I bob. Boshlang‘ich shinf o‘qish darslarida xalqaro baholash dasturiga tayyorlashning metodik asoslari…


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1392400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu

 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
II BOB

O'QISH DARSLARIDA O'QUVCHILAR BILIMINI 
BAHOLASHDA XALQARO TIZIMLARINI TABDIQ ETISH 
METODIKASI 
4-sinf o‘qish fanida badiiy matnlar ustida ishlashda PIRLS topshiriqlaridan 
foydalanish metodikasi 
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, sher, ertak, masal, 
doston, rivoyat, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o‘rganiladi. Bulardan 
tashqari, ilmiyommabop maqolalar ham o‘qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar 
qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o‘ziga xos hususiyatlarga ega bolib, 
o‘quvchilarga tasiri ham har xil boladi. Shunga kora, turli janrdagi badiiy asarlarni 
o‘qishda o‘qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi. Hikoya kichik hajmli 
badiiy asar bolib, unda kishi hayotidagi malum bir voqea hayotning muhim 
tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya kopincha kishi hayotida bolgan bir 
epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”. Hikoya 
mazmunan boshlang‘ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi 
o‘quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi korinishi, portret tasviri, voqea-
hodisalar haqidagi hikoyalar koproq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy 
asar turi bolgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga boglab olib 
boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bagishlangan izohli o‘qish 
darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lugat ustida ishlash, o‘qilgan matnni 
qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, 
savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-
harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan boladi. 
Soroqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, 
mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat ortasidagi 
boglanishlarni aniqlash umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish 
darsida o‘quvchilar manosini tushunmaydigan so‘z va iboralar manosini 


18 
tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. 
So‘z manosini tushuntirishga kop vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng 
zarur bolgan so‘zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi. Hikoyani o‘qishda 
hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini ostirish markaziy 
orin egallaydi. Hikoya o‘qilgach, o‘quvchilar oylashi, o‘z mulohazalarini aytishi 
uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan 
dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqanyoqmagani, undagi qaysi 
qahramonning xarakteri bolaga tasir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya 
qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya xarakterini 
tushunishga, nihoyat, asarning asosiy goyasini bilib olishga yordam beradigan 
savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni toliq tushuntirishga 
berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish 
kabi ish turlari etibordan chetda qolmasligi lo‘zim. Savollarni, odatda, o‘qituvchi 
beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish 
yuzasidan o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda 
yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, mazmun va 
voqealar orasidagi boglanishni toliq esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam 
beradi. Hikoyani o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishlari, unda ilgari surilgan goyani 
bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o‘qish, savollarga javob 
berish, hikoya qismiga o‘zlari savol tuzishi, so‘z bilan va grafik rasm chizish, reja 
tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o‘qishga tayyorlanish kabi 
ish turlaridan foydalaniladi.
Kichik badiiy hikoyani izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagi reja 
varianti sxemasi etiborga olinadi:
1) hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, 
davrga qisqa xarakteristika...);
2) hikoyani (toliq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o‘qituvchi yoki 
oldindan tayyorlangan o‘quvchining ifodali o‘qishi;


19 
3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, 
shaxslar va voqealar ortasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);
4) hikoyani qayta o‘qish (hikoyani qismlarga bolish, o‘quvchilarga o‘qitish, 
ayrim so‘zlar manosini tushuntirish);
5) hikoyaning har bir bolimi yuzasidan suhbat otkazish va sarlavha topish;
6) hikoyaning ayrim bolimlarini ifodali o‘qish;
7) reja asosida qayta hikoyalash;
8) hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki 
uyda);
9) hikoyani ifodali o‘qish va ifodali qayta hikoyalash.
Bu hikoyani o‘qish darsi rejasining varianti bolib, o‘zgarishi ham mumkin. 
Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o‘qish darsida uning 
mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar 
misolida o‘quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik tasiri ham ko‘zda tutiladi va 
ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi. Quyida 4-sinf [19] hikoya 
matni ustida ishlashda PIRLS topshiriqlaridan namuna keltirildi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling