I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
Download 49.45 Kb.
|
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
Lekin Moxva allaqachon o‘rnidan turib, xona burchagida joylashgan qurbonlik keltiriladigan joyga yaqinlashdi va o‘g‘lining gapini bo‘lib dedi:
“Muqaddas Ruh, shimoldan janubga, g‘arbdan sharqqa, yer ustida va osmonda qushlar uchishi, soyalar qora, hayot esa shoyi ipakdek nozik Ruh og‘ushida hayot yo‘lidan boramiz. Barcha tozaliklarni qabul qilib, iflosliklarni rad etamiz. Yer ruhi bizga tuproq, Olov ruhi yolg‘on, Tog‘ ruhi hayot beradi, Yetti yulduz ruhi bizni himoya qiladi, Maytreya yordam beradi, lekin hayot qildek nozik. Hayot yo‘llarini kezamiz, hayot yo‘llarini kezamiz!” Moxvaning ko‘zlari ikki qimatbaho tosh kabi yonardi, yelkalari silkinib, qo‘shiq aytardi. Qo‘shiq tugaganda, u qurbonlik stolidan suvli idish olib, og‘zini to‘ldirib suv simirdi va Ugining tanasi va yuzigi purkadi: “Ket, zolim ruh”, - deb qichqirdi. Moxva shamanlik udumlarini bajarish chog’ida shunday ekstaz holatiga tushar ediki, uning bu harakatidan atrofida o’tirgan boshqa shaman ayollari haylatlanishardi. Ekstaz holati – kishining ruhiy holatida yuqori pog’onaga chiqib, o’zini yo’qotib qo’yish holati. Endi Ugi xristianlikni o’z qishlog’ida tarqatish maqsadida bu yerda xristianlik cherkovi qurish zarur degan taklif bilan Pxennyandagi Pastor Xyon va ruhoniy Liga maktub yo’llaydi. Ular Ugining bu taklifini qo’llab-quvvatlaydilar. Asarda ikki din, xristianlik va shamanizm o’rtasidagi kurash ona va o’g’il qiyofasida ko’rsatib berilgan bo’lib, bu kurash hattoki, onaning o’z o’g’lini o’ldirib qo’yishi bilan yakunlanadi. Buni quyidagi parchada ko’rishimiz mumkin: …Moxva butun tanasi buralib, jazavaga tushib raqsga tushardi, kaftlarini ishqalab, oq libosi hilpirar, egilib-bukilib raqs tushardi. O‘choqda olov, qurbonlik burchagida suvli piyola va tuzli idish turardi, ularning yonida esa Injil kitobi yonardi, uning qolgan atigi bir necha varog‘i ham yonmoqda edi. Moxva kimgadir e’tiroz bildirgandek biri siqim tuzni olib, yonayotgan cho‘g‘ ustiga tashladi. “Uzoq g‘arb ruhi, Iso ruhi, uyingga qayt, mendan uzoqlashib, kelmaydigan bo‘lib ket”. Uning qo‘shig‘i suyak-suyaklargacha zirillatib borardi. Ugi onasiga, uning hatti-harakatlariga, ko‘zlaridagi chaqnoqqa, harakatiga mos hilpirayotgan ko‘ylagi etagiga boshqa qaray olmay, yuragi orqasiga tortib ketdi. U chuqur nafas olib, sehrlangan kabi xonadan chiqdi, oshxona eshigini tepib ochdi va suvli idishni olib kitobga suv sepmoqchi bo‘ldi. Lekin shu payt uning qarshisida qo‘lida pichoq bilan vajohatli Moxva paydo bo‘ldi: “Ket yovuz Ruh. Men seni ko‘rayapman, uzoq g‘arb ruhi. O‘ng qo‘limda pichoq, chapida olov, ket!” Moxva qo‘lidagi pichoqni Ugining yuziga sermadi, quloqlariga tegar-tegmas o‘tib ketdi. Ugi chap berar barobarida qo‘lidagi suvni onasining yuziga sepdi, pichoq piyolaga tegib jarangladi. Ugi olovni o‘chirish maqsadida o‘choqqa yaqinlashganda Moxva piyolani uloqtirgancha uning ortidan keldi. Ugi olovni o‘chirayotganida orqasiga nimadir qadalgandek bo‘ldi, og‘riqdan tanasi qaltiradi, atrofga qon sachradi, o‘g‘il jilmayib turgan onasining quchog‘iga behush yiqildi. Ushbu jarayonda shamanizmni saqlab qolish maqsadida xristianlik bilan kurashgan Moxva kuchli ekstaz holatida bo’lganligidan hattoki, o’gli Ugi ham uning ko’ziga “Yovuz Ruh” bo’lib ko’rinadi. O’zi bilmagan holda o’g’lini uch joyidan, beli, bo’yni va boshidan pichoq bilan jarohatlagan ona o’g’lining o’limidan keyin o’zini qo’yishga joy topa olmadi. Sekin-asta qishloqdagi aholi ham Moxvaga ishonmay qo’yishadi, undan o’zlarini yiroqroq tortishadi. Qishloqda xristianlik cherkovi quriladi va ruhoniylar aholi orasida yangi dinni targ’ib eta boshlaydilar. Endi hamma yangi xristianlik diniga o’ta boshlaydi. Bu narsa yangi dinning g’alabasi edi. Nafaqat yangi din, balki yangi zamon, kishilar hayotiga yangicha dunyoqarashning hamda odatlarning kirib kelish jarayoni ham hisoblanadi. Moxva oxirgi marta shamanlik marosimini ado etib, “haqiqiy iblis” kim ekanligini xalqqa ko’rsatmoqchi bo’ldi. U Xiso ko’lida cho’kib ketgan bir boyvachchaning kelinini suvdan olib chiqish uchun shamanlik marosimlarini bajarayotgan paytda o’zi ham ko’lga cho’kib ketib halok bo’ladi. Moxvaning vafot etishi shamanlikning tugashi va xristianlikning to’liq g’alabasini anglatar edi. Shunday qilib bu asarni biz XIX asrning 30-40-yillarida koreyada yangi davrning kirib kelishi jarayonida eski va yangi tuzumning o’zaro kurashi deb baholashimiz mumkin. Xristianlikning kirib kelishi koreys xalqiga nafaqat yangi dinni, balki yangi madaniy jarayonni, yangicha hayot tarzini olib kirdi. Endilikda koreys xalqi bu o’zgarishlarga ko’nib moslashishga majbur edilar. XULOSA Mazkur davrda ko’plab taniqli shoir va yozuvchilar ijod qilgan bo’lib, ular koreya adabiyoti tarixida o’ziga xos salmoqli o’rinlarni egallaganlar. Biz yuqorida ko’rib o’tgan shoirlardan Cho Jiyon, Kim Kirim, Li San, Pak Mogvol, Pak Tujin, yozuvchilardan esa, Chxve Mansik, Kim Donnilar o’z davrida mashhur bo’lgan va ular tomonidan yozilgan asarlar, asosan, xalqning ahvolini tasvirlagan, yapon bosqinidan keying koreys xalqining boshidan kechirgan qiyinchiliklari o’z aksini topganligini ko’rishimiz mumkin. Biz ko’rib o’tgan asarlar ichida Chxve Mansikning “Sotuvga qo’yilgan hayot” asarini oladigan bo’lsak, bu asar hikoya usulida yozilgan bo’lib, unda yaponiyada tahsil olib kelgan yigitning o’z yurtida ish topa olmasdan daydib yurgani, oxir-oqibatda o’g’lini boqishga qurbi yetmaganligidan uni nashriyotga ishga joylashtirib, o’zi esa o’qishning foydasi yo’q degan xulasaga kelishi kabi holatlar tasvirlangan. Bu o’sha davrdagi asosiy muammo ishsizlik ekanligini va bu muammo o’z navbatida otaning o’z o’g’lidan ajralishiga olib kelmoqda. Real va noreal holatlar orasidagi farqni yo‘qotish maqsadida syurrealistlar tushlar manbai va energiyasi, gallyusinatsiya va hirsiy xohishlarni o‘rganishdi. Ular Freydning ongsizlik nazariyasiga asoslanib avtomatik tarzda yozish va obrazlarning erkin ko‘rinishi bilan tajriba o‘tkazishdi. Koreys adabiyoti xalq boshiga tushgan kulfatlarni o’z davrida tasvirlagan. Asarlarda asosan, qiynalgan xalq hayoti, bosqinchilarning Koreya davlatini bosib olgandan keying koreyslar boshiga tushgan kulfatlar o’z ifodasini topgan. Yangi adabiy janrlar adabiyotga kirib kelganidan keyin shoir va yozuvchilar yangi janrlardan foydalangan holda o’z asarlarini yozishga kirishdilar. O’zlarining asarlarida psixologizm, romantizm, milliy an’analardan uzoqlashish, asarlarda ruhiy tahlilni rivojlantirish kabilarni ko’rsatib berishdi. Yapon general-gubernatorligi cheklovi natijasida ba’zi asarlar umuman chop etilmasa, boshqa birlaridan ba’zilari almashardi, misol uchun sotsializm so‘zi yulduzcha belgisi bilan berilardi. Lekin yozuvchilar bu cheklovga turlicha munosabatda bo‘ldilar. 30-yillar boshida Koreyada milliy g‘oyalar o‘z ta’sirini yo‘qotdi, lekin so‘nggi o‘n yillikda kurashdan voz kechish va reallikdan qochishda adabiyotni ayblab bo‘lmagani kabi imkon qadar o‘z asarlarida vatandoshlarining haqiqiy hayotini aks ettirishga uringan yozuvchilar ham bor edi. Xullas bu davr koreys adabiyotida yaratilgan asarlarning deyarli barchasi koreys xalqining o’lmas merosi bo’lib qoldi. Bu davrdagi yozilgan she’rlar va hikoyalar o’z davrining tanqidchilari tomonidan ko’p marotaba tanqidlarga uchragan bo’lsa-da, ular koreys adabiyotida yangi davrni ochib berishga katta hissa qo’shdi. Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling