I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati


Bolalarda go’zallik haqidagi bilimlar


Download 0.67 Mb.
bet12/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388954
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi

Bolalarda go’zallik haqidagi bilimlar: -atrof hayot voqyeligi;

  • buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini;

  • san’at asarlarini estetik o’zlashtirishi jarayonida tarkib topadi.

Bolalar tevarak-atrof, hayot, tabiat va har xil janrdagi san’at asarlari:
grafika, rang-tasvir haykaltaroshlik, amaliy san’at, musiqa bilan tanishib boradilar va ular haqidagi bilimlarni o’zlashtirib oladilar.
Go’zallik va xunuklik, ko’tarinkilik va tubanlik, fojialilik va kulgulilikning asosiy mezonlarini egallash, tushunib etishlari, estetik malaka va ko’nikmalardan hayotda foydalana olishga, estetik his-tuyg’ularini ifodalashga oid bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim.
Bolalar asosiy estetik tushuncha go’zallik to’g’risidagi bilimlarni o’zlarining o’rab turgan tevarak-atrofdagi turmush ashyolari:

  • kiyim-kechak;

  • o’yinchoqlar

  • oila a’zolarining o’zaro madaniy samimiy munosabatlari; - saranjom hovli;

  • chiroyli gulzor; San’at asarlari;

  • musiqa;

  • ashula;

  • chiroyli surat orqali egallaydilar.

Go’zallik to’g’risidagi bilim va tushunchalaridan bolalar xattiharakatlarini, kishilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar.
Bolalar ijodiy mehnatning turlariga ko’ra go’zalligini, mehnat sharoiti, mehnat maxsulini go’zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali ko’tarinkilik kabi murakkab estetik san’at asarlari: she’r, ashula, musiqa asarlarining go’zalligini bilib oladilar.
Bolalar voqyelikdagi hajv ya’ni asarlardagi voqyelikka doir kulguli rasmlarni tahlil qiladilar. Voqyelikdagi hajiv- bu o’ziga xos qoidadan chekinish, go’zallik, shakl va mazmun birligi qonunlarning buzilishi ekanligini; umri tugayotgan narsalar ustidan kulish estetik ideal, go’zallik uchun kurashning o’ziga xos shakli ekanligini; hajiv eskilik bilan yangilik o’rtasidagi ziddiyatlar aks ettirilishini; hayot va san’atda hajiv ko’pgina vositalar yordamida (so’z, surat) ifodalanishini, shuningdek, badiiy faoliyat va san’at, u qaysi turda bo’lishidan qat’iy nazar inson dunyoni estetik o’zlashtirganligining oliy ko’rinishi ekanligini bilib olishlari kerak.
Pedagog bolalarga san’at turlari haqidagi bilimlarni berish bilan birga ularning estetik hissiyotini bir joyga to’playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza yuritishga o’rgatadi.
Bolalar nafosat tarbiyasi jarayonida nafosatga oid malaka va ko’nikmalar ham egallashlari lozim. Musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo’shiq, musiqaviy harakat qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko’zda tutiladi.
Tasviriy san’at asarlarini diqqat bilan kuzata bilish, ularning mazmuni va ifoda vositalarini, tahlil qilish janrlarni bir- biridan farqlash malakalarini egallaydilar.
Musiqa va rasm mashg’ulotlarida pedagog o’qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Estetik tarbiya vositalari – bolalarnig estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va bolalarning badiiy ijodi hisoblanadi. Oila go’zallikning birinchi maktabi. Oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, uyning jihozlari, ularning yagona birligi, uyg’unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalar estetikasiga ta’sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini tashkil etilishi, bolalar ijodiy ishlari ko’rgazmasi, a’lochilar taxtasi va boshqalar bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi. Tabiat eng muhim estetik tarbiya vositasidir. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bo’lib, tabiatdan ta’sirlanish, uni ko’ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga bog’liqdir. Bolalarning tabiatga sayohatlari, turistik yurishlari, ular diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish imkonini beradi. Bolalar yilning to’rt faslida tabiat o’ziga xos rang olishini, o’zgarishini bilib oladilar, tabiat hodisalariga qiziqish kuchayadi va tabiatni asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab etishlariga yordam beradi. Bolalar tabiatshunoslik mashg’ulotlarida nafaqat tabiiy bilimlarni o’zlashtiradilar, balki tabitda go’zallikni yaratishni, maktab hovlisini ko’kalamzorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt o’tqazish va parvarish qilish kabilar bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir etadi va estetik ko’nikmamalakalarini shakllantiradi. San’at turlari asosiy tarbiya vositalari bo’lib, san’atning xilma-xil ko’rinishlari va janrlari yordamida bolalarning rangtasvir, qalam tasvir haqidagi bilimlari, haykaltaroshlikka doir ko’nikma va malakalari, ijodiy qobiliyatlari shakllantirilib boriladi. Rasm mashg’ulotlari tasviriy, amaliy, arxitektura san’ati, o’zbek va chet yel san’at ustalarining ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi, hamda asliga ko’ra, xotira va tasavvurlari asosida rasm chizish malakalarini tarbiyalaydi. Mashg’ulotdan tashqari suhbatlar, kechalar, ko’rgazmalar
tashkil etish, muzey, rasmlar galereyasiga, san’at yodgorliklari, rassom va me’morlar, haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy san’at to’garagiga qatnashish, tanlovlar o’tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida muhim vositadir. Estetik tarbiya berishda ashula va musiqaning roli benihoya kattadir. Musiqa va ashula bolalarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini o’stiradi, Musiqadan nazariy ma’lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi musiqa asboblari, musiqashunoslarning ijodi, oqimlar, janrlar bilan tanishadilar. Bolalar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga o’rganadilar. O’zbek xalq klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat qiladilar.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling