10 – ish. EFIR SONI
Efir soni deb, 1 g yog’ (moy) tarkibidagi murakkab efirlarni sovunlash
uchun sarflangan KOH ning milligramm miqdoriga aytiladi.
Efir soni (E.s) sovunlanish soni (S.s) bilan kislota soni (K.s) ning ayirmasiga
teng
E.s. = S.s. – K.s.
Efir sonini tajriba yuli bilan aniqlashda avval moy tarkibidagi erkin
kislotalar ishqor bilan neytrallanadi, so’ngra sovunlanish sonini aniqlash usuli
bilan efir soni topiladi.
Efir soni yog’larning glitseridlari tarkibiga kiradigan yog’ kislotalarning
molekulyar massasiga bog’liq bo’lib, bu son kislota soniga qaraganda har bir yog’
uchun o’ziga xos va turg’undir.
Shuning uchun efir soni va sovunlanish soni olingan yog’ yoki moyni iden-
tifikatsiya qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, efir soni yog’larning toza-
ligini ko’rsatadi. Yog’lar tarkibiga sovunlanmaydigan moddalar (parafin, mineral
moylar va hokazolar) qo’shilgan bo’lsa, efir va sovunlanish sonlari kamayib
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |