9 – ish. MOYLARNING SOVUNLANISH VA EFIR SONINI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik moylari, KOH ning spirtdagi 0,5 n
eritmasi, toluol, butil, propil, amil spirtlar, xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi,
fenolftalein yoki timolftalein, suv hammomi, kolba, probirka, pipetkalar.
Sovunlanish soni deb, 1 g moy tarkibidagi sof kislotalarni neytrallash va
murakkab efirlarni sovunlash uchun sarflangan KOH ning milligramm miqdoriga
aytiladi. Sovunlanish soni yog’ (moy) lar tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalarning
o’rtacha molekulyar massasini xarakterlovchi ko’rsatgich ham hisoblanadi.
O’simlik moylarining sovunlanish soni har xil o’simliklar uchun turlichadir.
I SH N I N G B O R I SH I
Analitik tarozida 2 g yog’ tortib olib, 200 ml hajmdagi kolbaga solinadi.
Unga KOH ning spirtdagi 0,5 n eritmasidan 25 ml qo’shiladi. Kolbaga teskari
sovutgichni vertikal holatda o’rnatib, qaynab turgan suv hammomida 1 soat
davomida sekin qizdiriladi. Shunda kolbadagi yog’ butunlay sovunlanishi lozim.
Gidroliz mahsulotlari suvda erib, tiniq eritma hosil qilishi kerak. Bunda eritma
ustiga yog’ tomchilari suzib yurmasligi va kolba ichidagi eritmaga suv
qo’shilganda u loyqalanmasligi kerak.
Qizdirish vaqtida KOH ning spirtdagi eritmasi o’zgarib ketishi mumkin,
shuning uchun asosiy tajriba bilan birgalikda nazorat tajriba ham qo’yiladi.
Nazorat tajribada yog’ qo’shilmaydi.
Qizdirish to’xtatilgandan so’ng tezda har ikkala kolbaga 25 ml dan issiq suv,
1 ml dan fenolftalein eritmasi qo’shib kolbalardagi suyuqlik rangsizlanguncha
reaksiyaga kirishmay ortib qolgan KOH ni xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi bilan
titrlanadi.
Agar tahlil uchun olingan moy qiyinlik bilan sovunlansa, jarayonni
tezlashtirish uchun ozgina ksilol qo’shib, ko’proq qizdiriladi. Agar sovunlanish
mahsulotlari rangli bo’lsa, fenolftalein o’rniga timolftalein ishlatiladi.
Sovunlanish soni S. s quyidagi formula orqali hisoblanadi.
P
V
V
С
С
055
,
28
)
(
.
2
1
bunda:
38
V
1
- nazorat tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml
miqdori;
V
2
– asosiy tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml
miqdori;
R – tahlil uchun olingan yog’ning massasi;
28,055 – 0,5 n KOH eritmasining 1 ml da eritilgan KOH ning mg miqdori;
Sovunlanish va kislota sonlari asosida efir sonini ham aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |