I bob gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi
O‘zbekistonda xotin-qizlarni e’zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanishining ahamiyati
Download 78.56 Kb.
|
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida gender tengligiga
8. O‘zbekistonda xotin-qizlarni e’zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanishining ahamiyati .Dunyo hamjamiyati xotin-qizlarning insoniyat taraqqiyotida o‘rnini to‘g‘ri anglagan holda xalqaro mexanizmlarni yaratishga ham harakat qilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yil 18-dekabrda “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi konvensiyaning qabul qilingani fikrimizning dalilidir. Mazkur konvensiya xotin–qizlar va erkaklarning amaldagi tengligiga erishish, ya’ni gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar tomonidan o‘z huquqlaridan amalda foydalanish masalalariga bog‘liq bo‘lgan muammolarni aniq-ravshan belgilagan asosiy hujjatdir. Konvensiyada belgilangan muammolar ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Unda turli shaklda namoyon bo‘ladigan kamsitishlarga barham berish muammolarining dolzarbligi aniqlab berilishi bilan birga, xotinqizlarning teng huquqli inson sifatida mavqeyini oshirish, uning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy huquqlari, erkak bilan teng huquqligi, onalik layoqati bilan bog‘liq muhim qoidalar aks ettirilgan. Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish orqali mustahkam huquqiy asoslar yaratilmoqda. Xotin-qizlarning erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lishining, onalik va bolalik bilan bog‘liq davlat siyosati yuritilayotgani, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeyini kuchaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan institutsional tizimi bu vakillik hokimiyatidir. Vakillik hokimiyatining barcha darajadagi deputatlari vazifasi iqtisodiy o‘sishni inson taraqqiyoti bilan bog‘lash, ularning uzviyligini ta’minlashdan iborat. Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarning parlamentdagi a’zoligi keyingi yillarda 2 barobarga ortgani xalqaro minbardan ta’kidlangani ham bejizga emas. Bugungi kunda mamalakatimizda gender tenglik bo‘yicha institutsional asoslar ham kengaytirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil qilindi. Haqiqatan ham, mamlakatimizning 49 foizini xotin-qizlar, ularning qariyb 64 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar tashkil etar ekan, albatta, bu yo‘nalishda alohida davlat siyosati olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek, ayollar huquqiy madaniyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda qator amaliy ishlar olib borildi. Xalqaro doirada gender masalalariga qanday e’tibor qaratilayotganiga nazar tashlasak, dunyoda gender tengligini ta’minlashda haligacha qator muammolar borligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra har 10 ishlovchi erkak kishiga 6 ta ishlovchi ayol to‘g‘ri kelar ekan. 2019-yilning 24-sentabr kuni o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ham tashkilotning ayollar qanoti gender tenglik, mamlakatlarning barqaror taraqqiyotiga erishish yo‘lida ayollar uchun ham munosib huquq va erkinliklar ta’minlanishi masalalarini bejizga yoritmadi. Gender tenglik bugun ijtimoiy munosabatlarimizda jamiyat rivoji uchun muhim va dolzarb ahamiyatga egaligini kuzatishimiz mumkin. Bugun qonunchiligimizda boshqaruvda, ijtimoiy hayotda va oilada ayollarning faolligini oshirishga qaratilgan katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda jamiyat ham o‘zgarib boraveradi. Bu holatda inson va zamon bir-biri bilan hamnafas bo‘lishga harakat qiladi. Demakki, hamnafaslik qaysi sohada bo‘lmasin ayollarni ham chetlab o‘tishi kerak emas. Ayollar senator, hokim, deputat, murabbiy, shifokor, rahbar lavozimlarida erkaklar bilan bir safda turib faoliyat yuritishlari, tadbirkorlik qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar barchasi mamlakatimizda ularning rivojlanishlari uchun yaratilib berilayotgan sharoitlar mahsulidir. Ayol-mehr va muhabbat timsoli, ayol-baxtning debochasidir. Xotinqizlarni e’zozlash ularga e’tibor ko‘rsatish, gender tengligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ammo eng asosiysi, bu jarayonga har birimiz ongli ravishda kirib borishimiz, ayolni e’zozlashimiz va ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatib yashaydigan jamiyat qurishga hissa qo‘shishim zarur. Shu borada ayollarga berilgan imkoniyatlar: • Mehnat munosabatlari bo‘yicha imtiyozlar; o ayollar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati va ular mehnatining cheklanishi; o axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha imtiyoz; o ayollarga yillik ta’tillarni berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar; o homilador va bolali ayollarni yеngilroq ishga o‘tkazish; o bola parvarishi uchun ta’tillar; • Jinoiy javobgarlik bo‘yicha imtiyozlar: o ayollarga nisbatan jinoiy jazolarni qo‘llashdagi cheklovlar; • Boshqa sohalar bo‘yicha imtiyozlar: o mahallalarda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish; o uy-joyga muhtoj xotin-qizlar arzon uy-joylar berish tartibi; o xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishda qo‘shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar; o xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berilishi; o tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarni himoya orderi olish tartibi G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi kuchli raqobat oqibatida boshqaruv uslubida sezilarli o‘zgarish sodir bo‘ldi. Ilgari o‘zgaruvchan sharoitga tezda moslashuvchi menejerni muvaffaqiyatli menejer deb hisoblashgan bo‘lsa, hozirda yaxshi menejer deganda nafaqat o‘zgaruvchan sharoitga tezda moslashuvchi, balki ta’lim muassasasi uchun innovatsiyalarni kiritadigan va uni egallaydigan mutaxassis tushuniladi. Shu sababli, menejer oldiga quyilgan vazifa dastlab xohishni imkoniyatga, so‘ngra imkoniyatni haqiqatga aylantirishdir. Jamiyat taraqqiyoti bir yеrda qotib turmaydi. Avvallari ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi kerak, degan fikrlar mavjud edi. Endilikda esa jamiyat ishlarida ayollarning keng ishtirokiga hech kim taajjub bilan qaramaydigan bo‘lib qoldi. Masalan, siyosatga aralashib qolgan erkakning rafiqasi ham turmush o‘rtog‘i bilan birga turli tadbirlarda ishtirok etar ekan, o‘zi bilmagan holda siyosatga kirib qoladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish bilan bir qatorda siyosatda o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi. Rivojlanishning eng o‘tkir muammolaridan biri tenglikka erishishdir. Biroq rivojlanish amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlar ko‘pincha rivojlanish jarayonidan chetda qoladi va hatto unda ishtirok etgan taqdirda ham rivojlanish loyihalarini natijalari erkaklar va xotin-qizlarga turlicha ta’sir ko‘rsatgan. Erkak va ayollarning xatti-harakati ijtimoiy va madaniy xarakteristikalarini aniqroq farqlash uchun gender atamasi qabul qilingan. Gender (inglizcha gender – “zot” ) jins tushunchasini fizologik voqelik jarayoni bo‘lgan ijtimoiy konstruksiya sifatida belgilaydi. “Gender” tushunchasining kiritilishi shuni anglashga yordam beradiki, jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollarini ijtimoiy jihatdan farqlaydi va belgilaydi. Gender tengligi ayollar va erkaklar, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun teng huquq, mas’uliyat, imkoniyat, qadriyat va natijalardir. Gender tengligi faqat ayollarga taalluqli masala bo‘lmasdan, u erkaklar huquq va majburiyatlarini ham anglatadi. Chunki jamiyat har ikki jinsdan gender normalari va standartlariga muvofiq harakat qilishni kutadi. Tenglik ayollar va erkaklar bir xil bo‘lib qolishini bildirmaydi. Lekin ularning huquqlari, mas’uliyati va tengligi o‘zlari qiz yoki o‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilganlariga bog‘liqdir. Gender tengligi ayollarning ham, erkaklarning ham manfaatlari, ehtiyojlari va ustuvorliklari hisobga olinganini ko‘rsatadi. So‘nggi 10 yilda mehnat qilayotgan ayollar soni chorak milliardga ko‘paygan bo‘lishiga qaramaay, mavjud muammolarni to‘laligicha bartaraf etish uchun kamida 170 yil kerak bo‘lishi aytiladi. Tadqiqotda xotin-qizlar uyda bajaradigan kundalik yumushlar ham inobatga olingan. Shunga qaramay, erkaklar haq to‘lanadigan ishning 39 foizinigina bajarishlari oydinlashdi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, Hindiston, Portugaliya va Estoniyada xotin-qizlar bir yilda erkaklar bilan solishtirganda 50 kun ko‘p ishlashi ma’lum bo‘ldi. Biroq buni teskarisi kuzatiladigan mamlakatlar ham bor. Masalan, Yaponiya va Niderlandiyada ayollarning uyda ishlashlari inobatga olingan taqdirda ham erkaklar 30 daqiqa ulardan ko‘proq ishlar ekan. Buyuk Britaniyadagi moliviy tadqiqotlar Instituti e’lon qilgan hisobotga qaraganda, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq maosh olar ekan. Biroq bu raqamlarga shubha bilan qarovchilar ham bor. Chunki ish beruvchilar erkak va ayollarga teppa teng maosh berilishini aytishadi.21 Bu yеrda kim qancha vaqt ishlashi va qanday ishlarni bajarishi haqida ketmoqda. Ya’ni erkaklar yarim asr, avval bo‘lganidek, hozir ham rahbarlik lavozimlarida, ayollar esa oddiy xodim sifatida ishlamoqda. Bu o‘z-o‘zidan maoshlarda tafovut bo‘lishiga olib keladi. Ishlayotgan ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqni tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘rtacha maosh bo‘yicha erkaklarniki ko‘proq bo‘lib chiqadi. Ayollar kam maosh to‘lanadigan ishlarda faoliyat yuritishadi. Bu borada milliy an’analar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi global zamonda ayollarning o‘rniga yеtarlicha baho berish juda ham zarur. Chunki ayollardagi ish qobiliyati, energiya mamlakatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixda ayollarning hokimiyatda bo‘lishi bilan bog‘liq hodisalarga alohida e’tibor qaratish kerak. “Nozik jins” vakillari murakkabliklar va muamolarni hal qilishda erkaklardan qolishmagan holda harakat qilganlariga tarix guvoh. Ayollarning siyosat va boshqaruvdagi roli ortib bormoqda. Davlat tashkilotlari, jamoat xizmatlarida ayollar keng faoliyat yuritmoqda. Jahon mamlakatlarida hukumat darajasida ayollarga ko‘p hollarda Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Ijtimoiy ta’minot vazirliklari ishonib topshiriladi. “Ayollar masalasi”ni ayollardan boshqa kim ham hal qila oladi? 2005-yildan boshlab gender tengligi masalasida Shri-Lanka, Mali, Xorvatiya, Makedoniya va Tunisda bir qator yutuqlarga erishildi. Tadqiqot natijalariga qaraganda, go‘zal jins vakillari ish o‘rinlaridan ayrilib qolishdan hadiksiragan holda ishlashar ekan. Ayol jamiyat gultoji, mehr va muhabbat timsolidir. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda xotin-qizlarini e’zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu maqsadda xotin-qizlar manfaatini ifodalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ayollarga ko‘plab ijtimoiy imtiyozlar berildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli ayollarimiz bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat va jamiyatda kechayotgan hayotbaxsh o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylandilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling