I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 94 library.ziyonet.uz/ yoʻq-ku? Jasur oʻrtogʻing “ukangiz ilmga xiyonat qildi”, devdi. Shu gapini oʻylab koʻr. Xudo bergan qobiliyatingga xiyonat qilsang, biring baribir ikki boʻlmaydi. -Aka, qanday yashashni oʻzimga qoʻyib bering. Siz mening hayotimga aralashmang, men siznikiga aralashmay. Shunda ikkalamizga ham yaxshi boʻladi. -Men aytdim-qoʻydim. Qoʻlingdan yetaklab yuradigan yoshdan oʻtgansan. Ha, senga bir narsani aytib qoʻyay: qoʻyxonani buzishga unamading, unda adamning xonalarini boʻshatib qoʻy, boʻyab-oqlab qoʻyaman. Astoydil hujumni davom ettirish qasdidagi Sattorga bu qaror kutilmagan zarba boʻldi: -Nega? -Aytuvdim-ku, Bahriddinga ijodxona kerak. -Yaxshi, oʻsha xona sizga boʻla qolsin. Lekin avval ishimizni toʻgʻirlab berasiz. -Aka-ukaning oqibati ham savdo-sotiq bilan bitadigan boʻlibdi-da? -Bu savdo-sotiq emas. Sanjar degan bola tuhmat bilan ushlab turilgan ekan. Agar shuning ishini toʻgʻirlab bersangiz, otasi bizning ishimizni toʻgʻirlarkan. -Ishlar zoʻr-ku!-dedi Toʻlqin barmoqlari orasidagi sigaret qoldigʻini jahl bilan yerga tashlab. - Senga ham yoʻl topishibdi-da! Hozirgina oʻzing bir-birimizning hayotimizga aralashmaylik, devding. Shartni birinchi boʻlib oʻzing buzyapsan. Oʻsha vallomatingga aytib qoʻy, uka, oʻlgan otasini tiriltirib olishi mumkin, lekin oʻgʻlini qamoqdan qutqarib qololmaydi. -Shunaqami? Boʻpti! Endi mening yelkamda gunoh yoʻq. Endi ora ochiq! Sattor shunday dedi-da, uyi tomon yurdi. Zinaga yetganida oʻgirilib qaradi: -Tinchgina yuzkoʻrmas boʻlib ketaqolaylik. Hovlini sotaylikda ikkalamiz ikki tomonga ketaylik! Bu gap gurziga aylandi-yu, Toʻlqinning koʻzlaridan olov uchqunlari sachraganday boʻldi. Bu gap iblisga moydek yoqib, nogʻorasini avj pardaga koʻtardi. Qiya ochiq derazadan aka-uka mashmasini jon qulogʻi bilan tinglayotgan Obodxon chehrasiga bu gap mamnunlik shabadasini ufurdi. Toʻlqin bir zumgina qotib turdi-da, soʻng ukasiga yaqinlashib, yoqasidan oldi. -Nima deyayotganingni bilyapsanmi!-dedi xirqiroq ovozda. - Uyni sotasanmi?! Bilib qoʻy bola: men bu uyni sotguncha koʻchalarda xor boʻlib yashashni afzal bilaman. Bu uyda sening ham mening ham haqqim yoʻq. Buni adam bilan oyim qurishgan. Biz bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling