I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
Download 289.5 Kb.
|
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
4.Abbreviatsya usuli bilan qisqartma otlar hosil qilinadi. Qisqartma otlar nutqda ixchamlikka erishish maqsadida turg‘un so‘z birikmalarini quyidagicha qisqartirish orqali yasaladi:
1. Qisqartirilayotgan so‘zlarning birinchi tovushlaridan tarkib topadi: BAM, BAR, BMT, GUM. 2. Qisqartirilayotgan so‘zlarning bosh qismlaridan tarkib topadi: Filfak, Unvermag, SamKochAvto. 3. Birinchi so‘zning bosh qismi va keyingi so‘zlarning birinchi tovushlaridan: TDSHI,Tosh MI, Sam DChTI, Sam DU. 4. Birinchi so‘zning bosh qismi va keyingi so‘zni to‘liq olish orqali: Medinstitut, dramteatr, avtoyo‘l. Xulosa Ushbu kurs ishimda “ So’z o’zagi va so’z yasalishi” bo’yicha izlanar ekanman, bu mavzuga iloji boricha kengroq yondashishga harakat qildim. Arab tilining boy va samarali so’z yasash usullarini arab, rus va o’zbek arabshunos olimlarining asarlari orqali o’rganib chiqdim. Mazkur kurs ishimning mavzusi “Arab tili va o’zbek tilida so’z o’zagi va so’z yasalish usullarining qiyosiy tahlili” to’g’risida bo‘lib, bu masala qadimdan tilshunos olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Kurs ishim kirish, to’rtta bo‘limni o‘z ichiga olgan ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, ishning maqsad va vazifalari, manbalari, obyekti, predmeti, shuningdek, kurs ishining tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bu mavzuni o’rganish davomida arab, rus va o’zbek tilidagi adabiyotlarga murojaat qildim. Haqiqatan, arab tili ko’p jixatlardan barcha shu falsafiy til ixlosmandlarini hayratga solib, qoyil koldirib keladi. Ayniqsa, yangi so’zlar usullari betakror go’zal va mantiqan boydir. Dunyoning biror millat tilida bunday yoqimli va o’ziga yarashiqli xususiyatni topolmaysiz . Qarangki, arab tilining ba’zi fe’llari boshlangan ikki harfiga qarab uning kanday ma’no anglatishini bilib olasiz. Bunda ana shu ikki xarfga - “uya”ga uchinchi bo’lib kushilgan xarflar yangi shakl hosil qilsada, fe’lning shakli o’zgarishiga qaramay, o’zining birlamchi ma’nosidan uzoqqa ketmaydi. Fe’lning mazkur xususiyati talabalarga fe’llarni (so’zlarni) tez yodlab olishlariga va keyinchalik ularni eslashlariga katta yordam beradi. Buning siri - avval ikki harflardan iborat bo’lgan “uya”ning ma’nosini, keyin esa, shu “asos”ga ko’pincha qo’shiladigan uchinchi xarflarni eslab qolishdir.34 Ulamolardan “Arab tilini kim yaxshi biladi?” deb so’rashganda, ular: “Arab tilini faqat payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V) mukammal bilganlar, - deb javob berish to’g’ri bo’ladi” - deganlar. Tarixiy-etimologik nuqtai nazaridan qaraganda o’zaklarning ko’pchiligi taxlil etilishi, ularning tarkibiy birliklari alohida ma'noga ega bo’lgan elеmеntlarga ajratilishi mumkin. Bunda so’zlarning ikki harfli uya (yachеyka)larga ajratilishi diqqatga sazovor holdir. Ko’pchilik so’zlardagi (odatda, sodda nеgizli fе'llardagi) ikkita dastlabki tub harflarning o’xshashligi, qandaydir umumiy sеmantik bеlgining mavjudligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, ancha kеng qo'llanuvchi fе'llar tarkibiga kiruvchi نب uyasi asosida yasalgan so’zlar umuman nimaningdir ichidan yuqoriga yoki tashqariga sodir etilgan xarakat ma'nosini anglatadi. Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, “Arab va o’zbek tilida so’z o’zagi va so’z yasalish usullarining qiyosiy tahlili” juda ham qiziq va odamni o’ziga jalb etadigan mavzu ekan. Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling