14 - ish. KAROTIN (A PROVITAMIN)NI ANIQLASH
Kerakli reaktiv va asboblar: o’simlik bargi yoki sabzi, atseton, efir, benzin,
xromatografiya qog’ozi, Kamovskiy yoki suv nasosi, Bunzen kolbasi, ajratgich
voronka, silindr, pipetkalar, chinni hovoncha, o’lchov kolbasi, qaychi, pichoq.
A vitamin faqat hayvonlar organizmida bo’ladi. O’simliklar esa hayvonlar
organizmida parchalanib, A vitaminga aylanadigan birikmalar (provitamin A) –
karotinlar saqlaydi. Karotinlarning turi ko’p bo’lib, ular o’zaro yaqin kimyoviy
tuzilishga ega. Ular karotinoidlar nomi bilan ataladi. Ko’pincha o’simliklarda
fiziologik jihatdan faol bo’lgan β – karotin uchraydi.
U quyidagi kimyoviy tuzilishga ega:
CH
3
H
3
C
CH
3
H
3
C
(CH – CH – C = CH)
2
– CH = CH – (CH = C – CH = CH)
2
CH
3
CH
3
CH
3
H
3
C
1881 yilda Vakenroder karotinni birinchi marta sabzidan ajratib olgan. 1906
yilda Vilshteter karotinning kimyoviy tuzilishini aniqladi. Lekin hayvonlar
organizmida A vitamin karotindan hosil bo’lishi ancha keyin ma’lum bo’ldi.
Sanoatda ko’p miqdorda karotin qizil sabzidan (tarkibida 20 mg % gacha
karotin bor) va qovoqning to’q sariq rangli navlaridan (etining tarkibida 16 ml %
karotin bor) olinadi.
O’simliklar to’qimasi tarkibidagi karotinni boshqa pigmentlardan ajratib
olishda eng oddiy, tez va oson bajariladigan usullaridan biri, qog’oz
xromatografiyasi hisoblanadi. Karotinni bu usulda ajratib olishdan oldin, u
o’simliklar to’qimasidan boshqa pigmentlar bilan birga organik erituvchilar
yordamida ekstraktsiya qilinadi. Odatda o’simliklar to’qimasidagi pigmentlarni
spirt yoki atseton yordamida ajratib olinadi. Agar yashil pigmentdan (xlorofill)
sariq pigmentlarni (karotin va ksantofil) ajratish zarurati tug’ilib qolsa,
pigmentlarning spirt yoki atsetondagi eritmasi ustiga efir yoki benzin qo’shib
ajratgich voronkasida ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |