I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati


Download 0.67 Mb.
bet16/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388954
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi

Mavzuni mustahkamlash.
Tasavvurdagi “Mars” hayoti bilan Yerdagi hayotni bolalar solishtiradilar va xulosa chiqaradilar. Go’zal ona – tabiatimizni asrashda ularning burchlari nimalardan iborat ekanligi esga olinadi.
O’qituvchi: - Bolalar, yuqoridagilardan xulosa chiqarib, tabiat boyliklarini, suv, o’rmon, o’simlik va hayvonlarni muhofaza qiling, atrof – muhitni toza saqlang, bir – biringizga doimo mehirli, tabassumli bo’ling. Toki bu tabassum sizlarni hyech qachon tark etmasin.

  1. Mashg’ulotni yakunlash. G’olib guruhni aniqlash va rag’batlantirish, baholash. Taqdimotda g’oliblarni turli nomlar bilan taqdirlash. Masalan: “G’olib guruh”, “Eng faol o’quvchi”, “Eng intizomli guruh” va boshqalar.

  2. Uyga vazifa: “Tabiatni asrashda mening hissam” mavzusida hikoya yozish, tabiat haqida she’r yodlash.

Mashg’ulotning yakunida bolalar she’r o’qiydilar.
O’quvchi:
- Biz quvnoq bolalarmiz! Tabiatni sevamiz.
Uni ardoqlab doim,
Yosh nihollar ekamiz. Unib, o’sgan nihollarga Mehr bilan qaraymiz.
Dilimizda bordir g’ayrat,
Hamma: Tabiatni asraymiz!
Mashg’ulot shu bilan poyoniga yetadi. Xattaxtaga qo’yib borilgan rasmlardan go’zal tabiat manzarasi hosil bo’ladi.
Shu tariqa mashg’ulotlar davom ettiriladi. Shuning uchun ham bolalarni faol shaxs qilib yetishtirishda yuqoridagi usullardan keng foydalanish kerak. Anashundagina bolalar atrof muhitga, tabiatga va jamiyatga nisbatan faol shaxs bo’lib voyaga yetadilar. Bolalarni atrofimizdagi olam va tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’lishini, go’zalligini taminlash uchun ularning psixologik xususiyatlarini inobatga olib zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish kerak.
Umumiy xulosa.
Mazkur kurs ishi bolalarda atrofimizdagi olam mashg’ulotlarida nafosat tarbiyasini shakllantiriga qaratilgan bo’lib, unda asosan nafosat tarbiyasini o’rgatish tizimiga qaratildi.
Bolalarda nafosat tarbiyasini atrofimizdagi olam mashg’ulotlarida shakllanganligi, milliy pedagogikamizda nafosat tarbiyasi xalqimiz ongiga chuqur singdirilganligi yoritildi. Shunga asosan bolalar odobnoma mashg’ulotlarida nafosat tarbiyasini singdirishda qanday tarzda foydalanish mumkinligi alohida tadbiq etildi.
Mazkur ishning birinchi bobida bolalarda nafosat tarbiyasi va uning asoslariga yo’naltirilganlligi sababli yoshlarni tarbiyalashda jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy muammolarini bir-biridan ajratmagan holda, ulardan birortasini ham oldinma-keyin qo’ymasdan hal etish va unda milliy qadriyatlar, ularning ko’rinishlari, ma’naviyat, ma’rifat, pedagogika, psixologiya kabi ta’riflarga to’xtalishga va ularni o’rganishga to’g’ri keldi. Ushbu ishni bajarish jarayonida nafosat tarbiyasini yoshlar ongiga singdirish muammosi bilan shug’illangan bir qator faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning izlanishlari kuzatildi.
Kurs ishining ikkinchi bobi asosan bolalarda nafosat tarbiyasini singdirish texnologiyalarini o’rgatishda qo’llanilishi ko’zda tutilayotgan interfaol metodlar, axborot va telekomunikasiya vositalarining imkoniyatlariga qaratildi.
Bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirishda yoshlarni manan yetuk qilib tarbiyalash ko’p jixatdan bolalar o’qituvchisiga bog’liq bo’lganligi bois ham ularni, ya’ni bolalarni ta’lim muassasalariga tayyorlashda aynan nimalarga e’tibor qaratishga to’xtalib o’tildi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling