I bob gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi
Gender munosabatlarini ilmiy o‘rganish dolzarb muammo sifatida
Download 78.56 Kb.
|
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida gender tengligiga
4. Gender munosabatlarini ilmiy o‘rganish dolzarb muammo sifatida.Gender xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi nafaqat shaxsiy va oilaviy darajadagi, balki jamiyatdagi munosabatlarni belgilovchi hamda ular tomonidan belgilanuvchi ijtimoiy model bo‘lib, xotin-qizlar va erkaklarning ijtimoiy rollariga muvofiq bajarishlarini ham nazorat qiladi. Psixologiya fanida erkaklar va xotin-qizlarning professional faoliyatdagi mavqelari, o‘ziga xos psixologik ta’sirlar doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Chunki inson qaysi jins vakili bo‘lmasin, o‘zgalar bilan birga faoliyat olib borish va ayniqsa, boshqarishda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishi fan va amaliyot uchun o‘ta dolzrabdir. Professional faoliyatda namoyon bo‘luvchi gender munosabatlar, olimlarning fikricha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ochiq yoki yashirin tarzda kechadigan segregatsiya va konvergensiya jarayonlari orqali tushuntiriladi. Segregatsiya “uzoqlashish” ma’nosini bildirib, jamiyatda odamlarning yoki muayyan ijtimoiy guruhlarning biror-bir belgi jihatidan (masalan, jins, irq, ijtimoiy kelib chiqish kabi) tafovutlanishlarini tushuntiruvchi hodisadir. Bu esa erkak va ayolning jamiyatdagi ijtimoiy o‘rni, nufuzi, ular mashg‘ul bo‘ladigan faoliyat turlari, bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Bunday uzoqlashtirish, odatda, muayyan ijtimoiy normalar, xulq-atvor stereotiplari, ba’zan ayrim ramziy belgilar (yurish-turish, kiyim-kechak, taqiqlar, odat va an’analar va boshqalar) ham kirib, bunday tafovutlashuv yosh, antropologik tipga oid, milliy-etnik ko‘rinishda ham bo‘ladi. Segregatsiyadan farqli konvergensiya – shaxslararo munosabatlar tizimida muomalaning tig‘izligi yoki uning yеtishmasligi oqibatida fikr, o‘y, maqsad va maslaklarning biriga birining uyg‘unlashishini izohlovchi holatdir. Masalan, gender munosabatlarida jinsiy tafovutlarning umumiylashib ketishi, ularning anglanmasligi, bir sifatning boshqa sifat bilan qo‘shilib ketishidir. Ya’ni o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalarning yillar davomida birga o‘qishlari, sport bilan shug‘ullanishi, keyinchalik erkaklar bilan xotin-qizlarning birgalikda faoliyat yuritishlari konvergensiyaning asosiy sabablaridandir. Bunday holatlar ayrim sharoitlarda jinslararo munosabatlarning o‘ta iliq, samimiy, do‘stona bo‘lishini ta’minlasa, boshqa bir sharoitda, aksincha, o‘zaro dushmanlarday munosabatda bo‘lishlarini ta’minlaydi. Masalan, oxirgi yillarda ayollarning shaxsiy avtomobilni boshqarish faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda aniq konvergensiyani kuzatishimiz mumkin. Gender psixologiyasining ilmiy o‘rganilishi xotin-qizlar ijtimoiy faolligining oshishi munosabati bilan aynan shu masalaga, ya’ni professional karyera sohasida xotin-qizlarning o‘ziga xos o‘rni va bu yo‘lda ular duch keladigan qiyinchiliklar, to‘siqlarning psixologik tabiatini o‘rganish, ularning boshqaruv faoliyatiga kirishib ketishlari va o‘zlarini namoyon eta olish qobiliyatlariga aloqador bo‘lgan ilmiy farazlarning isbotini ta’minladi. R.Kenter (olima ayol) “Erkaklar va ayollarning tashkilotdagi o‘rni” (“Men and women of the corporation”) nomli kitobida xotin-qizlarning ishlab chiqarishda, mehnat jamoasida o‘zini qanday tutishi va boshqaruv sohasiga intilishi ushbu jamoaning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi, deb ta’kidlab, tashkilotlarda faoliyat yuritadigan ayollarning ikki guruhini farqlaydi: 1) biror jins vakili mutlaq ko‘pchilikni tashkil etgan jamoa: masalan, ko‘proq xotin-qizlar ishlaydigan jamoada ular dominantlar deb ataladi; 2) xotin-qizlar tarkiban kamchilikni tashkil etadigan jamoadagi xotin-qizlar tokenlar (inglizcha token – simvol, ramz ma’nosini bildiradi) deb yuritiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, real ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tokenlar kamchilikni tashkil etsalar-da, ularning mavjudligini idrok qilish osonroq bo‘ladi va bu o‘rinda ularga nisbatan mavjud bo‘lgan barcha stereotiplar ishga tushadi, hattoki, agar rahbarlik lavozimiga ko‘tarilish uchun muayyan biror sifati ajralib, namoyon bo‘la boshlasa, bu sifatga boshqacharoq baho berish holatlari ko‘rinadi. Erkaklar jamoasida ayollar va rahbarlik organlaridagi xotin-qizlar aynan shunday tokenlar rolini bajaradi. R.Kenter o‘z izlanishlarida ana shunday tokenlarning norasmiy to‘rt tipini aniqlab bergan: 1) “ona” timsolidagilar: bundaylardan jamoadagilar ishchanlik, faollikni emas, balki har bir ishda ulardan emotsional qo‘llab-quvvatlashni kutishadi; 2) “o‘ziga rom etuvchi (erituvchi)” – bu o‘rinda token ayol boshqalar e’tiboriga sazovor bo‘lish orqali o‘zini namoyon etadi; 3) “tumor-munchoq” – juda yoqimtoy bo‘lib, unda ishchanlik xususiyatlari bo‘lmasa-da, jamoaga omad keltiruvchi shaxs sifatida ish olib boradi; “temir xonim” (железная леди) – bunday tokenlar ayollarga xos bo‘lmagan qattiqlik va talabchanlik xususiyatlariga egaligi sababli uni jamoa o‘zidan yiroq qilishga urinadi. Yuqorida keltirilgan tiplar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar, ayolga o‘z jamoasida munosib o‘rin egallashi, obro‘ orttirishi va xizmat lavozimlarida ko‘tarilishga ma’lum darajada xalaqit beradi. Olimlarning fikricha, bu holatni o‘zgartirishning yagona yo‘li – bu tokenlar sonini ko‘paytirish va rahbar ayollarga ishlash imkoniyatini berishdir. Biz boshqaruvchilikda gender xususiyatlarini aniqlash uchun psixologiyada keng qo‘llanadigan psixologik test vositasida rahbar bo‘la olishga nisbatan moyillik xususiyatlarini tadqiq etdik. Buning uchun tadqiqot obyekti sifatida umumta’lim maktablarining ayol va erkak rahbarlarini jalb etib, ularda “Rahbarlik imkoniyatini aniqlash” testini o‘tkazdik. Natijalarini tahlil etsak, boshqaruvchilik faoliyatida erkaklar va ayollarning aksariyat qismlari ikkinchi toifaga mos. Ularning talablari ancha yuqori, ko‘pincha o‘zlariga ishonib, o‘z “Men”ini ta’kidlashadi, hissiyotlarini boshqara olishadi, o‘z xatti-harakatini tahlil qilishadi, boshqalarni boshqarish zarurati alohida shaklga ega bo‘lmay qoladi, hamma vaqt boshqalarnikiga mos tushavermaydigan fikrga ega bo‘lsa-da, o‘zlariga boshqa odamlarni bog‘lab olishni yoqtirmaydilar va boshqalarga qiyinchilik bilan bo‘ysunadilar, ayni vaqtda o‘z so‘zlarini hamma vaqt oxirgi, hal qiluvchi bo‘lishini yoqtiradilar Shunday qilib, tadqiqotlar xotin-qizlar boshqaruvining samarali ekanligini isbot qiladi va bunda ayol tabiatiga xos bo‘lgan jihatlar muayyan ijobiy rol o‘ynashi o‘z isbotini topdi. Xotin-qizlarning boshqaruv va rahbarlik faoliyatida ularning individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish va ularga imkoniyat berish orqali turli sohalarda ularning samarali faoliyatini ta’minlashga erishish mumkin bo‘ladi. Demak, XXI asrdagi muhim muammo bo‘lib gender psixologiyasini ilmiy tadqiq etish bo‘lib, bunda insonning jinsidan qat’i nazar o‘z ichki imkoniyatlarini, qobiliyatini, salohiyatini jamiyatda to‘liq ro‘yobga chiqara olishining turli psixologik mexanizmlarini ko‘rsatib berish muhimdir. Bunday gender tadqiqotlarini olib borish orqali erkaklar va xotin-qizlarning oiladagi, ish joyidagi va butun jamiyatdagi mavqeyi madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyati o‘zgaradi, ya’ni butun jamiyat va mamlakat taraqqiy etadi. O‘zbekiston sharoitida rahbarlik vazifasini bajaruvchi xotin-qizlarning ijtimoiy psixologik maqomini tadqiq etgan holda menejment sohasida bilimdon qilib voyaga yеtkazish jamiyatda xotin-qizlarning munosib maqomini ta’minlaydi. Buning uchun ushbu jihatlarga ahamiyat berish maqsadli bo‘lishini keltiramiz: • xotin-qizlarning rahbarlik va boshqaruv sohalarida kompetentlilik darajalarini oshirish, ulardagi psixologik savodsizlikning oldini olish choralarini belgilash; • rahbar ayollardagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga bo‘lgan intilishlarini inobatga olib, ularni o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini rivojlantirishga turtki bo‘luvchi g‘oyalaridan o‘rinli foydalanish va istiqbolni yanada aniq ko‘rishga qaratilgan ijtimoiy psixologik treninglar majmuyini ishlab chiqish; • ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar muntazam o‘zgarib turgan bir vaziyatda rahbar ayollarning ijtimoiy psixologik muhofazasini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish; • xotin-qizlarning professional va boshqaruv faoliyatlarida muvaffaqiyatli ishlashlarini ta’minlovchi milliy dasturlar qabul qilish; • mehnat faoliyatining turli jabhalarida rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni ijtimoiy psixologik jihatdan tayyorlash va ular potensialidan oqilona foydalanish.11 Download 78.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling