I bob. Boshlang‘ich shinf o‘qish darslarida xalqaro baholash dasturiga tayyorlashning metodik asoslari…


Mavzu: Alisherning yoshligi. Oybek


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1392400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu

Mavzu: Alisherning yoshligi. Oybek.
1. 
Hikoya qanday voqea bilan boshlanadi? 
A. 
Alisherning onasi oldiga yugurib borishi bilan. 
B. 
G‘iyosidan Kichkina bilan bekning suhbati bilan. 
C. 
Alisherning otasi oldiga yugurib borishi bilan. 
D. 
G‘iyosiddin Kichkinaning duosi bilan. 
2. 
Alisherning otasining ismi kim? 
A. 
G‘iyosidan Kichkina 
B. 
G‘iyosiddin Bek 
C. 
Salohiddin Kichkina 
D. 
Gulbegim 
3. 
Bekning Alisher haqidagi fikrlarini yozing.

________________________________________________________________ 


20 
_____________________________________________________________ 
4. 
Otasining Alisher haqidagi fikrlarini yozing.

_______________________________________________________________ 
Ertak xalq ogzaki ijodida eng keng tarqalgan janr bolib, ularda kishilar 
hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. 
Ertaklarning kopida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qoshilib ketadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ertak bilan amaliy tanishtiriladi. Ertakning otkir 
maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun 
qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning 
goyaviy yonalishi, undagi ezgu kuchning yaxshilikning doimo galaba qilishi 
bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so‘z 
va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilining tasirchanligi, 
ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda 
qatnashuvchilar kopincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bolgan 
yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bolinadi. Ertakning pedagogik qimmati shundan 
iboratki, bolalar unda to‘g‘rilik, halollik galaba qilganidan, kishilar qiyinchilikdan 
qutulganidan, yani yaxshilik, ezgulik royobga chiqqanidan va yomonlik, yo‘zuvlik 
mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday 
bolishini istaydilar. Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama 
qilib baholash konikmasini ostiradi.
O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida kishilardagi qanday sifatlar sizga 
yoqadi? Nima uchun? ...nima uchun jazolanadi (yoki ragbatlantiriladi)? Nima 
uchun ertakdagi bazi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi, 
bazilaridan esa, aksincha, yuz ogiradi? kabi savollarga javob berish uchun 
oylaydilar, ertak qahramonlarining xatti-harakatini muhokama qilib, uni 
baholashga o‘rganadilar. Masalan, “Ur toqmoq” ertagidagi asosiy fikr yaxshilikka-
yaxshilik 
qaytishi, 
yovuzlik 
qoralanishini 
ifodalashdan 
iborat bo‘lsa, 
“Donishmand” ertagida ahillikka undashdan iborat. Ertakda halq o‘z hayotini o‘zi 


21 
hikoya qiladi, shuning uchun o‘quvchilar ertakni o‘qish bilan malum davrdagi xalq 
hayotini, oylari va orzu-istaklarini bilib oladilar. Ertak oquvilar nutqini ostirishda 
ham katta ahamiyatga ega. Ertak matni boglanishli nutqni ostirish uchun zarur 
material beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakni juda qiziqib, obrazli ifodalarni 
va tasviriy vositalarni, shuningdek, ertakning o‘ziga xos sintaktik qurilishini, gap 
tuzilishini saqlagan holda jonli aytib beradilar. Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar 
haqidagi ertaklar koproq o‘qitiladi. Anvar Obidjonning “Borining tabib bolgani 
haqida ertak”, “Ko‘zacha bilan Tulki”, “Olapar, Mosh, Musicha” kabi ertaklar 
aniq-hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Matn bilan ishlashda 
tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari savol tuzib, javob 
berishlari, so‘z bilan grafik rasm chizish, plan tuzish, qayta hikoyalash, ertak aytish 
kabi ish turlaridan foydalaniladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar 
haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Tuz haqi”, “Ovchi, Kokcha va Dono”, 
“Ilm afzal” kabi ertaklarni ham o‘qiydilar. O‘quvchilarni bunday ertaklarni 
o‘qishga tayyorlash ilmiy-ommabop tekstlarni o‘qishga tayyorlash kabi boladi 
(kuzatish, ekstadqiqotiya, fan darslari), ertakni o‘qish va tahlil qilish badiiy hikoya 
tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning 
xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bolgan 
munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar 
chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertak qismlarini rollarga bolib o‘qiydilar.
Bundan tashqari, bolalar 4-sinfda “Davlat” ertagini o‘qiydilar. Ertakda fantastika 
bolganligi uchun o‘quvchilarni ertakni o‘qishga taxminiy tayyorlashni talab qiladi. 
Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliq dunyoni 
qanday tasavvur etishlari haqida suhbat otkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy 
obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri 
tushunishga yordam beradi. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina 
emas, balki uni aytib berishga orgatish ham muhimdir. Ertak aytish ogzaki nutqni 
ostiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan bo‘yitadi, ona tiliga 
muhabbatni tarbiyalaydi. 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga orgatish 


22 
uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bolmasa) 
o‘qituvchi aytib berishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o‘qish darsining qurilishi 
quyidagicha bolishi mumkin:
1) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
2) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi;
3) ertakni o‘quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida 
qisqacha suhbat otkazish;
4) ertakni qismlarga bolib o‘qish va tahlil qilish, undan ayrim tasviriy 
vositalar, sinonim so‘zlarni topish, ayrim so‘zlar manosini tushuntirish;
5) ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
6) ertakni aytish;
7) umumlashtiruvchi suhbat (ertak goyasini ochish);
8) malum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish;
9) vazifani tekshirish va yakunlash; (Nima uchun ertakni qiziqib o‘qidik?)
10) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o‘qib (yoki aytib) 
berishga tayyorlanish.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida istalgan matn turida PIRLS 
topshiriqlaridan foydalanish mumkin. Quyida axborot matnidan foydalanib, 
o‘quvchilarning PIRLS topshiriqlariga tayyorgarlik jarayonini aniqlashga yordam 
beradigan topshiriqlar tizimini yaratamiz. 
Bugungi kunda ta’lim usuli koproq induktivdir. Shuning uchun darsda faol 
ishlovchi o‘quvchining o‘zidir. Quyida 4-sinf ertak matni ustida ishlashda PIRLS 
topshiriqlaridan namuna keltirildi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling