I bob. Aholi daromadlari


Download 81.4 Kb.
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi81.4 Kb.
#1522646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholi daromadlari

Statistik usul, ma'lum bir mamlakatning eng badavlat fuqarolarining daromadlari darajasida, iste'mol minimumini belgilashni nazarda tutadi. Bu usul daromad darajasi juda yuqori bo‘lgan davlatlarda qo‘llanilishi mumkin.
Sub'yektiv yoki ijtimoiy yondashuv, aholi o‘rtasida minimal daromadlar yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘ravnomalar natijalariga asoslanadi. Bunday usul ko‘proq konsultativ (maslahatlashilib hal etiladi) tarzda ko‘rinishda bo‘ladi, chunki uning natijalari davlatning real iqtisodiy imkoniyatlariga mos kelmasligi mumkin, lekin u odamlarning haqiqiy ehtiyojlarini ifodalaydi.
Resurs uslubi, iqtisodiyotning iste'mol minimumini ta'minlab berish imkoniyatiga asoslangan bo‘lib, bunday uslub ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Qo‘shma (kombinirovannyy) uslub, bir necha usulni o‘ziga birlashtiradi. Ya'ni, oziq-ovqat qiymati- me'yorlarda, uy-joy kommunal xizmatlar- faktlarda va nooziq-ovqat mahsulotlari – umumiy xarajatlarning ulushi bo‘yicha aniqlanadi.
Amalda, minimal iste'mol savatchasi sifatida kunlik minimal qiymatini belgilashdan iborat me'yoriy usul qo‘llaniladi. Har bir davlat eng kam iste'mol savatini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
Misol uchun, Bolgariyada bunday savatchalarning oltitasi taklif qilingan bo‘lib, bu ularning xususiyatlariga ko‘ra, oilalarning tarkibi bo‘yicha bir qator birikmalarni beradi. Savatning oziq-ovqat qismi ishlaydiganlar, nafaqadagilar va bolalar uchun gradatsiyani o‘z ichiga olib, qo‘shimcha ravishda 149 ta oziq-ovqat mahsuloti bor.
Turli mamlakatlarda, masalan, Litva, Belarus va Estoniyadagi kabi ijtimoiy yoki masalan, Rossiyada yoki Qozog‘istonda kabi fiziologik iste'mol minimumlari qo‘llaniladi.
Litvada iste'mol minimumi oilaning 4 nafar a'zosining ehtiyojlari asosida aniqlanadi. Ya'ni, 14 yosh atrofidagi o‘g‘il, 6-8 yoshlardagi qiz va ota-ona. Boshqa oilalar uchun maxsus koeffitsiyentlar qo‘llanadi. Tovarlarning oziq-ovqat ulushi 50dan ortiq tovarni o‘z ichiga oladi va iste'mol minimumi byudjyetining 45-50 foizini tashkil etadi.
Iste'mol minimumini shakllantirishning yana bir usuli mavjud bo‘lib, u nisbiy usul deb ataladiNisbiy usul yoki o‘rtacha daromadni hisoblash usuli asosan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda qo‘llanadi. O‘rtacha daromad deganda shunday daromadni tushunish lozimki, unda aholining yarmi belgilangan ustundan yuqori va yarmi kamroq daromadga ega bo‘ladi. Xuddi shunday AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniyada iste'mol minimumi miqdori o‘rtacha daromadning 40 foizini, Finlyandiya, Italiya, Gretsiya, Ispaniyada – 50 foizni, Portugaliya va Irlandiyada – 60 foizni tashkil etadi.
Iste'mol minimumi hajmini hisoblashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
Iqtisodiy, jumladan, iqtisodiy rivojlanish talablari: bozor iqtisodiyotining tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni shakllantirish, mehnat munosabatlarini demokratlashtirish, byudjyet daromadlarini to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
Huquqiy: mehnat qilish huquqi, shaxsning mustaqil ravishda hayot kechirish uchun ishga layoqatliligi tushuniladigan «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida»gi Xalqaro Paktga muvofiq, hamma e'tirof etgan inson huquqlariga rioya qilish;
Ijtimoiy: maoshning umumiy darajasi, ish haqi va mahsuldorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish, ish haqi va mehnat nafaqalari minimal davlat kafolatlarini oshirish orqali iste'mol minimum darajasiga bosqichma-bosqich erishish.



Download 81.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling