I bob. Gologenlar haqida ma’lumot gologenlarning umumiy harakteristikasi 5


II BOB. BROM VA YOD HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


Download 1.47 Mb.
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1049500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari-kurs ish

II BOB. BROM VA YOD HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

2.1 Brom va yodning tabiatda tarqalishi.


Brom-tuz konlarining ustki qavatlarida karnalit KBrMgBr26H­2O holida uchraydi. Dengiz suvida va tuz konlarida NaBr va KBr uchraydi. Tabiiy brom ikki izotopdm tashkil topgan:79Br(50,59%) 81Br(49,46%), ko’pgina sun’iy izotoplari olingan.

Brom og’ir, qizil qo’ng’ir suyuqlik. Brom bug’lari zaharli, qaynash temperaturasi toqaynash=58,8oC, muzlash temperaturasi tomuz=-7,3 oC. solishtirma massasi 20 oC da 3,14 g/sm3, eruvchanligi 20 oC da 100 gr suvda 3,55 gr brom eriydi. Brom sovitilganda -10 oC dan past temperaturada kristalogidrat ajralib chiqadi

B ROMNING FIZIK


XOSSALARI HAQIDA
QISQACHA MA’LUMOT


Brom odatdagi sharoitda fosfor, mishyak, surma va ba’zi matallar bilan bevosita birika oladi. Brom birikmalaridan ftor va xlorni siqib chiqara olmaydi. Yodni esa birikmalardan siqib chiqaradi. Bromli tuzlarga xlor ta’sir ettirib brom olinadi:
2KBr+Cl2=2KCl+Br2
Labaratoriyada brom MnO2 bilan KBr aralashmasiga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.
Bromning vodorodli birikmasini brom tuziga sulfat kislota ta’sir ettirib olib bo’lmaydi:
2KBr+H2SO4=KHSO4+HBr
Hosil bo’lgan vodorod bromid yana sulfat kislota bilan qo’shilib, erkin brom ajralib chiqadi:
2HBr+H2SO4=Br2+SO2+2H­2O

B ROMNING KIMYOVIY


XOSSALARI HAQIDA
QISQACHA MA’LUMOT

Yod-birikmalari juda oz miqdorda dengiz suvlarida uchraydi. Dengizda o’sadigan ba’zi o’simliklar yod birikmalarini o’zida to’playdi.

Chili selitrasining ba’zi qatlamlarida 0,1 % ga qadar NaJO3 bo’ladi. Yod o’simlik va hayvon organizmi uchun zarur elementdir. Organizmda yod yetishmay qolganda endemik buqoq deb ataladigan kasallik vujudga keladi. Tarkibida yod bo’ladigan ba’zi neft suvlari va mineral suvlar yod olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Toza yod qoramtir gunafsha tusli, metall kabi yaltiraydigan rombik kristallardan iborat modda. 200C da solishtirma og’irligi 4,98 ga teng. Uning suyuqlanish temperaturasi tsuyuq=114 0C, qaynash temperaturasi tqaynash=183 0C. Yod oxista isitilsa, suyuqlanmasdan bug’lanib ketadi, bug’lari sovitilsa, qattiq holga o’tadi, ya’ni sublimatlanadi. Yod bug’lari zaharli, yod suvda kam eriydi: 00C da 100 g suvda 0,01 g yod eriydi; spirt, benzin, xloroform, uglerod sulfidda yod yaxshi eriydi. Yod galogenlar ichida eng passividir. Oltingugurt, fosfor, temir, simob va boshqa metallar bilan yod bevosita birika oladi. Yod oddiy moddalardan tashqari murakkab moddalarni ham oksidlaydi.
Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Masalan, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.
Oʻzbekistonda Yod tarkibida 15—40 % Yod boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va boshqalar ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi.
Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Masalan, 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi.
Yod ga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Cr207va h.k.) ishtirokida elemen-tar Yod (Yod pastasi) ajratib olinadi.

Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140° da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi.


Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yod olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi.
Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi.
Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi.

Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.



Yod anorganik (YodI, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi.
Yod - unsurlar davriy jadvalining 53 unsuri, galogen.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, er yuzida 2 milliardga yaqin kishi yod tanqis hududlarda istiqomat qiladi. Shulardan 700 millionga yaqini endemik bo’qoq va ruhiy o‘zgarishlardan azob chekmoqda, 50 million kishi esa aynan yod etishmasligi sabab aqlan zaif bo‘lib qolgan. Eng xavotirlisi, maktab yoshidagi 285 million bola organizmiga yod kerakli miqdorda tushmaydi. Vaholanki, yod tanamiz uchun juda zarur mikrounsur hisoblanib, qalqonsimon bez faoliyatida ishtirok etadi, bolaning jisman va aqlan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yod etishmasligi bir qator kasalliklar, jumladan, endemik bo’qoqqa olib keladi.Bu kasallik qadim zamonlardan beri olimlarni qiziqtirib keladi. Buqrot, Galen, Sels kabi olimlar o‘z asarlarida byqoq kasalligini qayd qilib o‘tishgan. Sharqning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino ham bo’qoq kasalligini aniqlash va unga davo qilish haqida yozgan. 

Endemik bo’qoq – yod tanqisligi kuzatiladigan ma’lum hududda yashovchi kishilarda qalqonsimon bezning kattalashishi bilan kechuvchi kasallik. Ma’lumki, qalqonsimon bez aqliy va jismoniy rivojlanishni ta’minlab, organizmda moddalar almashinuvi tezligini boshqaradi. Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda yodning kam bo‘lishi natijasida esa organizmga yod etarlicha tushmaydi va kasalikka sabab bo‘ladi. Aytish kerakki, yod etishmasligi oqibatida ayollarda bepushtlik, kamqonlik, o‘lik bola tug‘ish, homiladorlikning og‘ir kechishi, erkaklarda esa uyquchanlik, nafas siqishi, soch rangining o‘zgarishi yoki to‘kilishi, darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, tirnoq hamda tishlarning sinishi, jinsiy zaiflik kuzatiladi. Bo’qog‘i bor qizlarda jinsiy jihatdan etilish kechikadi, hayz davriyligi buziladi. Eng yomoni bolalarda aqli zaiflik kelib chiqishi mumkin. 
Endemik bo’qoqning rivojlanishiga mis, marganets, qo‘rg‘oshin, rux, kobalt, brom unsurlarining yetishmasligi ham turtki bo‘ladi. 
Agar normada organizmning yodga bo‘lgan ehtiyoji 200-250 mkg/sut ni tashkil etsa, endemik bo’qoq o‘choqlarida organizmga 50 mkg/sut dan kam yod kiradi. 
Endemik bo’qoqqa uchragan bemorlarda qalqonsimon bez kattalashib, umumiy holsizlik, charchash, bosh og‘rishi, yurak sohasida noxushlik seziladi. Bo‘g‘ilish, nafas olish qiyinlashishi, quruq yo‘tal kabi belgilar yuzaga keladi. Kattalashgan qalqonsimon bez nisbatan qattiqlashgan, zich bo‘ladi. 
Qalqonsimon bez kattalashganda, avvaliga ko‘zga tashlanmaydi, paypaslaganda bilinmaydi. Kattalashgan sari paypaslaganda bilinib, keyinroq ko‘z¬ga tashlanadigan bo‘lib qoladi, bo‘yin yo‘g‘onlashadi. 
Mo‘‘tadil hayot kechirish, zo‘riqmasdan mehnat qilib, vaqtida dam olishni bilgan, spirtli ichimliklardan, zararli odatlardan o‘zini tiygan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan kishilarga bo’qoq xastaligi xatar solmaydi. 
Bemor o‘z vaqtida shifokor maslahati va parhezga amal qilib davolansa, jarrohlik amalisiz ham sog‘ayib ketishi mumkin. 
Yod tanqisligi oldini olishning eng ma’qul choralaridan biri osh tuzini yodlashdir. O‘zbekiston qonunchiligiga binoan ishlab chiqarilayotgan osh tuzlari yodlanishi shart. Yurtimizda yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga qarshi faol kurash olib boriladi. Jumladan, 2005-2009 yillarga mo‘ljallangan "Yod etishmasligi kasalliklarining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha Davlat dasturi”, "Yod etishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida” Qonun qabul qilingan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling