I bob. G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari haqida batafsil tushuncha
Kuzgi tunlamning tabiiy kushandalari
Download 1.25 Mb.
|
Asom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Goza tunlami ( Heliothis armigera Hb.) biologiyasi va unga qarshi kurash choralari.
Kuzgi tunlamning tabiiy kushandalari. Orta Osiyo sharoitida kuzgi tunlamning kushandalari yirtqich va parazitlarning 50 dan ortiq turi royxatga olingan, ammo brakonid, ixnevmonid, trixogrammatid, taxinid oilasiga mansub ontacha tur kushanda bu zararkunanda sonini kamaytirishda katta ahamiyatga ega [12,13].
Zararkunandaning turli yillarda va mavsum mobaynida mazkur kushandalar (entomofaglar) bilan zararlanishi bir xilda kechmaydi, u 0 dan 80% gacha ozgarib turishi mumkin. Kuzgi tunlamni yoqotishda, ayniqsa ekinlar Sugorilib, qurtlar toproq betiga chiqqanda qushlar katta ahamiyatga ega. 2.2. Goza tunlami (Heliothis armigera Hb.) biologiyasi va unga qarshi kurash choralari. Yer kurrasining barcha qismlarida motadil va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Orta Osiyoda goza tunlami hamma joyda uchraydi. Biroq, uning soni va keltiradigan zarari turli tuproq-iqlim mintaqalarida turlichadir. Surxondaryo, Fargona va Andijon viloyatlarining kop qismi doimo zararlanib turadigan mintaqa hisoblanadi. Bir qator irrigasiya inshootlari ishga tushirilgandan keyin bu zararkonanda Buxoro viloyatida, Sirdaryo viloyatining janubiy- sharqiy mintaqasida, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida ham ancha kopaya boshladi (3.3.- rasm). 3.3.- rasm. Goza tunlami kapalagi Goza tunlamining kapalagi yirik qanot yozganda 35-40 mm keladi, tanasining uzunligi 12-20 mm ga boradi. Tanasi oxrasimon sariqdan kukish-sariq va kulranggacha ozgaradi. Oldingi qanotlarining markazida bittadan kichikroq yumaloq,, yuqorirogida esa bittadan yirik buyraksimon qoramtir doglari bor. Orqa qanotlari oldingilariga qaraganda ochroq, keng tuq hoshiyali, Ortasida tuq rangli oysimon doglari bor. Kapalagi jinsiy yetuk holda paydo bulmaydi, shu boisdan asal beruvchi osimlikdarning nektari bilan qushimcha oziqlanishga muhtoj boladi. Aprel-may oylarida, toproqing harorati 16° dan oshganda kapalaklar uchib chiqa boshlaydi va uchish 30 kondan koproqda choziladi. Tuxumlarini kopincha begona otlar daral kanop, bangidevona, gulxayri, tugmachagul, mingdevonalarga qoyadi (3.4 - rasm). 3.4.- rasm. Goza tunlami tuxumlari Goza tunlamining birinchi bogini odatda kam boladi va ertagi ekinlardan noxat, tamaki, zigir, pomidor va makkajoxorida rivojlanadi. Gozaga shonalash davridan boshlab tuxum qoya boshlaydi. Zararkonanda yozning birinchi yarmida barvaqt rivojlangan osimliklarga, ikkinchi yarmida esa ancha kechki ekinlarga tushadi. Goza tunlamining tuxumi gumbazsimon boladi, diametri 0,5-0,7 mm, balandligi 0,4-0,5 mm keladi. Yuqorisidan asosigacha oziga xos 26-28 ta qovurgachalar radiuslar otgan. Qoyilgan tuxumlar dastlab oqish-kulrang, keyin esa qongir boladi. Kapalaklar tuxumlarini asosan yakka-yakka koyib goza poyalarining osuv nuqtalari yaqinidagi barglarga, shona gulyonbargchalariga va shona hamda gul asoslariga qoyadi. Kapalaklar gozasi govlab usgan sernam dalalarni yoqtiradi. Gigrotermik sharoitlarga qarab 4-6 konda tuxumlardan qurtlar chiqadi. Tuxumdan chiqqan qurt och kok deyarli tiniq oqish boshli boladi, kop utmay qurtning boshi qorayadi, tanasining rangi esa yana toq tus oladi. Qurtning tanasi mayda xolchalar bilan qoplangan. Xolchasining har qaysisida bittadan kilcha boladi. Oltita yoshni kechirish davrida qurt tanasining tusi har xil yoshda va osimlikning qaysi qismi bilan oziqlanishiga qarab, qongir-qora yoki yashil rangdan capgish tusgacha ozgaradi (3.5 - rasm). 3.5.- rasm. Goza tunlami lichinkalari Oziqlanib bolgan oxirgi yoshdagi qurtlar tuproqda tushib 5- 12 sm chuqurlikda in hosil qiladi va gumbakka aylanadi. Kamdan-kam hollarda inidan tashqarida kosak yoki makkajoxori sutasi ichida gumbaklanadi. Gumbagiining rangi och pushti-sariq- dan qizgish-jigarranggacha ozgaradi. Gumbagining buyi 17-21 mm keladi. Qorin tomomining oninchi segmentidagi oxirgi osigida parallel joylashgan ikkita tikancha mavjud (rasm 3.5). 3.2. - jadval Goza tunlami (Heliothis armigera Hb.) ning fenologiyasi
Shartli belgilar: (-) lichinka, (*) gumbak, (+) kapalak, (0) tuxum Gumbakdan 8-12 kon otgach kapalak uchib chiqadi. Goza tunlamining orgochisi baquvvatligi va qoshimcha oziqlanishiga qarab 400 dan 2000 tagacha tuxum qoyishi mumkin. Mavsumda goza tunlami ikki-uch bogin beradi, bunda har qaysi buginining rivojlanishi bir xil muddatda kechmaydi. Mavsum boshida tunlam birinchi buginining ayrim bosqichlari nisbatan ozoq rivojlanadi, yoz ortalarida jazirama issiq tasirida u jadallashadi, avgust va sentyabrda harorat pasayishi bilan yana sekinlashadi. Umuman olganda goza tunlami ozining toliq rivojlanish davrini (generasiyasini) tuxumdan kapalakka aylangunicha 30-40 kon mobaynida tugallaydi. Goza tunlami asosan goza, makkajoxori, pomidordan bushagan dalalarda, shuningdek ularga yondosh paykal va uvatlarda gumbak shaklida qishlab qoladi. 3.6- rasm. Goza tunlami gumbagi Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling