I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 90 library.ziyonet.uz/ -Shu eshakkami? - deb soʻradi Sattor qiziqish bilan. -Yoʻq, unda bu hali tugʻilmaganidi. Bu eshakning katta otasiga mingashtirib yurardim. Oʻzlaring bu togʻning orqasida nima qilmoqchisanlar? -Oʻsha yerda handalak rosalik pishibdi-, - dedi Toʻlqin. -Rostdanmi? Kimdan bila qolding? — Shodi sariq degan bola aytdi. Uni taniysizmi? -Shodi sariqmi? U shumtakani tanimaydigan odam bormikin, bu atrofda? Menam sal-pal taniyman. — Oʻzi mazza qilib yeganmish, aldamaganmikin? — Shodi sariq aytgan boʻlsa, ishonaver, u aldamaydi. Kecha kelib, polizni ancha payhon qilibdi, egalarining jahli chiqib yuruvdi. — Egasining jahli yomonmi? - dedi Toʻlqin endi havotir bilan. -Juda yomon. Shodi sariqni ushlab olsa, naq chukini kesib oladi. — Oʻzi kesilgan-ku? -Unda qolganini ham kesib olaveradi. — Bizniyam ushlab olsa shunaqa qiladimi? — Albatta. Agar katta odam oʻgʻirlik qilsa, qoʻli kesiladi. Kichkina bola oʻgʻirlik qilsa chuki kesiladi. Bu yerning qoidasi shunaqa. Bu gapdan Toʻlqin rosmanasiga qoʻrqib ketdi. — Amaki, eshagingizni toʻxtatib turing, - deb yalindi. -Nega, toychoq? - deb ajablandi qariya. U hazil gapining bolaga bunchalik ta’sir etishini oʻylamagandi. — Handalak yegimiz kelmay qoldi, uyga ketamiz. — Yoʻq, endi bunaqasi ketmaydi. Handalak yeyman, deb yoʻlga chiqdingmi, endi qaytma. Ammo sen oʻgʻirlik qilmay, egasidan soʻrasang, u senga uchta handalak beradi. Bittasini oʻsha yerda ukang bilan mazza qilib yeysan. Ikkitasini uyingga olib borasan. Amaking Ibrohim moʻylov ham handalakni ja-a-a yaxshi koʻradi-da. Amaking handalagini bir hafta kech ekuvdi, shuning uchunam unikihali pishganicha yoʻq. — Amakimni taniysizmi? - deb soʻradi qoʻrquvdan bir oz qutulgan Toʻlqin. — Sal-pal taniyman. Mening polvon oʻgʻlim amakingni kurashda besh marta yiqitgan. — Yolgʻon gapiryapsiz. — Yo alhazar! Nega yolgʻon gapirarkanman? - Qariya shunday deb yana orqasiga qarab oldi. -Amakim sirayam yiqilmaganlar, eng birinchi polvonlar, menga adam shunaqa deganlar. -Shunaqa degin... Agar adang aytgan boʻlsa, ehtimol toʻgʻridir, men adashgandirman. Yana Xudo biladi. Shu zaylda suhbatlashib, polizga yetib bordilar. Toʻlqin atrofga alanglab, poliz egasini qidirdi. Buni sezgan qariya kulimisrab qoʻyib: -Birovni qidiryapsanmi, toychoq? - deb soʻradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling