I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
80 
library.ziyonet.uz/ 
 
doʻstlarining aybini yashirish uchun shunga oʻxshash yolgʻonlarni toʻqishardi. 
Toʻlqinning qarashiga dosh berolmay koʻzlarini olib qochgan yigit yolgʻonini fosh etib 
qoʻydi. Lekin Toʻlqin uni aybsitmay “Begovotga ketgan boʻlsa bugun kelib qolar, kelishi 
bilan menga qoʻngʻiroq qilsin”, deb iziga qaytdi. 
 
Ishxonasiga borib, tushlikka ham chiqmadi. Telefon har jiringlaganda goʻshakni umid 
bilan koʻtardi. Kun asrga yaqinlashganda nihoyat, intiq kutgani - oʻgʻlining ovozini 
eshitdi. “Qayerda eding?” deb soʻramadi, salomga alik oldi-yu, “Komandiringdan soʻrab, 
bugun uyga kel”, deb gapni kaltaqildi. 
 
Goʻshakni joyiga qoʻygan onda vujudi birdan boʻshashib ketdi. Kechadan beri uni 
siquvga olayotgan tashvish uni tark etgach, nazarida tanasida hech narsa qolmaganday 
edi. Tashvish hukmron paytida iblis uning xayollarini oʻgʻirlab qaysi koʻchalarga olib 
kirmadi! Shunday koʻchalarki, har birining boshi berk, har biri zulumotga oʻralgan, har 
biri yurakni ezadi. Vujuddagi boʻshliq uzoq davom etmadi. Iblis yana tashabbusni qoʻlga 
oldi. “Qayerda boʻldi ekan?” degan savolni iblisning oʻzi koʻndalang qoʻyib, oʻzi javob 
istay boshladi. “Bironta suyuq xotinning ketida yuribdimikin?” degan gumon kecha ham 
xayolini bir yoritib oʻtgan, joniga qasd qilinishi ehtimoli bosh koʻtarganda bu gumon 
unga hatto tasalliday boʻlib koʻringan edi. Endi esa sharmandalikning muzdek suvi 
ustidan quyilganday tuyulib etlari jimirlashib ketdi. “Xudo saqlasin!”deb beihtiyor 
pichirladi. “Oʻgʻlim toʻgʻri yuryaptimikin?” degan oʻy avvallari ham bot-bot xayoliga 
kelib turardi. Nomusiga tegib, zoʻrlanganlar militsiyaga arz-dod qilib kelishganda yuragi 
bir zirqirab olardi. Qizlarning ayrimlari koʻchada tasodifan tutib zoʻrlansa, aksari shu 
yigitlar toʻdasi bilan ziyofatdan keyin nomussizlik balchigʻiga belangan boʻlib chiqardi. 
“Gʻunajin koʻzini suzmasa buqacha arqonni uzmaydi”, degan maqolni qonun tan 
olmasdi. Hali moʻylabi sabza urmagan koʻpgina yigitchalar badnom boʻlib ketishardi. 
Toʻlqin oʻgʻillarining bu yoʻlga yurmasliklariga ishonsa ham baribir, ba’zan havotirga 
tushardi. Birontasi hadeb koʻzini suzaversa, ishva qilaversa har qanday aqlli, odobli 
yigitni ham iblis bu yoʻlga tortib olishi mumkin. 
 
Salohiddinni uylantirish masalasini Robiya oʻtgan yiliyoq kun tartibiga koʻygan edi. 
Lekin Toʻlqin “avval oʻqishini bitirsin, ishlasin, hayotning past-balandini koʻrsin”, deb 
galga solayotgan edi. Alhol, kecha kutilmaganda gʻoyib boʻlishini xayoli ayollarga 
bogʻlagach, “shu yili uylantirish kerak, hayotning past-balandini keyin koʻraveradi”, 
degan toʻxtamga keldi. 
 
Oʻgʻli bilan gaplashib olish niyatida uyga ertaroq qaytdi. Salohiddin hadeganda 
kelavermadi. Toʻlqin bundan tutoqib, kimgadir zahrini sochgisi keldi. Ishxonada 
boʻlganida birontasiga baqirib boʻlsa ham xumordan chiqishi mumkin edi. Bunda kimga 
baqiradi, kimdan alamini oladi? Xotinidanmi? Sal ovozini koʻtarsa oʻsha zahoti 
Robiyaning koʻzlarida yosh miltillaydi-yu, yuragi battar siqiladi. Ukasiga yoki keliniga 
sochsinmi zahrini? Xudo saqlasin! Ularga sochilgan bir misqol zahar oʻziga botmon-
dahsar boʻlib qaytishi aniq-ku? 
 
Toʻlqin kecha xotinidan havotirini yashirgan boʻlsa, bugun gʻazabini ichiga yutishga 
majbur edi. Televizorda olti odam toʻplanib olib masala soʻqirdi. Toʻlqin ularning tuzsiz 
gaplariga bir zum quloq tutdi-da, oʻchirib qoʻydi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling