I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet34/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
1-ilova
Elektiv kursida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda foydalaniladigan innovatsion usullari SINKVEYN metodi.
“Sinkveyn” so‘zi fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, “besh misradan iborat she’r” tarjimasini beradi.
Mavzu: Tadbirkor.

  1. Tadbirkor

  2. Faol, qiziquvchan

  3. Izlanadi, intiladi, charchamaydi

  4. Qo‘rqmay, tavakkal qiluvchi inson

  5. Tavakkalchi.

Mavzu: Biznes

  1. Biznes

  2. Qiziqarli, foydali

  3. O‘zgaradi, yangilanadi, yaxshilanadi

  4. Pul topishning qulay yo‘li

  5. Pul

Mavzu: Iqtisodchi.

  1. Iqtisodchi

  2. O‘zgaruvchan, qat’iyatli

  3. O‘rganadi, izlanadi, tolmaydi

  4. Aniqlikni yaxshi ko‘ruvchi inson

  5. Matematik

FSMU
Mazkur metod tinglovchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
FSMU metodi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
Mavzu: Iqtisod.
Fikr: Iqtisod – insonni boshqaruvchi omil.
F: Qisman asosli fikr, ammo hamma vaqt ham emas.
S: Chunki insonning iqtisodiy ahvoli yaxshiligi uni ba’zan qutqarib qolishi mumkin, ammo hamma vaqt ham qutqara olmaydi, pulning kuchi etmaydigan narsalar ham mavjud.
M: Tejamkorlikning foydali tomonlari.
U:Iqtisodiy ahvol inson kelajagiga ta’sir qilsa-da, lekin uni aniq belgilab bermaydi. SHuning uchun insonlar doimiy bilim olish, yangilik o‘rganish harakatida bo‘lishi kerak. Insonlar bugun tejamkor bo‘lsalar, albatta, ertaga uning mevasini ko‘radilar. Inson kelajagini o‘zi yaratadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling