I bob. Gologenlar haqida ma’lumot gologenlarning umumiy harakteristikasi 5
Download 1.47 Mb.
|
Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari-kurs ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya sharoitida
- Natriy xlorid
- Bariy xlorid BaCl
- Aluminiy xlorid AlCl
Vodorod xlorid — xlorning eng muhim birikmalaridan biri. Bu o‘tkir hidli rangsiz gaz. U bilan nafas olinganida nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi va bo‘g‘adi. Havodan 1,3 marta og‘ir. Nam havoda „tutaydi“, ya’ni havodagi suv bug‘lari bilan birikib, mayda tuman tomchilarini hosil qiladi.0 0C da bir hajm suvda 500 hajmga yaqin vodorod xlorid eriydi. Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi.
Laboratoriya sharoitida vodorod xlorid natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyasi natijasida olinadi. Bunda vodorod xlorid va nordon tuz (natriy gidrosulfat) hosil bo‘ladi. NaCl+H2SO4 =HCl↑+NaHSO4 Ilgari ko‘rsatib o‘tilganidek, vodorod xloridni vodorodni xlorda yondirish yo‘li bilan ham olish mumkin: H2 +Cl2 =2HCl Sanoatda xlorid kislota olish usullari ana shu reaksiyalarga asoslangan. NaCl bilan konsentrlangan H2SO4orasidagi o‘zaro ta’sir reaksiyasiga asoslangan usul sulfatli usul deyiladi, vodorodning xlorda yonish reaksiyasiga asoslangan usul sintetik usul deyiladi. Ikkala holda ham olingan vodorod xlorid maxsus yuttirish mino- ralarida suvga yuttiriladi.Gaz suvda ancha to‘liq erishi uchun gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi harakat qiladi (gaz pastdan yuqoriga, suv yuqoridan pastga). Xlorid kislota —rangsiz suyuqlik. Konsentrlangan HCl tarkibida 37% gacha vodorod xlorid bo‘ladi va nam havoda „tutaydi“. U kuchli kislota bo‘lgani uchun kislotalarning barcha xossalariga ega. Ko‘pchilik metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba’zi tuzlar hamda gazlar xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: Zn+2HCl=ZnCl2+H2 NH3 +HCl=NH4Cl Xlorid kislota o‘zining tuzlarini (bariy xlorid, rux xlorid va b.) olishda, metallarni dorilashda, shuningdek, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda ishlatiladi. Undan barcha kimyo laboratoriyalarida reagent sifatida foydalaniladi. Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi hamda tashiladi. Natriy xlorid (boshqa nomlari: toshtuz, oshtuz, galit) NaCl ovqatga solinadi, natriy gidroksid, xlor, xlorid kislota, soda olishda xomashyo sifatida ishlatiladi; oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. Kaliy xlorid KCl –qimmatli kaliyli o‘g‘it. Rux xlorid ZnCl2 dan yog‘ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun foydalaniladi; kavsharlashda metall sirtini ho‘llash uchun ishlatiladi (bunda metall sirtidagi oksid parda yo‘qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi); ZnCl2 • nH2O tarkibli kristallgidratlari ma’lum. Bariy xlorid BaCl2 —zaharli modda, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Kalsiy xlorid CaCl2 –(suvsiz)–gazni quritishda (bunda tuzning kristallgidrati CaCl2 •6H2O hosil bo‘ladi) va tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi. Aluminiy xlorid AlCl3 (suvsiz) ko‘pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi. Simob (II) xlorid, boshqacha aytganda, sulema HgCl2 —kuchli zahar; bu tuzning juda suyultirilgan eritmalari kuchli ta’sir etuvchi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi; urug‘larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda ham foydalaniladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling