I bob gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi


Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash “RESPECT” strategiyasi


Download 78.56 Kb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1507597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida gender tengligiga

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash “RESPECT” strategiyasi. O‘sib borayotgan puxta o‘ylangan baholashlar to‘plami ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun qanday samarali choralar ko‘rishini ochib beradi. 2019- yilda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti BMTning boshqa tashkilotlari ko‘magida ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha siyosat asosi boʻlgan RESPECT ayollar strategiyasini eʼlon qildi . RESPECT so‘zining har bir harfi yettita strategiyaning har biri nomining inglizchadagi birinchi harfidir: Relationship skills strengthening - Munosabatlar ko‘nikmalarini yaxshilash; Empowerment of women - Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish; Services ensured – Xizmat ko‘rsatishni ta’minlash; Poverty reduced – Qashshoqlikni kamaytirish; Enabling environments created – Qulay sharoitlar yaratish (maktabda, ishda, jamoat joylarida); Child and adolescent abuse prevented – Bolalar va o‘smirlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish; Transformed attitudes, beliefs and norms – Xulq-atvor, e’tiqod va me’yorlarning o‘zgarishi. Ushbu yetti strategiyaning har biri bir qator chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bularga: zo‘ravonlik qurbonlari uchun psixologik yordam va maslahatlar ko‘rsatish; ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish; naqd pul to‘lovlari; turmush o‘rtoqlarga muloqot qobiliyatlarini yaxshilash va oilaviy munosabatlarni saqlash bo‘yicha maslahat berish;gender tushunchalar va stereotiplarini o‘zgartirish maqsadida aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish; maktabda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan, qattiq jazolarni taqiqlovchi maktab dasturlari, gender stereotiplarini yengishga qaratilgan, tenglik va uyg‘unlikka asoslangan munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradigan o‘quv dasturlari va materiallarini yaratish; ayollar va erkaklar o‘rtasidagi gender tengsizlik muammolarini muhokama qilish uchun qo‘shma trening dasturlarida ayollar va erkaklarning ishtirokini ta’minlash kabilarni keltirish mumkin. Shuningdek, ushbu strategiyada muvaffaqiyatli va samarali dasturlar birinchi navbatda ayollar xavfsizligiga qaratilgan dasturlar ekanligi, ularning asosiy elementlari gender tengsizligini bartaraf etish hamda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi munosabatlar xarakterini o‘zgartirishga qaratilganligi, xotin-qizlar hayotining boshidan boshlab bir necha dasturlar orqali ularga nisbatan xavf omillarini oldini olishga qaratilganligi e’tiborga loyiq. Xullas, xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan barqaror o‘zgarishlarni taʼminlash uchun gender tengligini taʼminlovchi qonunchilikni takomillashtirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va zo‘ravonlik oqibatlarini bartaraf etish uchun resurslar ajratish hamda ayollar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari faoliyatiga sarmoya kiritish muhim hisoblanadi.6

Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling