I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati


Tabiatga g’amxo’r bo’ling


Download 0.67 Mb.
bet14/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388954
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi

Tabiatga g’amxo’r bo’ling. Mashg’ulot mavzusi: Vatanimiz-O’zbekiston Mashg’ulotning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’zbekiston Vatanimiz haqida bolalarga kerakli bilimlarni berish.
Tarbiyaviy maqsadi: Vatanimizning har bir qarich yerini sevish haqida ma’lumotlar berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning Vatan haqidagi bilimlarini boyitish.
Mashg’ulotning jihozlari: Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, rasmlar.
Mashg’ulotning turi: aralash, ko’rgazmali, savol-javob asosida erkin suhbat tarzida.
Mashg’ulotning borishi. I: O’qituvchi sinfga kiradi, salomlashadi, davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini tekshiradi, uyga berilgan vazifani tekshiradi.
Mashg’ulotning borishi. II: Asosiy qism. O’qituvchi: -aziz bolalar, bugun sizlar bilan Vatanimiz-O’zbekiston mavzusini o’tamiz. O’qituvchi bolalarga Qurat Hikmatning “Men tug’ilgan o’lka” she’rini ifodali o’qib beradi.
VATANIMIZ 0’ZBEKISTON.
Men tug’ilgan o'lka.
Men tug'ilgan hur o'lka,
Ozod Sharqda nur o'lka. Ko'rkam qishloq, shahari, Shod o'tar har mahali.
Metall berar Bekobod, Farhod GESdan el obod.
Nur olar har xonamiz,
Gullagan Farg'onamiz.
Xalqqa ust-bosh pillasi, Bebaho oq tillasi.
Mevazor bog'u bo'ston, Serquyosh O'zbekiston.
Qudrat Hikmat.
O’qituvchi bolalarga kitobda berilgan “O’zbekiston” matnini o’qib beradi hamda bolalarga ifodali tarzda o’qitadi. Matn o’qib bo’lingach o’qituvch bolalar diqqatini rasmga qaratadi.
O'zbekiston.
O'zbekiston — paxta yetishtiruvchi mamlakat-lardan biri. O'zbekiston dalalarida paxtadan tashqari sholi, bug'doy, makkajo'xori, tarvuz, qovun, qovoq va boshqa ekinlar ham yetishtiriladi. Quyoshning jazirama issig'ida shirin-shakar uzumlar pishib yetiladi.
O'zbekistonda eng yaxshi qorako'l teri va ipak tola yetishtiriladi. Respublikamizda zavod va fabrikalar ham ko'p bo'lib, ularda turli mashinalar, gilamlar, chinni va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. O'zbekistonda yer osti boyliklaridan ko'mir, neft, gaz va boshqa foydah qazilmalar ham juda ko'p.
O'zbekistonning poytaxti - Toshkent. U eng ko'rkam va zamonaviy shaharlardan biri. Toshkent gullarga boy serquyosh shahar. Bu yerda yilning deyarU to'qqiz oyi issiq bo'ladi. Yozning issiq oylarida havo harorati 40° dan ortadi. Qishda esa 0° dan pastga tushadi. Kamdan-kam hoUarda qattiq sovuq bo'ladi. Qalin qor qatlami faqat tog'larda uzoq saqlanib turadi. Bu tog'lar Toshkentni cho'lning issiq havosidan muhofaza qiladi.
Toshkent do'stlik va birodarlik shahri hamdir. Bu yerda turli millat vakillari inoq yashaydi, ishlaydi va o'qiydi.

O’qituvchi: Aziz bolalar endi sizlar bilan bugun egallagan bilimlaringizni tekshirib ko’ramiz. O’qituvchi “Qarorlar shajarasi” usulidan foydalanib mashg’ulotni davom ettiradi. Bolalarni 3 guruhga bo’ladi, hamda guruhlarga tarqatma materiallar tarqatadi. Kartochkalar orqasida quyidagi savollar bo’ladi:

  1. Siz qaysi shaxarda yashaysiz?

  2. Siz yashaydigan ko’chaning nomi qanday?

  3. Sizning shaxringizda nimalar qurilayapti?

  4. O’zbekistonning poytaxti qayer?

  5. Yozning issiq oylarida harorati qanday bo`ladi?

  6. O`zbekiston dalalarida nimalar yetishtiradi?

  7. O`zbekistona qanday tola yetishtiriladi?

  8. Vatanimizda qanday foydali qazilmalar bor?

O`qituvchi tarqatma materialladagi savollarni doskaga plakatga ham yozib keladi. Guruh sardorlari plakatdagi o`z guruhiga tegishli savollarni to`ldiradi. Savollarga javob olingach o`qituvchi hamma javoblarni umumlashtirib, guruh sardorlari bilan birgalikda qaror qabul qiladi.
Shundan so`ng oqituvchi guruhlarga Vatanimiz haqida qanday she`r, maqol, hikoya bilasiz? – deb savol bilan murojaat qiladi. Guruhlar o`zlari yod olgan she`r, maqol va hikoyalarini aytadilar. Eng ko`p O`zbekiston haqida ma`lumot bergan guruh g`olib sanaladi.
Mashg’ulotning yakuni: mashg’ulot yakunida o`qituvchi guruhlarga va faol qatnashgan guruhga uyda o`zi tayyorlab kelgan bug`doy, paxta, pilla rasmlari chizib – qirqilgan aplikatsiyalarni beradi. Uyhga vazifa qilib Qudrat Hikmatning sh`erini yod olib kelishga beradi.
2-mashg’ulot.
Mavzu: Kitob – oftob deyman.
Mashg’ulotning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: Kitob haqida bilimlarni yanada mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: Kitobni asrab, uni yirtmasdan tutishimiz kerakligini, uni ukalarimiz ham o`qishi kerakligini uqtirish. Kitobni do`stdek asrashga, uni toza salashga chaqirish.
Rivojlantiruvcji maqsad: O`quvchilar bilimlarini ijobiy tomonga yo`naltirish.
Mashg’ulotning jihozi: mashg’ulotlik, ko`rgazmali qurollar, rasmlar tarqatma materiallar.
Mashg’ulotning turi; aralash, ko`rgazmali, savol – javob tarzida olib borish, qiziqarli kitiblar.
Mashg’ulotning borishi. I: O`qituvchi sinfga kiradi, sinf tozaligini tekshiradi, davomadni aniqlaydi, uy vazifasini tekshiradi.
Mashg’ulotning borishi. II: Asosiy qism: O`qituvchi mashg’ulotlikdagi Tolib Yo`ldoshning “Kitob – oftob, deyman.” She`rini ifodali qilib o`qib beradi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling