I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
88 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ibrohim mudroq koʻzlarini ochdi: uchqunlar soʻngan, akasi bilan kennoyisi ham yoʻq. 
Olov oʻtinlarni yamlab tugatay deyapti. Ibrohim gulxanni kosov bilan kavlab, gʻoʻlacha 
tashladi. 
 
-Odamlarga nimalar boʻlyapti, oʻzi? - deb oʻyladi u. - Bir qorindan tushgan ogʻa-inilar bir 
hovliga sigʻmasa? Toʻgʻri, hovli nima ekan, dunyo ham torlik qiladigan yuragi tor 
bandalar ham bor. Aka-uka shahzodalar taxt talashishib, qancha-qancha begunoh 
qonlarni toʻkishdi-yu, baribir dunyoga ustun boʻla olmay, lahaddagi bitta guvalaga 
erishishdan boshqa chora topishmadi. Odamlar nima uchun oʻshalardan ibrat olishmas 
ekan? Nuh alayhissalomning bittagina chaylalari bor ekan. Chayla ixchamligidan 
oyoqlarining uchi tashqariga chiqib turarkan. Umrlari adogʻiga yetib, Azroil alayhissalom 
jon olgani tashrif buyurganlarida Nuh alayhissalom Allohga munojot qilib: “Ey yaratgan 
Tangrim, menga ming yil umr beruvding, bu ming yilning bunchalik tez oʻtishini 
bilganimda ovora boʻlib shu chaylani qurib yurmasidim”, degan ekanlar. Endi qanday 
zamon boʻldi? Vaqtida oʻn-oʻn ikki bola chakka oʻtib turgan bitta uyda katta boʻlishadi-
yu, ulgʻayishganidan keyin dangʻillama uylarga, hovlilarga sigʻmay qolishadi. Bu 
nimadan? Manmanlikdanmi? Noshukurlikdanmi yo toʻqlikka shoʻxlikdanmi? 
Odamlarning yuraklari bunchalik tor boʻlib ketmasa?.. 
 
Ibrohim xayolida uygʻongan savollarga javob topolmay anchagacha oʻtirdi.U “yara 
madda olmay” jiyanlari huzuriga borib kelishni niyat qilgan edi. Ammo yaraning 
allaqachon yiringlab ketganidan bexabar edi. 
 
Oʻgʻlining Sherbuloqqa borib kelganini eshitgan Toʻlqinning koʻngli sal yorishdi. Aslida 
amakisini yoʻqlab, maslahatini olishni anchadan beri niyat qilib yurardi. Ishlarga berilib, 
bu ziyoratni hadeb orqaga surayotgan edi. Bu ishni oʻgʻli osongina amalga oshirib qoʻya 
qolibdi. “Vaqt yoʻq” degan bahona koʻp odamning oyoq-qoʻllariga kishan boʻlib tushgan. 
Lekin kishanning kaliti oʻz qoʻllarida. Qulfni ochib, chiqib ketishlari mumkin, biroq, 
ularga shu kishan hukmida umr oʻtkazish ma’qulroq. Uzoq vaqt koʻrishmagan qarindoshi 
yoki doʻstini uchratganda esa bu kishan azoblaridan zorlanadilar. Allaqancha vaqtlarini 
behuda sarflab yurganlarini esa tan olgilari kelmaydi. Toʻlqin oʻylab qarasa, amakisini 
koʻrmaganiga bir yildan oshibdi. Oʻtgan yili nevara toʻyi qilganida borgan edi. Shundan 
keyin amakisi ikki marta kelibdi. Toʻlqin uyda yoʻq edi, togʻdan koʻtarib kelgan 
mevalarni tashlab, salom deb ketibdi. Uzum-olmalarni tatib koʻrayotganida “erta-indin 
albatta borib kelaman”, deb ahd qilganicha yuraverdi. Oʻgʻli esa bir kunlik oʻqishidan 
voz kechib, borib kelibdi. Agar u ertalab “Ada, opokdadamni koʻrib kelsam maylimi?”-
deb ruxsat soʻraganida bir kunlik oʻqishni afzal koʻruvchi ota-onasidan rad javob olishi 
tayin edi. Hech kimdan soʻramasdan borib keldi. Oʻqishga bormagani uchun 
komandiridan dakki eshitgandir, lekin osmon uzilib yerga tushgani yoʻq. Toʻlqin ham 
ishlarini yarim kunga nari surib borib kelsa boʻlardi. Bu vaqt ichida olamni oʻgʻriyu 
kallakesarlar bosib ketmasdi... 
 
Shularni oʻylagan Toʻlqin oʻgʻli oldida izza boʻldi. Ham bu hijolatlik, ham oʻgʻlining 
haqiqatni tik aytishi uning tinchini oldi. Ayvon derazalari ochiq boʻlsa-da, havo 
yetishmaganday tuyuldi. Ona-bolani televizor qarshisida yolgʻiz qoldirib, tashqariga 
chiqdi. Koʻpdan beri foydalanilmay chiriy boshlagan yogʻoch soʻriga oʻtirdi. Buni 
koʻrgan Robiya chaqqonlik bilan turib, eriga koʻrpacha olib chiqdi-da, toʻshadi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling