I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 91 library.ziyonet.uz/ — Hech kim yoʻq-ku? - dedi ajablanib Toʻlqin. — Men ham hayronman, rostdanam hech kim yoʻqqa oʻxshaydi, - dedi qariya miyigʻida kulganicha unga savolomuzqarab. -Unda kimdan ruxsat soʻraymiz? - dedi Toʻlqin boʻshashib. — Ha, bu yogʻi chatoq boʻldi. Balki handalakning oʻzidan soʻrarmiz? Qani, “xandalakjonlar sizlarni judayam yegimiz kelyapti, olsak maylimi?” deb soʻranglar-chi? Toʻlqin bu gapga uncha ishonqiramadi. Qariya taklifini yana takrorlagach, Sattor aytdi, keyin uham boʻshashganicha: -Indashmayapti-ku? - deb qoʻydi. -Nega indamayapti? E, ha, senlar handalakning tilini tushunmaysanlar-ku, men esam tushunaman. Ular hozir mening qulogʻimga shivirlab: “Toychoqlarga aytib qoʻying, bizlar shunaqa yaxshi bolalar uchun pishib turibmiz. Kim soʻrab olsa, quvonamiz”, deyishdi. Ana, ruhsat tegdi, endi sen manavi handalakni uz, - qariya shunday deb poliz chetidagi handalakni Toʻlqinga koʻrsatdi. Bundan quvonib ketgan Sattor yonidagi handalakni koʻtarmoqchi boʻldi: -Bunisiniham, - dedi u. — Yoʻq, bunisi hali xom. Sen mana buni uz. Ha, barakalla! -Amaki, handalakning gapini oʻzingiz toʻqidingiz-a? - deb qoldi Toʻlqin, qariyani ajablantirib. -Nega unaqa deyapsan, toychoq? — Odamdan boshqa hech kim gapirmaydi. — Shunaqami? Buniyam adang aytganmilar? -Ha. -Adang aytgan boʻlsalar toʻgʻridir. Yana Xudo biladi. -Unda biz handalakni oʻgʻirlayapmizmi? -Nega oʻgʻirlarkanmiz? Happai halolidan olyapmiz. Toʻgʻrisini aytsam... men egasidan kecha ruxsat soʻrab qoʻygan edim. Mayli, degan edi. -Bizning kelishimizni qayerdan biluvdingiz? -Tushimda koʻruvdim, sen bola juda ezma ekansan, ulgʻayganingda qozi boʻlasan shekilli. Qani, yur-chi, tilimlab beray, - qariya Toʻlqinning adoqsiz savollaridan shu zaylda qutilgan edi. Kun botguncha handalakxoʻrlik qilgan bolalar yana qariyaning eshagiga mingashib qaytganlarida amakilaridan quloq choʻzma ham yegan edilar. Ularni yoʻqolib qoldi, deb gumon qilgan Ibrohim bilan Munisa to ular kelgunlariga qadar havotir olovida qovurilib adoyi tamom boʻlayozgan edilar. Buni anglamagan bolalar quloq choʻzma uchun Ibrohimdan astoydil ranjidilar. Sattor amakisiga atab koʻtarib kelgan handalakni bergisi ham kelmadi... Toʻlqin “amakim endi bizni uyimizga haydab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling