I bob. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari va moliyaviy manbalari
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda aholi ijtimoiy
AHOLINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA BERILAYOTGAN E’TIBORNI KUCHAYTIRISH MASALALARI.
2.2.
|
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda aholi ijtimoiy muhofazasining manzilliligini ta’minlash tadbirlari |
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat Dasturida “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish” ko‘zda tutilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan edi. Bunda “haqiqatdan ehtiyojmand va davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash joyibo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutilgan”22.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” bilan tartibga solinadi. Ushbu nizomga ko‘ra bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.
22 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda quyidagi toifadagi fuqarolar va oilalar ustun darajadagi huquqlarga ega:
ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar;
bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turgan oilalar;
yolg‘iz pensionerlar.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.
Ariza beruvchining ehtiyojmandligi darajasini aniqlash va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash (rad etish) to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida maxsus komissiya tashkil etiladi, uning tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan 12 oy muddatga, kamida 5 kishidan iborat etib tasdiqlanadi. Maxsus komissiya tarkibiga o‘zini o‘zi boshqarish organi maslahatchilari, kotibi, ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, shuningdek
zaruriyat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi.
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, nafaqa olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
Download 269.52 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling