I bob. Aholi daromadlari
Yashash minimum va istemol savati
Download 81.4 Kb.
|
Aholi daromadlari
2.2. Yashash minimum va istemol savati.
Xalqaro tajribada “yashash minimumi” - odam organizmini normal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va uning salomatligini saqlash uchun yetarli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplamining, shuningdek, shaхsning asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan nooziq-ovqat tovarlarining minimal toʻplamining qiymat miqdori. “Iste’mol savatchasi” esa – bu odam yoki oilaning oylik (yillik) ehtiyojining odatiy darajasi va tuzilmasini tavsiflovchi tovarlarning hisoblanadigan namunaviy toʻplami, assortimenti. Mazkur ikki tushunchani qonunchilikka kiritish rejalashtirilayotir. Xususan, “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi” hisob-kitob qilinadigan aniq mezonlar belgilanadi. Natijada aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorining “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi”ga mutanosibligi ta’minlanadi. Iste’mol savati-bu insonning salomatligini saqlash va uning hayoti faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to’plamidir. Aslida, iste’mol savati uchta savatdan iborat: oziq-ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste’mol savatida oziq-ovqat savati muhim o’rin tutadi. Oziq-ovqat savati-bu bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan maxsalotlar to’plami (u mahsulotlar istemolining minumal me’yori asosida hisoblab chiqilgan). Bu to’plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani taminlaydi, asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning ananaviy ko’nikmalariga to’g’ri keladi. Aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlari uchun tavsiya etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari to’plami (yiliga kg hisobida).
Ushbu jadval mahsulotlar iste’molining minimal me’yori asosida Rossiya fanlar Akademiyasining ovqatlanish institutida hisoblab chiqilgan. Shunday qilib, iste’mol savoti va yashash minimumi insonning hayot faoliyatini to’laroq ta’riflash imkonini beradi va u aholi turmush darajasi, hamda, daromad ko’rsatkichlari tizimining tarkibiy qismidir. Iste'mol minimumi hajmi ikki elementdan iborat – fiziologik va ijtimoiy. Fiziologik minimum – inson yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy qadriyatlar qiymati ifodasidir. Dunyo amaliyotida fiziologik minimum umumiy iste'mol minimumning o‘rtacha 85-87 foizini tashkil etadi, qolganlari ijtimoiy qismiga – ya'ni, minimal darajada maqbul turmush tarziga muvofiq ma'naviy qadriyatlar to‘plamiga to‘g‘ri keladi. Iste'mol minimumini aniqlash: Jahon amaliyotida mamlakatda turmush darajasini (iste'mol minimumini) belgilash uchun bir nechta variant ishlab chiqilgan. Download 81.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling