13 – ish. O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYINI SIRT FAOL
MODDALAR ISHTIROKIDA GIDRODISTILLYATSIYA USULIDI AJRATISH
Kerakli asbob va reaktivlar: 1000 ml hajmli yumaloq tubli kolbalar,
distillangan suv, 0,2–0,3% li anionli sirt faol moddalar (alkilsulfatlar,
alkilsulfonatlar, alkilarilsulfonatlar) eritmasi, sharikli sovutgich, Ginzberg
asbobchasi, o’simlik namunasi.
Efir moylarining ekstraktsiya jarayonini jadallashtirish va mahsulot unumini
oshirish maqsadida turli usullar qo’llaniladi. Jumladan, siqilgan gazlar (CO
2
),
ultratovush, IQ- nurlar ishtirokidagi ekstraktsiyalash usullari yaratilgan. Ammo, bu
usullarning bir qator kamchiliklari mavjud. Efir moylarini sirt faol moddalar
(SFM) ishtirokida ekstraktsiyalash usuli eng samarali va kamchiliklardan xoli
hisoblanadi. Ayniqsa ekstraktsiya jarayonida anionli SFM larni qo’llash yaxshi
samara beradi.
I SH N I N G B O R I SH I
Hajmi 1000 ml bo’lgan ikkita yumaloq tubli kolbaga 30 g dan o’simlik xom-
ashyosi solinadi va ularning biriga 300 ml distillangan suv, ikkinchisiga esa 300 ml
0,2 - 0,3% li anionli sirt faol modda (alkilsulfatlar, alkilsulfonatlar,
alkilarilsulfonatlar) eritmasi solindi. Har ikkala kolba Ginzberg asbobchasi bilan
jihozlangan sharikli sovutgich bilan berkitiladi va qizdiriladi. Kolbalardagi
Ginzberg asbobchalarida yig’ilayotgan efir moyining hajmi 25 – 30 minut
davomida o’zgarmay qolgan paytida ekstraktsiya jarayoni to’xtatiladi va ketgan
vaqt taqqoslanadi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokida ekstraktsiya jarayoni bir
muncha vaqt oldin tugaydi. So’ngra kolbalar sovutilib, Ginzberg asbobchalaridagi
efir moylari suvdan ajratiladi va analitik tarozida massalari o’lchanadi.
Sirt faol modda eritmasi ishtirokidagi ajratib olingan efir moyining miqdori
suv ishtirokida olingan efir moyining miqdoridan ko’proq bo’ladi. Sirt faol modda
eritmasi ishtirokida olib borilgan ekstraksiyaning unumi quyidagi formula orqali
hisoblanadi:
%
100
*
в
а
Bunda:
- efir moyining sirt faol modda ishtirokida ekstraksiyasining toza
suv ishtirokida ekstraksiyasiga nisbatan unumi;
a – sirt faol modda ishtirokida olingan efir moyi massasi,
v – suv ishtirokida olingan efir moyining massasi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |