I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 78 library.ziyonet.uz/ Iblis alayhila’na Havvoning qoshlariga keldi. Yonida boshlab kelgan oʻgʻilchasini Havvoning huzurlarida qoldirib: “Oldingda tura tursin, keyin kelib, olaman”, dedi-yu, ketdi. Hazrati Odam keldilar, bu bolachani koʻrib: “U nega bu yerda turibdi?” deb soʻradilar. “Bir kishi qoʻyib ketdi”, dedilar Havvo. Odam alayhissalom bolaga qarab turib, bu iblisning ishi ekanini va uning sharridan qochmoq shartligini angladilar. Havvoni koyidilar. Soʻng bolani oʻldirdilar-da, parcha-parcha qildilar. Har bir parchasini daraxtlarga osib, keyin yana oʻz yumushlariga ketdilar. Shu zamoniyoq iblis qaytib keldi- da: “Oʻgʻilchamni nima qilding?” deb soʻradi. Havvo boʻlgan gapni yashirmay, aytdilar. Shunda iblis “Xonnas!” deb chaqirdi-yu, bolaning parcha-parcha boʻlaklari yana birlashdi. Iblis uni olib ketmay yana Havvoga “Shu bolakayga qarab turgin, men tezda kelaman”, dedi. Havvo “Odamdan qoʻrqaman, qabul qilmayman”, desalar ham iblis yalinaverib qoʻymadi. Havvo yana rozi boʻldilar. Iblis ketdi. Odam alayhissalom kelib koʻrsalar-ki, bolacha yana Havvoning yonlarida turibdi. Bundan gʻazablanib Havvoni injitdilar. Bu gal oʻt yoqdilar-da, bolakayni oʻtga otdilar. Keyin kulini ikkiga boʻlib, yarmini dengizga, yarmini yobonga sovurdilar-da, ishlariga ketdilar. Iblis kelib, oʻgʻli oʻtda yoqilganini, kuli esa sovurilganini eshitdi-yu, “Xonnas!” deb chaqirdi. Bolaning kuli yana qayta tirilib, otasi yoniga keldi. Shundan keyin iblis Havvoga yana ham qattiqroq yolbordi. “Shu safar ham qarab turgin, kelib bolani olganimdan keyin sira boshqa kelmayman”, deb qasam ham ichdi. Uning bu hiylasi ham ish berib, bolani tashlab ketdi. Odam alayhissalom yana kelib qarasalar, bola Havvoning yonida turibdi. Bu gal Odam alayhissalom gʻazablanib: “Shaytonning soʻziga kirasanu mening soʻzimga kirmaysanmi!” deb Havvoni urdilar. Erkak kishining xotinni urishi shu voqeadan boshlangan. Bu gal Odam alayhissalom Xonnasni olib borib qoyaga urdilar. Soʻydilar. Goʻshtini pishirdilar. Yarmini oʻzlari yedilar, yarmini Havvoga yedirdilar-da yana ishlariga ketdilar. Iblis kelib “oʻgʻlim qani?” deb soʻradi, Havvo boʻlgan voqeani aytdilar. Iblis shunda quvonib: “Mening maqsadim shu edi! Hosil boʻldi! Endi men ichingizga kirdim, koʻksingizga mahkam oʻrnashdim!” dedi”. Ibrohim rivoyatni aytib boʻlgach, boshini quyi egib bir oz sukut saqladi. Keyin xazin ovozda davom etdi: -Odamzotning fojiasi ham shu. Ichida shayton bor. Kimning iymoni sust boʻlsa, ichidagi shaytoni gʻolib. Kim iymonda sobit boʻlsa shaytoni zanjirband. Bolam, sen toʻgʻri gapimga ranjimaginu, agar uyinglar notinch boʻlsa bir-birlaringdan ayb qidirmanglar. “Iymonda qanday ekanmiz?” deb oʻylab koʻringlar. Aslida men bu gapni adang bilan amakingga aytishim kerak. Borsam aytaman ham. Senlar ham uch aka-ukasanlar, iymondan uzoqlashsalaring bu savdo senlarning boshlaringga ham tushadi. Shuning uchun bu haqiqatni hozirdan bilib, oldini olish chorasini koʻrishlaring kerak. Men uylaringga borishni niyat qilib turuvdim. Boraman. Lekin borishimdan biron natija chiqishi qiyin. Egilib qurib qolgan iymon daraxtini toʻgʻirlab qoʻyish qiyin. Yana Alloh biladi. Alloh istasa toʻgʻrilashi hech gap emas. Shu gaplarni aytib, Ibrohim oʻrnidan turdi. Shiyponni yigʻishtirgach, jiyanini ergashtirib qishloq sari yoʻl oldi. Kampiri uyda edi. Ikkovining koʻzlari bir zumgina toʻqnashdi. “Qarindoshingni ovutdingmi?” - deb soʻradi Ibrohimning koʻzlari. “Shuncha gapdan keyin ovutish oson ekanmi, qahringiz biram qattiqki...” - dedi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling