I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
87 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu gapdan keyin Obodxon oʻrnidan turib, qoʻllarini beliga tiradi-da, erini bosib ketadigan 
tank misol yaqinlashdi: 
 
-Ho-o, shuncha uyni tep-tekinga tashlab chiqib ketaveradigan ahmoqmanmi? Shu gapni 
uchinchi marta aytyapsiz. Boshqa eshitmay. Uy hamma joyda kenjaga qoladi. “Akamda 
uy oladigan pul yoʻq”, deb dovdirab yuravermang. Milisada ishlaydigan odam kambagʻal 
boʻladi, desa hozir hamma kuladi. Akangizning bosib qoʻygan millionlari bor, siz 
bilmaysiz. Siz -merovsiz! Agar akangizni chiqarib yuborishga kuchingiz yetmasa
bunday qilamiz: uyni sotamiz. Mayli, pulning yarmi ularga boʻla qolsin. Agar 
adangizning vasiyatnomasini berkitishmaganida ularga bir tiyinham bermasdim. 
 
Obodxon avjga chiqqan mahalda ichkari xonada qizlarning shovqini koʻtarildi. 
 
-Bor, qizlaringga qara, qiz emas, bir balolarni tuqqansan, - dedi Sattor. 
 
-Voy savil, koʻchadan orttirganmanda, a ularni? -Obodxon shunday deb qizlarning xonasi 
tomon yurdi. Eshikni ochib “Boʻldi qillaring!” deb baqirgach, yana eriga qaradi:-
Boʻlaqoling. Ammamning buzogʻiday oʻtirmasdan akangizning oldiga chiqing. 
 
Sattor xotinining amrini bajarish uchun oʻrnidan turayotgan mahalda Ibrohim shiyponi 
yonidagi gulxanga oʻt qalab mudrab oʻtirgan edi. 
 
Olov chetiga qoʻyilgan qumgʻondagi suv qaynab joʻmragidan toʻkiladi, ammo olovni 
oʻchirishga qurbi yetmaydi. Oʻtin picha tutaganday boʻladi-da, soʻng yana alanga olib
qumgʻon atrofini yalashni davom ettiradi. Ahyon-ahyonda olov bagʻridan uchqunlar 
otilib chiqib, atrofga sachraydi. Ana shunday uchqunlar sachragan mahalda Shavkat bilan 
Farida yana paydo boʻlishdi. Ular mungli koʻzlarini Ibrohimga tikib jim turaverishdi. 
Sachragan uchqunlar ularning ustiga tushsa ham jim turaverishdi. 
 
-Ha, aka, kennayimni boshlab yana keldingizmi? Bolalarning noittifoqligi - ota-onaning 
shoʻri. Oʻlib, goʻrda ham tinch yotolmaysan. Men bunaqasini eng razil dushmanimga 
ham ravo koʻrmayman. Nevarangiz kelib ketdi. Shu bolaning aqli yetgan narsaga 
oʻgʻillaringizning fahmi kaltalik qilyapti. Nevarangizning aqli hali pokiza, dunyoning 
balchiqlari bilan bulgʻanmagan. Keyinroq nima boʻladi -Xudo biladi! Oʻgʻillaringizning 
bunaqa bemehr, beoqibat boʻlib qolganining sababini men bilmayman. Sizni ham 
kennayimni ham ayblamayman. Balki notoʻgʻri tarbiya qilgandirsizlar, balki luqmasiga 
harom aralashgandir? Siz menga bunaqa qaramang. Bilaman, toʻgʻri yashaganman, 
demoqchisiz. Lekin oʻquvchi shogirdlaringiz “sovgʻa” deb koʻtarib kelgan narsalarni 
yegansizlar. Agar ular bu sovgʻani xolis emas, majburiyat yuzasidan, ogʻrinib bergan 
boʻlsalar harom luqma degani shu boʻladi. Siz buni bilmagansiz. Bilsangiz ham hamma 
yaxshiliklarni dinga bogʻlab, sarqit deb rad etavergansiz. Hatto mehr-oqibatni ham bid’at, 
degansiz. Hamma faqat oʻz ishi bilan mashgʻul boʻlishi kerak, deb hisoblagansiz. Ha, 
nega jim turibsiz? Gapirmaysizmi? Qarashlaringiz boshqacha... Mendan xafamisiz? 
Oʻlayotganingizda “bolalarimdan xabardor boʻlib tur”, devdingiz. Va’dam esimda, 
unutganim yoʻq. Men oʻgʻillaringiz kap-katta boʻlib qolishgan, qishloqi cholning 
ziyoratiga muhtoj emsdir, deb oʻylab xato qilibman. Mayli, yara madda olmasidan borib 
kelaman. Goʻrlaringda tinch yotinglar... 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling