bir soʻm ham berolmayman. 
 
-Nega? Puling yoʻqmi? 
 
-Pulim yoʻq, desam yolgʻon aytgan boʻlaman, gunohga botaman. Pulim bor. Lekin bu 
harajating uchun berolmayman. Sen pora bermoqchi boʻlyapsan. Gunohingga sherik 
boʻlishni istamayman. Tergovchingning me’dasi shaytonning atalasiga oʻrganib qolgan, 
sen shu ataladan yalamagin. 
 
-Porani men beraman, senga nima? 
 
-Aytdim-ku... 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling