I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
75 
library.ziyonet.uz/ 
 
olgin, keyin qishloqqa tushib palovxontoʻra damlaymiz. Uyga kirgandirsan, opoq 
buvingni koʻrdingmi? 
 
-Uyda hech kim yoʻq ekan. Lekin hamma eshiklar ochiq. Men shu yerda boʻlsalar kerak, 
deb chiqib kelaverdim. 
 
Ibrohim kampirining qayerda boʻlishini bilsa ham kulimsirab bosh chayqab qoʻydi-da, 
noligan ohangda dedi: 
 
-Bu kampir tek oʻtirolmaydi. Men uyda boʻlsam-ku, jildirmayman-a! Yoʻqligimdan 
foydalanib ozodlikka chiqib oladi-da. Men opoq buvingga hayron qolaman: shunday 
katta qishloqqa ham sigʻmaydiganga oʻxshaydi. Agar shaharga olib borib, senlarnikiga 
oʻxshagan katalakka qamab qoʻysa nima qilardiykin? 
 
-Bizniki katalak emas, opoqdada, katta hovli-ku? - deb e’tiroz bildirdi Salohiddin. 
 
-Sen mana bunaqa keng yerlarda katta boʻlmadingda. Koʻzingga oʻsha katalaging ham 
bir olam boʻlib koʻrinadi. Xoʻsh, endi menga bir hisob ber-chi: oʻqishni tugatdingmi, 
milisa boʻldingmi? Endi shu yoqqa ishga kelasanmi? 
 
Salohiddin qariyaning ketma-ket yogʻdirgan savollarini kulimsiraganicha eshitib, hazil 
tarzida javobqildi: 
 
-Bitta oʻzim kelaveraymi yo toʻrt-besh oʻrtogʻimni olvolaymi? Bu yerlarda oʻgʻri 
koʻpayib ketdimi? 
 
-Nega koʻpayarkan? - dedi Ibrohim yigitning hazilini jiddiy qabul qilib:-Bizning 
qishloqdan bittagina Dumbul oʻgʻri chiqqan. Shuning oʻzi yetti qishloqqa tatiydi. Bilib 
qoʻy: qaysi qishloqdan nomdorroq oʻgʻri chiqsa, oʻsha yerga begona oʻgʻri oralamaydi. 
Dumbul oʻgʻri shu atrof qishloqlardan bitta choʻp ham olmagan. 
 
-Hozirqayerda u,qamoqdami? 
 
-Nega qamoqda boʻlarkan? Uni sendaqalar biror marta ham ushlasholmagan. Shunaqa 
chapdast oʻgʻri edi. Qirq yil boʻldimikin, qishloqqa behos sel kelganida bitta qizchani 
qutqaraman, deb oʻlib ketdi bechora. 
 
Bu gapni eshitib Salohiddin ajablandi: 
 
-Qirq yil? U kishi oʻlib ketganidan keyin ham qishloqda oʻgʻirlik boʻlmadimi? 
 
-Boʻlmadi. 
 
-Rost aytyapsizmi? 
 
Salohiddinning ishonqiramay bergan bu savolidan Ibrohim ogʻrindi: 
 
-Endi rosmana milisa boʻlibsan, bolam, - dedi u. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling