8 – ish. MOYLARNI KISLOTA SONINI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: paxta, soya va makkajo’xori moylari, 96% li
etanol, 0,1 n kaliy gidroksid, fenolftalein, timolftalein, byuretka, 50 – 100 ml
hajmdagi kolbalar, 1,5 – 10 ml hajmdagi pipetkalar, suv hammomi, elektr plitkasi
yoki gaz gorelkasi.
Kislota soni deb - 1 g moy tarkibidagi erkin yog’ kislotalarni neytrallash
uchun sarflangan 0,1 n. kaliy gidroksidning milligramm miqdoriga aytiladi.
Moylar tarkibida doimo erkin yog’ kislotalari bo’ladi. O’simlik moylaridagi
yog’ kislotaning miqdori hayvon yog’lari tarkibidagi yog’ kislotalariga nisbatan
yuqori bo’ladi. Pishayotgan urug’lardagi yog’ kislotalar miqdori ko’p bo’lganligi
sababli kislota soni ham yuqori bo’ladi. Urug’ning to’la pishishi bilan urug’
tarkibidagi erkin yog’ kislotalar miqdori kamayadi.
Kislota soni yog’lar sifatini ko’rsatadi. Yog’larning yomon saqlanishi,
namlik va fermentlar ta’sirida glitseridlarning parchalanishidan normadan ortiqcha
sof kislotalar paydo bo’ladi. Glitseridlar qancha ko’p buzilsa va parchalansa, sof
kislotalar shuncha ko’p hosil bo’ladi. Natijada kislota soni normadan oshib ketadi.
I SH N I N G B O R I SH I
100 ml li kolbadan 2 ta olib, ularning birinchisiga 3 – 5 gr moy va 25 – 30
ml neytrallangan spirt – efir aralashmasi, ikkinchi kolbaga esa faqat 25 – 30 ml
spirt – efir aralshashmasi solinib yaxshilab aralashtiriladi. Agar birinchi kolbadagi
moy yaxshi erimasa, aralashma suv hammomida qizdiriladi. So’ngra u suv
hammomidan olinib sovutiladi va har ikkala kolbaga ham 2 – 3 tomchidan
fenolftalein eritmasidan tomizib, KOH ning 0,1 n eritmasi bilan 0,5 – 1,0 daqiqa
davomida o’zgarmaydigan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi. Fenolftalein
o’rnida timoftalein ham ishlatish mumkin. Bu indikator bilan titrlaganda ko’k rang
hosil bo’ladi. Kislota soni quydagi formula bilan aniqlanadi.
Н
T
b
a
Х
61
,
5
)
(
X – kislota soni;
a – namunani neytrallash uchun sarf bo’lgan 0,1 n KOH ning ml miqdori;
b – olingan namunani titrlash uchun ketgan KOH ning ml miqdori.
Odatda, spirt – efir aralashmasi neytralangan holda bo’lganligi sababali ham
KOH ham sarflanmaydi.
37
5,61 – 0,1 n KOH ning eritmasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan miqdor (g
hisobida).
T – tuzatma.
H – tajriba uchun olingan moy miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |