I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
89 
library.ziyonet.uz/ 
 
Toʻlqin sigaret tutatib, oʻyga toldi. Oʻgʻlining Sherbuloqqa borib kelgani uning bolalik 
xotiralarini qitiqlab uygʻotdi. 
 
Ibrohim amakisi oʻgʻil toʻyi qilganida borishib, aka-uka oʻn-oʻn besh kun qishloqda qolib 
ketishgan edi. Handalak pishgan mahal edi oʻshanda. Koʻchadagi shum bolalardan biri 
shaharlik aka-ukaning ham gʻashiga tegish, ham havasini keltirish uchun ularning 
roʻparalariga kelib ishtaha bilan handalak yeya boshladi. Buni koʻrgan Sattor “olib 
bering” degan ma’noda akasining pinjiga kirdi. Toʻlqin esa bu bolaga yalinishni istamadi. 
 
-Yur, handalak yegani olib boraman, - dedi. 
 
-Qayoqqa? - dedi Sattor, handalak yeyayotgan boladan koʻz uzmay. 
 
-Anavi togʻning orqasida rosalik koʻp handalak pishibdi. “Sariq mashak” ham oʻsha 
yerdan olib kelgan. Yeging kelayotgan boʻlsa yurasan. 
 
Qishloq koʻchalarida yalangoyoq yurishga koʻnika boshlagan aka-ukalar shu hollaricha 
togʻ oshishni moʻljallab yoʻlga tushdilar. Qishloqdan chiqib soʻqmoq yoʻlga oʻtganlarida 
Sattor “oyogʻimga tikon kirdi”, deb yigʻlab yubordi. Toʻlqin qarasa-ki, oyoq ostida 
tikonning izi yoʻq. Ukasini yetaklab ketaverdi. Bir oz yurishgach Sattor endi 
“charchadim”, deb xarxasha boshladi. Toʻlqin ukasining rayiga qarab ortiga qaytgisi ham 
keldi, lekin handalak yeyish istagi kuchlilik qildi: ukasini opichib yuqorilab yuraverdi. 
Biroq, tezda charchab, toʻxtadi. Shu payt ularga eshak mingan qariya yaqinlashdi. 
Toʻlqin unga salom berib, oʻzini chetga oldi-da, soʻqmoq yoʻlni boʻshatdi. Qariya alik 
olib oʻtib ketavermay toʻxtadi. 
 
-Ha, toychoklar, qayoqqa? - deb soʻradi mehribonlik bilan. 
 
-Anava togʻning orqasiga borishimiz kerak. Ukamning oyogʻiga tikon kirib ketdi. 
Eshagingizga mingashib olsa maylimi, oʻzi judayam yengil, - dedi Toʻlqin unga umid 
koʻzlarini tikib. 
 
-Oldin eshagimdan soʻrab koʻraychi, ukang rostdanam yengil boʻlsa yoʻq demas, - dedi 
qariya hazil ohangida. Keyin eshakning qulogʻidan ushladi:-Nima deding, eshakvoy, bu 
doʻngpeshonalarni mingashtirsak senga ogʻirlik qilmaydimi? Ogʻirlik qilsa, uyalmay 
aytaver, men yoningda piyoda ham ketaveraman, - qariya shunday deb kulgach, 
Toʻlqinga qaradi, - Ana, eshak koʻndi, hammamizni koʻtara olarkan, senam mingashaver. 
 
Qariya Sattorni oldiga oldi. Toʻlqinning mingashib olishiga yordamlashgach, “xix” deb 
qoʻydi. Eshakning yoʻrgʻalashi uchun shuning oʻzi kifoya qildi. 
 
-Bu yerlikka oʻxshamaysan-ku, toychoq, seni tanimadim? - dedi qariya orqasiga qarab. 
 
-Toshkanli Shavkat akaning oʻgʻliman. 
 
-Ha... domlaning oʻgʻlimisan? Lekin Toshkanli deganing qiziq boʻldi. Adang shu togʻda 
tugʻilgan, shu yerda oʻsgan. Adangni ham eshagimga mingashtirganman. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling