I bob gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi


Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari


Download 78.56 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1507597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida gender tengligiga

Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Gender tenglik tushunchasining mazmuni, gender tenglik bo‘yicha dunyoda va O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, jahonda gender tenglik bo‘yicha qabul qilingan xalqaro hujjatlar va milliy va xalqaro hujjatlarning qiyosiy tahlilini o‘rganish, ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarni sabablarini o‘rganish, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha takliflar berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Mamlakatimizda gender tenglikka erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar va xorijiy tajribalar, bu borada amaliyotda uchrab turgan muammoli holatlar, bu sohani tartibga solish bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar va ular yechimining majmui bitiruv malakaviy ishining obyektni tashkil etadi
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O’zbekistonda gender tenglikka erishish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning ilmiy-amaliy ishlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan sohaga oid materiallar hamda boshqa manbalar bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil qiladi.

I BOB. Gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi

1. Zamonaviy dunyoda gender tenglik siyosati.


Bugungi kunda gender tenglik BMT, PI(Parlamentlararo Ittifoq), boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilot va tuzilmalar, davlatlar siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Chunki bu inson qadri, erkinliklari va manfaatlarini kafolatlash, global miqyosda va davlatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash, tinchlik va xotirjamlikni o‘rnatishning asosiy talablari hamda zaruriy shartlaridan hisoblanadi.
Ushbu sohada birgina BMT doirasida qator xalqaro shartnomalar, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlar, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi kabi o‘nlab xalqaro hujjat qabul qilingan. Ular gender tenglik va adolat tamoyillarini o‘zida aks ettirishi, o‘zaro bog‘liqligi, bir-birini taqozo etishi va to‘ldirishi hamda hayotiyligi bilan ajralib turadi.  Erkaklar va xotin-qizlar huquqlarini to‘la amalga oshirishni ta’minlaydigan, gender tenglikka asoslangan konstitutsiyani ishlab chiqish gender tengsizlikni bartaraf etishga yordam beradi hamda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilishga huquqiy asos yaratadi. Parlamentlararo ittifoq tomonidan 2012-yilda qabul qilingan “Genderga nisbatan sezuvchan parlamentlar uchun harakatlar rejasi”ning hayotga tatbiq etilayotgani mamlakatlarda va global miqyosda gender siyosatni rivojlantirish va gender tenglikka erishishga xizmat qilmoqda. Hali-hanuz dunyoda biror mamlakat gender masalalarni to‘la hal qilgan, deb bo‘lmaydi. Shuning uchun PIning 145-assambleyasi asosiy hujjati bo‘lmish  Kigali rezolyusiyasida ta’kidlanganidek, dunyo mamlakatlari darajasida va global miqyosda gender siyosatni rivojlantirish, “genderga nisbatan adolatli va gender siyosatni qo‘llab-quvvatlovchi jamiyatni shakllantirish”, qarorlar qabul qilishda siyosiy institutlar tomonidan ayollar xizmat qiladigan tashkilotlarda xotin-qizlarning ovozlarini inobatga olishni ta’minlashda gender sezuvchan parlamentlar ishini yo‘lga qo‘yish va ularni baholashda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan,

  • gender masalalarni inobatga olgan holda parlament tuzilmalarini takomillashtirish;

  • parlamentda “gender madaniyat”ni shakllantirish, “gender sezuvchanlikni” tushunish, uni parlament faoliyatining asosiy tamoyillariga aylantirish va amaliyotda qo‘llay bilish;

  • jamiyat va davlat hayotida gender tenglikni ta’minlash strategiyasini rivojlantirish, gender masalalarni inobatga oluvchi byudjetni shakllantirish va gender auditini amalga oshirish;

  • jamiyatdagi gender tenglikka nisbatan munosabatni doimiy monitoring qilish, o‘rganib borish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirish va tavsiyalar tayyorlash;

  • gender tenglik siyosatining hayotga tatbiq etilish holati va xotin-qizlarning davlat boshqaruvi organlaridagi vakilligi va ishtirokini ta’minlash alohida ahamiyatga egaligini ko‘rsatmoqda.3

Gender tenglikning huquqiy rivojiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu borada 1948 -yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan umuminsoniy tamoyillarni alohida e'tirof etish joiz. Unda erkak va ayollarning tengligi alohida e'tirof etilgan bo'lib, deklaratsiyaning 1-moddasida “Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lish­lari kerak”, deya ta'rif berilgan. BMT tomonidan 1966- yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat - Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-moddasida “Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Pakt­da ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi”, deb ta'kidlangan.4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettiramiz”, – deb ta’kidladi. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi. Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini hamda yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi har beshinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘rovonlikka uchraydi. Yevropadagi ayollarning 20% dan 50% gacha qismi oilaviy zo‘rovonlikdan qiynalishadi. Iqtisodiy tenglikda ham, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarining 50% i xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqariladi, ammo ayollarning 1% xususiy mulk egasidir. Dunyo aholisining qashshoq qismining 70% i ayollarga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha bir xil qiymatdagi ish uchun teng ish haqi to‘lash masalasi diqqat markazda turibdi. “18-sentabr Xalqaro teng ish haqi kuni” barcha manfaatdor tomonlarning teng qiymatdagi ish uchun teng haq olish bo‘yicha sa’y-harakatlari olib borilmoqda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari va kamsitishning barcha ko‘rinishlariga, jumladan, ayollar va ayollarga nisbatan kamsitishlarga qarshi kurashish choralari ko‘rilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jumladan, BMT Ayollar va Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) a’zo davlatlar va fuqarolik jamiyati, ayollar va jamoat tashkilotlari, feministik guruhlar va korxonalarni teng qiymatdagi ishi uchun teng haq to‘lashni va ayollar hamda qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga chaqiradi. Suqrot shaxs erkinligi va ozodligi, inson va fuqarolar huquqi haqidagi g‘oyalari bilan yoshlar ongini zaharlashda ayblanib o‘limga mahkum etilgan. Falsafaning otasi Platon ham o‘z buyuk safdoshlari g‘oyalariga sodiqligini namoyish etgan holda “Ideal davlat” asarida bu qarashlarni yoqlab chiqqan. Platon erkak va ayol tabiati o‘rtasidagi farq nisbiy va faqat reproduktiv sohaga taalluqli degan xulosaga keladi. Ayol o‘z xohishiga ko‘ra kasblarni tanlashi mumkin: musiqa, falsafa yoki boshqa kasblar, shu jumladan, harbiy ishlarni ham. Platon asarida “Ayolni ushbu qiyin va mas’uliyatli vazifani bajarishga qodir deb hisoblash mumkinmi? Insoniyatning ayol qismi barcha masalalarda erkaklar bilan bir qatorda ishtirok eta oladimi?” – degan savollarni o‘rtaga tashlaydi. Platon o‘z davrida an’ana, urf-odatlarning kuchli va uzoq muddatli ta’siri natijasida “sho‘rva pishirish” va “enagalik qilish”ga mahkum bo‘lgan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga oid ushbu haqiqatni tasvirlab, muammoning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Rim davlat arbobi va huquqshunosi Emiliy Papinian ayollarning jamiyatdagi mavqeyi to‘g‘risida yozadi: “Qonunchiligimizning umumiy qoidalariga ko‘ra, ayollarning mavqeyi erkaklarnikidan yomonroqdir”. Ayol erkin bo‘lsa ham, fuqarolik huquqlariga ega emas edi. Masalan, u armiyada xizmat qila olmagan, yig‘ilishlarda ovoz berolmagan, davlat lavozimiga saylana olmagan, sudya yoki prokuror bo‘la olmagan, uchinchi tomonning advokati sifatida sud jarayonini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmagan. “Amerikada demokratiya” asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi Aleksis de Tokvil shunday degan: “Ba’zilar erkak va ayolning nafaqat tengligi, balki yaxlit ekanini ta’kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni beribgina qolmay, ularning zimmasiga bir xil majburiyatlarni ham yuklaydilar. Ular erkak va ayolning bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni va kuchli ayollarni paydo qiladi”
Zero, BMTning “Vena deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi”ning 18-bandida qayd etilganidek, “ayollar va qizlarning huquqlari umumiy inson huquqlarining tarkibiy va bo‘linmas qismidir”. Hozirgi vaqtda ayollar huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq 80 dan ortiq umumjahon va mintaqaviy konvensiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur hujjatlar qatnashchi davlatlar uchun majburiy norma hisoblanadi. XX asrga kelib, inson huquqlari sohasidagi eng asosiy hujjat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyaning muqaddimasidayoq erkak va ayolning teng huquqliligiga alohida e’tibor qaratilgan. Albatta, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt ham Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt ham BMTning yarim asrdan ortiq tarixi davomida ayollar huquqlariga taalluqli bir qator xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar ham ayollar huquqlarini himoya qilishga xizmat qilish bilan birga milliy qonunchilik shakllanishida ustuvor qoidalar sifatida foydalanildi. Ammo tom ma’nodagi ayollar huquqlariga oid xalqaro standartlar shakllanishini olimlar aynan BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning har qanday shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya”si hamda “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi deklaratsiya”ning qabul qilinishi bilan bog‘laydilar. Biz mazkur yondashuvni qo‘llab-quvvatlaymiz hamda “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish to‘g‘risida”gi deklaratsiyani O‘zbekiston Respublikasi tomonidan siyosiy jihatdan qo‘llab quvvatlab, uning qoidalariga amal qilish maqsadga muvofiq, deymiz. Chunki “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi Konvensiya”ning samarali amalga oshirilishida ushbu Deklaratsiya jarayonni kuchaytiradi va to‘ldiradi, deb hisoblaymiz.5

Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling