I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati
Download 0.67 Mb.
|
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofasi tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotdir.
O’rta Osiyo xalqining eng qadimgi «Avesto» diniy kitobining og’zaki vujudga kela boshlashi natijasida, ya’ni miloddan 3000 yillar muqaddam shakllanib kelgan G’arb va jahondagi boshqa mamlakatlarda yashovchi xalqlar ma’naviyatiga zid o’laroq uyat, andisha, sharm-hayo, ibo, or-nomus, iffat, g’urur, izzat-nafs, qadr, insonparvarlik, muruvvat kabi axloq me’yorlariga asoslangan insonning ruhiy, axloqiy qiyofasi bo’lib, shular asosida tashkil topgan urf-odatlar, milliy an’analar va turmush kechirish tarzi hisoblandi. Bolalarning ma’naviyati uning odobi, xulqi madaniyatidan tashkil etadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, estetik, xuquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Ma’naviyat inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy ruxiy intiliktual fikrlar majmuasidir. O’quvchi inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning tarbiyasi odob, axloq, manaviyat madaniyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb nomlanganligini o’zi ham yoshlarga e’tiborini bildiradi. Jimoniy tarbiyaga e’tiborni kuchayganlini maktablar orasida “Umid nihollari”, kollej va litsiy talabalari ishtirokida “Barkamol avlod”, oliygoh talabalari o’rtasida “Unversiyada” sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam ravishda o’tkazib kelinayotganligida, yoki sportning ko’plab turlari bo’yicha O’zbeksitondan olimpiada va jaxon chempionlari yetishib chiqib O’zbekiston nomini butun dunyoga tanitayotganida ham ko’rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda, ayrim oilaviy musobaqalarni o’tkazib borish ham yo’lga qo’yilib borilmoqda. Jismoniy tarbiya yosh avlodni estetik, nafosat, go’zallik jixatidan taraqiy ettirshda muhim vosita hisoblanadi. Yirik allomalarimizdan biri Ibn Sino birinchi bo’lib jismoniy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatidan bir butun tizimni yaratdi. Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jixatdan asoslab bergan. Bu nafosat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya, shaxsning me’yoriy jismoniy taraqiyotini ta’minlaydi, salomatlikni mustaxkamlaydi, yoshlarni mehnatga, turmishga tayyorlaydi. Ma’naviyat rivoji ma’lum xalq va millat faoliyati tarixi bilan bevosita bog’liq bo’lib, bir tomondan, milliylik xarakteriga egadir. Ikkinchi tomondan esa jamiyatdan ajralgan holda, alohida millat va xalqlarning mavjud bo’la olmasligi sababli, butun insoniyatga xos bo’lgan umuminsoniy jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi Ma’naviyatda milliylik biron millatning o’tmishi, kelajagi, tabiiy tarixiy rivoji, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, tili u vujudga kelgan hudud va boshqalar bilan uzviy bog’langandir. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling