I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
-jadval Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining qiyosiy tahlili (foiz hisobida)
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mezonlar Nazorat guruhi ( 1 30 nafar talaba)
- O‘rta Past YUqori O‘rta
- Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
3.1-jadval
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining qiyosiy tahlili (foiz hisobida)
O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining motivatsion-qadriyatli, intellektual-kognitiv va kreativ-faoliyatli mezonlaridagi samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘rtacha o‘zlashtirishlarini Styudent va Pirsonning χ2 matematik-statistika metodi yordamida tahlil etdik. Tajriba-sinovda jami 260 nafar respondentlar qatnashdi. Shundan, tajriba guruhida 130 nafar respondent hamda nazorat guruhida 130 nafar respondent ishtirok etdi. Masalaning qisqacha mohiyati quyidagilardan iborat: ikkita bosh to‘plam berilgan bo‘lsin. Biri tajriba guruhidagi respondentlari bilimining o‘rtacha ballari, ikkinchisi esa nazorat guruhi respondentlari bilimining o‘rtacha ballari. Baholar normal taqsimotga ega deb hisoblanadi. Bunday faraz o‘rinlidir, chunki normal taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo‘lib, ular bajariladi. Yuqoridagi jadvalga asosan respondentlarning tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirishlari samaradorligini ko‘rsatuvchi N1 gipoteza va unga zid bo‘lgan N0 gipoteza tanlanadi. Yuqoridagi jadval ko‘rsatkichlariga asoslangan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining motivatsion-qadriyatli, intellektual-kognitiv va kreativ-faoliyatli mezonlaridagi samaradorlik darajasi natijalarini quyidagi jadvalda aks ettiramiz: 3.2-jadval Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining motivatsion-qadriyatli mezonida tajriba avvalidagi samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘zlashtirish natijalari
3.3-jadval Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining intellektual-kognitiv mezonida tajriba avvalidagi samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘zlashtirish natijalari
3.4-jadval Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining kreativ-faoliyatli mezonida tajriba avvalidagi samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘zlashtirish natijalari
Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasining motivatsion-qadriyatli, intellektual-kognitiv va kreativ-faoliyatli mezonlaridagi samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekanligi statistik tahlildan ma’lum bo‘ldi. Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar 1. Tadqiqotimizning yakuniy qismi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan dasturini tuzish va amalga oshirishni ko‘zda tutadi, bunda, birinchi navbatda, dastur asosida o‘qitish uchun uchta muhim omilni hisobga olish zarur: birinchi omil barcha talabalar tobora jadallashib borayotgan zamonaviy global davrda yashamoqda va ikkinchidan bugungi kunda bozor iqtisodiyoti davrida o‘zlarining biznes loyihalariga ega bo‘lishi va o‘zaro to‘g‘ri harakatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi; ikkinchi omil iqtisodiy ta’limga oid kompetensiyalarga ega bo‘lishda iqtisodiy ta’limning global muammolarini aniqlash. Bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishning xalqaro doiradagi muammolarini o‘rganish, hamda bo‘lajak mutaxasislarning o‘quv jarayonida iqtisodiy madaniyatlarini oshirishni nazorat qilib borish; uchinchi omil – bu boshqa odamlar, ya’ni xorijiy davlatlarda iqtisodiy madaniyatni aynan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida rivojlanishini o‘rganish va ular bilan hamkorlikda loyihalar almashishga erishiladi. 2. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy samaradorligini baholash sifatida va ularning maqsadlarini inobatga olgan holda etakchi uslubiy tamoyil sifatida texnologik tamoyilni ko‘rsatish mumkin. Ushbu tamoyil samaradorlikni baholash uchun oddiy, iqtisodiy jihatdan tushunarli, qulay texnologiyalar va uslublarni joriy qilishni, texnik, apparat, kompyuter, dasturiy ta’minotdan foydalanishni talab qiladi. 3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatlarini oshirishda xorijiy davlatlardagi ta’lim tizimini undagi ta’lim jarayonida iqtisodiy madaniyatni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini tahlil qilishni tavsiya etamiz. Biz uchun muhimi shundaki, ana shunday mashg‘ulotlar davomida talabalar ayrim iqtisodiy muammolarga echim topishda boshqa mamlakatlarning ijobiy natijalarini aniq va ravshan o‘rganishlari mumkin. Bunday yondashuv bo‘lajak mutaxassislarni olamga global nigohini shakllantiradi, ularda internatsionalizm tuyg‘ularining rivojlanishiga ko‘maklashadi. 4. Shunday qilib, xulosa chiqarishimiz mumkinki, tajriba-sinov guruhi talabalari iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish dasturi bo‘yicha o‘qigandan so‘ng, iqtisodiy ta’lim muammolari xususida ancha yaxshi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ularning echim yo‘llarini topib, ta’lim jarayoniga tegishli biznes loyihalar tuzib chiqishdi. Nazorat guruhi talabalarining bilim darajasi esa aytarlicha ko‘tarilmagan va aytish mumkinki, amalda deyarli o‘z xolida qolgan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling