I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
XULOSAPedagog kadrlarni tayyorlash tizimida ayniqsa, ilg‘or xorijiy tajribalar va xalqaro baholash dasturlariga muvofiq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda mazkur jarayonga kompleks yondashuv zarurligini taqozo etadi. Kompleks yondashuv ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda shaxsni shakllantirishda bevosita yoki bilvosita aloqadorlikka ega turli shart-sharoitlar va omillar majmuini integratsiyalash usuli bo‘lib, iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish jarayonida metodologik, tashkiliy, boshqaruvga doir tamoyillarini aniqlashtirish, iqtisodiy fikrlashni shakllantirish va tarbiyaviy vazifalarni samarali hal etish uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy madaniyat – bilim va ko‘nikmalarning rivojlanganligi, iqtisodiy tahlil ko‘nikmalarini, iqtisodiy tafakkur va o‘ziga xos ijtimoiy sezgirlikni (mulk egaligi hissi) o‘zlashtirish darajasini tavsiflaydigan bilimlar, tashabbuskorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari, ijtimoiy ziyraklikni insonning amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarish darajasini ochib beruvchi shaxs sifati yig‘indisidir. Kasbiy ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liqlikda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish tuzilmasi tarkibiy asoslari (iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy xulq-atvor, iqtisodiy tafakkur) va komponentlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv) aniqlashtirildi. Bu esa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish komponetlari (motivatsion, kognitiv, axloqiy, kasbiy-faoliyatga yo‘naltirilgan) va mezonlari (motivatsion-qadriyatli, intellektual-kognitiv; kreativ-faoliyatli) aniqlashtirildi. Tadqiqot doirasida fanlararo modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan “Matematika”, “Texnologiya”, “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” fanlarini iqtisodiy madaniyat asoslarini rivojlantirishga yo‘naltirib o‘qitishning didaktik tizimi aniqlashtirildi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv rejasida boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy madaniyat asoslari fanini o‘qitish ko‘zda tutilmaganligini hisobga olib, tadqiqot doirasida iqtisodiy madaniyat asoslarini boshqa ta’lim sohalari bilan integrativ asosda o‘qitish bo‘yicha “Iqtisodiy madaniyat asoslari” elektiv(tanlov) kursi va uni o‘qitishning didaktik ta’minoti ishlab chiqildi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning tashkiliy komponentlari asosida elektiv kursning submodullari (“Iqtisod. Inson. Ehtiyoj”; “Iqtisod. Inson. Oila”; “Iqtisod. Inson. Shahar”) mazmuni aniqlashtirildi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimi va integrativ yondashuvga asoslangan fanlararo modulli ta’lim texnologiyasini umumlashtirish asosida kompleks yondashuvga asoslangan pedagogik modelni loyihalash va talabalarni loyihaviy faoliyatga jalb etish orqali uni amaliyotga tatbiq etishga erishildi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi: Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishining kredit-modul tizimiga asoslangan o‘quv rejalari tanlov fanlari komponenti sifatida “Iqtisodiy madaniyat asoslari” va “Moliyaviy savodxonlik” elektiv kurslarini o‘qitishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishda integrallashgan mashg‘ulotlarni axborot texnologiyalari asosida tashkil etishning didaktik ta’minotini takomillashtirish zarur. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini “startap loyihalar”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirish lozim. Xalqaro baholash dasturlari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha mahorat darslari va vebinar konferensiyalarni tizimli tashkil etish lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling