I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
II BOB. 30-40-YILLARDAGI ZAMONAVIY KOREYS
Download 49.45 Kb.
|
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1936-yil yozgan “Sotuvga qo‘yilgan hayot”
II BOB. 30-40-YILLARDAGI ZAMONAVIY KOREYS
PROZASI (NASRI) HAQIDA 2.1. 30-yillar zamonaviy koreys nasri va unda ijod qilgan yozuvchilar 20-yillarning birinchi yarmida Koreyada nasr rivojlanishida yetakchi o‘rinni romantizm oqimi, ikkinchi yarmida esa proletar realizm egallagan bo‘lib, 30- yillarda nasrda yetakchi oqimning yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. 1933-yili “To‘qqizlar ittifoqi” adabiy yo‘nalishi shakllandi, lekin bu guruh 20-yillardagi ijodiy maslakdoshlar jamoasini emas, balki g‘oyaviy san’atga qarshi hamfikrlar jamoasini tashkil etgandi. “Ittifoq”ning birlamchi tarkibiga Li Txedjun, Li Xyosok va Li Muyon kabi shoirlar kirishgandi. 30-yillar boshida koreys adabiyotida proletar asarlar paydo bo‘ldi, lekin 1934- yilgi ikkinchi repressiyadan so‘ng realizm o‘z faoliyatini tugatdi. Adabiyotchilarda mustamlaka hokimiyatiga qarshi kurashishga kuch ham, xohish ham qolmagan edi. Yapon general-gubernatorligi cheklovi natijasida ba’zi asarlar umuman chop etilmasa, boshqa birlaridan ba’zilari almashardi, misol uchun sotsializm so‘zi yulduzcha belgisi bilan berilardi. Lekin yozuvchilar bu cheklovga turlicha munosabatda bo‘ldilar. 30-yillar boshida Koreyada milliy g‘oyalar o‘z ta’sirini yo‘qotdi, lekin so‘nggi o‘n yillikda kurashdan voz kechish va reallikdan qochishda adabiyotni ayblab bo‘lmagani kabi imkon qadar o‘z asarlarida vatandoshlarining haqiqiy hayotini aks ettirishga uringan yozuvchilar ham bor edi. Ijodi davomida muayyan vaziyatni aks ettirmoqchi bo‘lgan yozuvchilardan biri Chxve Mansik bo‘lib, u 20-yillar o‘rtalarida o‘zining birinchi hikoyasini nashr ettirdi, faqatgina 1936-yil yozgan “Sotuvga qo‘yilgan hayot” asari bilan tanqidchilar e’tiboriga tushdi. Ushbu hikoyada muallif mustamlaka Koreya uchun dolzarb bo‘lgan ziyolilar o‘rtasidagi ishsizlik muammosini ko‘tarib chiqdi. Yozuvchi Yaponiyada tahsil olib, ona yurtida ishsizlikdan qiynalayotgan yosh yigitning nochor axvolini yoritib bergan. Bu asar navbatdagi g‘amgin asar bo‘libgina qolmay, muallif uni satirik va yumoristik jihatlar bilan boyitib asarning qiziqarliligini oshirgan. Mazkur asarda qahramonlar nomsiz berilgan. Asarda bosh qahramon R harfi bilan ko’rsatilgan. U ishsiz, kunini oshna-og’aynilari bilan o’qigan kitoblarini biri boshqasiga garovga qo’yib pivo ichib, daydib yuradi. Yapon kolonizatsiyasi davrida uning bilimi hech kimga kerak emasdi, hech kim uning hayoti bilan qiziqmas edi. Bir kuni R xotini qishloqdan poytaxtga jo’natgan o’glini bir necha yil oldin qoldirib kelganligini eslaydi. Bosh qahramon hattoki, o’g’lini boqish va o’qitish uchun umuman puli qolmasdan sarosimaga tushadi. Lekin u birdan uning hayotiga yaraydigan faqat o’g’li borligini tushunib yetadi. Shuningdek asarda maktab diraktori K keltirilgan bo’lib, asarning boshlanish qismi bosh qahramon R ning direktor K bilan bo’lgan suhbatidan boshlanadi: Hozir sen qayerdan joy qidiryapsan? Direktor “K” shunday umidsizlik bilan javob berib, kresloga qulay o’rnashib oldi va orqaga suyanib o’zini hech narsa bo’lmaganga soldi. Uning qarshisidagi boshqa bir stolda “R” o’tirardi va u ozgina bo’lsada, o’zining bor notiqlik mahoratini ishga solib ishga joylashishga harakat qildi. Ha, albatta. Bunday vaziyatda men qanday bu haqda so’rashim mumkin,.. lekin agar mabodo bo’sh ish o’rni chiqib qolsa, u holda, balki… “R” xuddi direktor “K” o’zining fikrini ko’rsatayotgandek eshitib, xayolida takabburona kulib qo’yardi. Axir qo’lini sovuq suvga urmaydigan – bilim yurti va institutlarni tugatgan talabalar endi qishloqlarda savodsizlikni tugatishga va hayot darajasini yaxshilashga qaror qilgan, lekin urf-odatlarni keng yoyish bilan qabul qilib bo’lmaydi, dehqonlar uchun yangi bosh og’rig’i bo’ladi. Dehqonlar savodsiz va madaniyatsiz, lekin bu ularning kambag’alligiga asosiy sabab emas. Ular alfavitni va o’z hayot sharoitlarini yaxshilashni bilmaydilar. Yuqoridagi parchadan ko’rinib turganidek, bu davrda asosiy muammo ishsizlik, savodsizlik yapon bosqinining oqibati hisoblanadi. Ular bir vaqtlar o’qigan bo’lsalarda, o’z hayotlarini qanday yo’lga qo’yish usullarini bilmaydilar. Bu esa o’sha davr koreys xalqining asosiy kamchiligi bo’lib, Chxve Mansik o’z asarida aynan mana shu kamchiliklarni ko’rsatib bergan. Chxve Mansik bosh qahramon “R”ning ishsiz holatini hamda uning cho’ntakida faqat sanoqli puli qolganligini quyidagicha ifodalaydi: “R” Tonsipcha paviloniga boradi va sigaret olish uchun do’konga kioskga kiradi. U yerda sigaret olgandan keyin cho’ntagida tanga bilan birga uch von puli qoladi. Oldingi kuni u to’rt vonni qishgi paltoga qo’ydi. Ikki oydan beri u kvartira va chiroq pulini to’lamagan edi. Shu pulni kvartiraga, undan qolganini chiroqqa to’lashga qaror qildi-yu, lekin puli hattoki sollontxan1 sotib olishga yetmasdi. “R” chontagiga qo’lini solib uch von pulini ushladi va uni ikkiga ko’paytirdi. Olti, o’n ikki, yigirma to’rt, qirq sakkiz, to’qson olti, bir yuz to’qson ikki, bu axir sakkiz kam ikki yuz von-ku!.. to’rt yuz, sakkiz yuz, bir ming olti yuz, uch ming ikki yuz, olti ming to’rt yuz, yigirma ming sakkiz yuz von… yana sakkiz yuz von, yigirma to’rt ming von, to’qson olti ming von, uch yuz sakson to’rt ming von, yetti yuz oltmish sakkiz ming von, bir million besh yuz o’ttiz olti ming von… Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling