I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 97 library.ziyonet.uz/ Qoʻydi. Singlisidan farqli oʻlaroq, Oftobxon ham yigʻlagisi, dardlarini yurakdan chiqarib tashlagisi kelardi, biroq oʻzini tutishga majbur edi. Agar yigʻlasa, yigʻisining sabibini onasiga yoki otasiga tushuntirib berishi kerak boʻladi. Ularga qizning dardi begona, aytgani bilan fahm etishmaydi. Chunki ularning olami oʻzga, dardi boshqa. Dardsizning oldida boshimni ogʻritma, deganlaridek, qiz ularga yuragini ocholmaydi. Yigʻlasa-yu, sababini aytmasa, shubhasizki, Salohiddin bilan oralaridagi munosabatdan gap ochiladi. Dardini Salohiddin tushunadiganday edi. Kecha u ham gapni hazilga burib, onasini mashara qildi. “Hazillashdim, kechir”, dedi, ammo bu uzrxohligi bilan dilpora qizning yaralangan qalbiga malham qoʻya olmadi. Onasining notoʻgʻri ishlarini Oftobxonning oʻzi ham biladi. Lekin unga qarshi gapirolmaydi. Onasining qusurlarini birovning ogʻzidan eshitish esa unga ogʻir, juda ogʻir. Ikki oila orasidagi munosabatning kundan kunga yomonlashib borayotgani, oxir-oqibat esa rishtalar uzilib ketishi unga oddiy voqea boʻlib tuyulmasdi. Aka-ukalar yuz koʻrmas boʻlib ketgan kuni uning nazarida qiyomat boshlanishi shart edi. Qiyomat boshlanib, hammani yer yuta qolsa-ku, yaxshi boʻlardi-ya, qalb azoblaridan qutulardi-ya! Boshlanmasa-chi, yer yutmasa-chi? Ana unda onasi va otasi tomonidan joriy etilgan yangi tartib boʻyicha yashay boshlaydi: bobosi kabi suyumli boʻlib qolgan amakisini koʻrganda yuzini teskari buradi, salom bermaydi. Salomiga mehribonlik bilan alik olib, “iloyim baxtli boʻlgin, qizim”, deb duo qilib qoʻyuvchi kennoyisiga qaramaydi. Aka va ukalari hisoblangan Salohiddin, Bahriddin, Nuriddindan yuzini teskari buradi. Salohiddin bilan Bahriddin-ku, vaziyatni tushunishar, “opajon” deb quchoqlab oladigan Nuriddin nima deb oʻylaydi? Ota-onalari-ku, uy talashishyapti. Ular-chi? Farzandharqanday vaziyatda ota-onaga tobe, deyishadi. Nahot bu qabih vaziyatda ham ularga quloq solish shart boʻlsa? “Amakingga salom berma, bolalari bilan gaplashma”, degan buyruqni bajarish ham farzandlik burchiga kiradimi? Shu insofdanmi? Oftobxonni shu savollar qiynaydi. Onasining uzatib yuborish haqidagi gaplarini eshitganda ba’zan koʻngli taskin topganday ham boʻladi. Shu uydan tezroq chiqib ketsa, bu mashmashalardan tezroq nari ketsa olam gulistonga aylanadiganday tuyuladi. Biroq, toʻla hotirjam boʻla olmaydi. Borgan yeriga “kelinning otasi bilan amakisi yuzkoʻrmas boʻlib ketgan ekan”, degan gap yetmaydimi? Bu hol kimgadir arzimasday tuyular, ammo Oftobxon uchun bu isnod. Bu isnod uni yertuban qilishi kerak edi. Agar qiz bola nomusini yoʻqotsa uni la’natlaydilar. Lekin aka- uka yoki opa-singil yuzkoʻrmas boʻlib ketsa birov indamaydi. Axir bu ham nomussizlikka, vijdonsizlikka kirmaydimi? Mana shu savollar girdobidagi qiz oila nomussizligidan qutilish yoʻllarini izlardi, izlardi-yu, topa olmasdi. Ba’zan onasi bilan yolgʻiz oʻtirganda “Oyi, amakimlar koʻchib ketishsa, bizlarni ham turmushga uzatsangiz adamlar bilan shoʻppayib oʻtirasizmi?” degisi kelardi. Bu savoliga onasining “Kuyovlardan bittasini ichkuyov qilaman”, deb javob qaytarishini ham biladi. Ammo “sizning bu fe’lingizga qaysi ichkuyov chidarkin?” deya olmaydi. Oftobxon xayolida chora izlab-izlab “bu dunyoning nimasi yaxshi? Undan keta qolgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling